Xirurgik kasalliklar


Postgastrorezektsion sindromlar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Postgastrorezektsion sindromlar 
Demping-sindrom paydo bo’lishida psixonevrologik o’zgarishlarga, 
vegetativ nerv sistemasi buzilishlariga katta ahamiyat beriladi. 
Klinik jihatdan demping-sindrom bo’shashish, issiqlab ketish, sovuq ter 
chiqishi, bosh aylanishi, yurak urishi, taxikardiya, ko’krakda og’riq va qisilish 
sezgisi, hatto xushdan ketish holati bilan yuzaga chiqadi. Kasallik klinikasi va 
simptomlarining nechog’lik yuzaga chiqqanligi demping-sindromning og’ir-
engilligiga va ovqat, xususan shirin, sutli ovqatlar eyish bilan bog’liq. 
Jarayon diagnostikasi anamnestik, klinik jihatdan qiyinchilik tug’dirmaydi. 
Rentgenologik tekshirishda konstrastning tezlashgan evakuatsiyasi qayd 
qilinadi. 
Demping-sindromni davolash parhezga rioya qilish, ratsiondan dempingga 
sabab bo’ladigan taomlarni chiqarishdan iborat, tez-tez muntazam ovqatlanish 
va imkon boricha dag’al ovqat: go’sht, baliq, sabzavot, tuzlangan karam 
kabilarni iste’mol qilish kerak. Konservativ davo yordam bermaganda va 
demping-sindromning og’ir hollarida operatsiya qilinadi. Bu duodenal passajni 
tiklashga qaratilgan asosan rekonstruktiv operatsiyalar hisoblanadi (Bilrot II va 
Bilrot I). 
Keltiruvchi qovuzloq sindromi – operatsiya texnikasidagi kamchilik, 
bitishma jarayoni yoki duodenal o’tkazuvchanlik buzilishlari rivojlanishi natijasi 
hisoblanadi. Patologiya aksariyat operatsiyadan keyin birinchi yiliyoq paydo 
bo’ladi. 
Klinik jihatdan kasallik ko’prok o’ng qovurg’a osti sohasida og’irlik va 
og’riq bilan o’tadi, vaqti-vaqtida o’t aralash yoki ovqat bilan o’t aralash qayt 
qilinadi, shundan so’ng bemor sezilarli engillik his qiladi. 
Ovqatni qaytarish, kekirish, jig’ildon qaynashi, to’sh orqasida og’riqlar 
bo’lishi ehtimol. 
Keltiruvchi qovuzloq sindromi patogenezi murakkab va ko’p qirrali: 1) 
keltiruvchi qovuzloqning gastroenteroanastomoz orqasida qisilishi; 2) 
keltiruvchi qovuzloq rotatsiyasi yoki buralib qolishi; 3) keltiruvchi 


349 
qovuzloqning ichaklar orasidagi tutashgan joy invaginatsiyasi (kirib qolishi); 4) 
keltiruvchi qovuzloq shilliq pardasining me’da-ichak anastomoziga tushishi; 5) 
uning bitishmalardan bosilishi; 6) o’smadan bosilishi, chandiqli torayishi; 7) 
texnik xatoliklar va boshqalar.
Diagnostika ro’y-rost klinik manzara asosida o’tkaziladi. Rentgenolegik 
tekshiruvda kontrast moddaning keltiruvchi qovuzloqqa tushishi qayd qilinadi, 
biroq bu keltiruvchi qovuzloq sindromi manzarasi bo’lmagan bemorlarda ham 
ro’y berishi mumkin. 
Davolash demping-sindromdagi kabi konservativ, vitaminlar bilan davolash 
oqsilli preparatlar, aminokislotalar yuboriladi, sanatoriy-kurortda davo 
qilinadi. Keltiruvchi qovuzloq sindromining og’ir darajasida, mexanik tusiqlar 
paydo bo’lganda yaxshi natija beradigan operatsiya usulini qo’llanish tavsiya 
etiladi. 
Anastomozning peptik yarasi asosan saqlanib qolgan me’da sekretsiyasida 
hosil bo’ladi. Kislotalilik juda oshgan bo’lsa, ular tez-tez uchrab turadi, past 
bo’lsa, kam uchraydi, axiliyada sira uchramaydi. Bu rezektsiyadan keyin yuz 
beradigan eng og’ir asorat va operatsiya qilingan bemorlarning 0,5-2,5 foizida 
odatda dastlabki 3 yil ichida va asosan erkaklarda uchraydi. Biroq, ayollarda, 
yoshi ulg’aygan va keksa yoshdagi kishilarda ham bo’lishi mumkin. 
Peptik yara joylashuvi har xil – keltiruvchi qovuzloqda ham, anastomoz 
sohasida ham bo’ladi, ko’pincha ichak tutqich, ko’ndalang chambar ichak, 
me’da osti bezi, ichakka penetratsiyalaydi. 
Peptik yaraning bosh simptomi qattik va azob beradigan og’riq hisoblanadi. 
U operatsiyadan oldingi og’riqdan kuchli. Og’riqsiz damlar tobora kamayib 
boradi, og’riq doimiy, orqaga, ko’krak qafasiga beriladi (irradiatsiya), jig’ildon 
qaynashi, qusish xarakterli. Bemor ozib ketadi, doimo grelka qo’llanilishi 
sababli epigastriy sohasida pigmentatsiya paydo bo’ladi. 
Operatsiyadan keyingi peptik yara bir qancha asoratlar – qon ketishi, 
perforatsiya, penetratsiya berishi, og’irlashgan hollarda hatto oqma yara 
rivojlanishi mumkin (tashqi yoki me’dachambar oqma yara). 


350 
Anastomoz peptik yaralarini va asoratlarini davolashning asosiy usuli 
operatsiya hisoblanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish