Xirurgik kasalliklar


Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari 
Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari kelib chikishiga ko’ra 
epitelial va noepitelial turlariga bo’linadi. Ularning har biri o’z navbatida xavfli 
va xavfsiz turlarga bo’linadi. Xavfli o’smalardan eng ko’p uchraydigani – me’da 
saratoni hisoblanadi (98%).
Me’da o’smalari.
Me’da saratoni – me’da shilliq qavati epiteliy 
hujayralaridan kelib chiqqan xavfli o’smadir. Bemorlarning ko’p kismi 50 


352 
yoshdan oshgan bemorlar guruhiga kiradi. Erkaklar ayollarga nisbatan ko’prok 
kasallanadi. Jarrohlik usulida davolash samaradorligi kasallikni kech aniqlanishi 
sababli pastligicha kolmokda. Kasallikni erta bosqichlarida radikal jarrohlik 
amaliyoti o’tkazish to’liq sog’ayishga olib kelishi mumkin. Jarrohlik usulida 
davolash natijalarini yaxshilash o’sma kasalliklarini erta aniqlash orqali amalga 
oshiriladi. 
Me’da saratoni erta turlarini 3 bosqichi tafovut qilinadi: saraton in situ, 
yuzaki saraton, invaziv saraton. Invaziv saraton shilliq osti qavatiga o’sib kiradi. 
Saraton in situ yoki intraepitelial saraton infiltrativ o’sish yo’qligi bilan 
tavsiflanadi. Saraton in situ asosan me’da surunkali yarasi, 
proliferatsiyalanuvchi adenomatoz polip sohasida, giperplastik gastrit fonida 
kelib chiqadi.
Yuzaki saraton invaziv hisoblanadi, ammo me’da shilliq kavati chegarasida 
tarqaladi va tunica muscularis mucosae sohasida shilliq osti qavatga 
tarqalmaydi. Saraton me’da yarasidan kelib chiqqanda makroskopik polipdan 
kelib chiqqan erta saraton polipdek oddiy surunkali yara ko’rinishida bo’ladi. 
Yuzaki saraton multitsentrik rivojlanadi. 
Saratonning erta invaziv turi – erta saraton rivojlanishining III bosqichi 
hisoblanadi. O’sma elementlarini me’da shilliq osti qavatiga o’sib kirishi, ammo 
mushak qavatiga tarqalmasligi bilan tavsiflanadi. Saratonning erta turi klinik 
belgilari ular qaysi kasallik fonida kelib chiqqanligiga bog’lik bo’ladi. 
Me’da saratonining erta turlarini aniqlashda gastroskopik tekshiruvning 
ahamiyati juda katta. Gastroskopiya bir nechta joydan gastrobiopsiya va 
bioptatlarni tsitologik va gistologik tekshiruvlari bilan birgalikda olib borilishi 
shart. Me’da saratonini kelib chiqishiga o’sma oldi kasalliklari sabab bo’ladi. 
Shifokor vazifasi – o’sma oldi holatlarini aniqlash va onkologik kasallik kelib 
chiqish ehtimoli yuqori bo’lgan xavfli guruhga kiruvchi bemorlarni aktiv 
kuzatish. Me’da saratoni bilan kasallangan bemorlar orasida surunkali gastrit 
fonida (50%) va surunkali yara (46%), kamdan-kam holatda me’da polipi fonida 
(4%) saraton kasalligi kelib chiqqanligini kuzatish mumkin. 


353 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish