Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Davolash.
Bezli polipni (adenoma) joylashgan joyi va o’lchamlaridan 
qat’iy nazar endoskopik elektroekstsiziya yo’li bilan olib tashlanadi. Agar olib 
tashlangan polip gistologik tekshiruvida uning malignizatsiyalashganligi 
aniqlansa, me’da saratonidagi kabi me’da rezektsiyasi yoki hamma onkologik 


354 
radikalizm qonunlariga rioya qilgan holda gastroektomiya amaliyoti 
ko’rsatilgan. 
Klinika va diagnostikasi: Me’da saratoni erta turi uchun xos bo’lgan klinik 
belgilar yo’q. U belgilarsiz yoki qaysi kasallik fonida kelib chiqqan bo’lsa, shu 
kasallik belgilari bilan kechishi mumkin.
Me’da saratoni bilan kasallanish onkologik kasallik xavfi yuqori bo’lgan 
bemorlarda ehtimoli yuqori. Onkologik xavf yuqori bo’lgan omillarga me’da 
o’sma oldi kasalliklari (surunkali gastrit, me’da surunkali yarasi, me’da 
poliplari); noonkologik kasallik tufayli me’da rezektsiyasi bajarilganligiga 5 yil 
va undan ortiq vaqt o’tgan bemorlarda me’da cho’ltog’i surunkali gastriti
oilasida saraton bilan kasallangan bemorlar bo’lganligi; axilik gastriti bo’lgan 
bemorlarda qon guruhi II (A) bo’lishi; zararli omillar ta’siri (kimyoviy sanoat) 
kiradi. Me’da saratoni klinik ko’rinishi xilma-xildir. Ular o’sma kelib chiqqan 
patologik fon, ya’ni o’sma oldi kasalliklari, o’sma lokalizatsiyasi, shakli va 
o’sish turiga, gistologik strukturasiga, tarqalish bosqichiga va asoratlariga 
bog’lik. Bir qator bemorlarda surunkali gastrit, surunkali me’da yarasi ko’p 
yillik anamnezi, qolganlarida esa kasallikning kam ifodalangan belgilari 
anamnezi davomiyligi bir necha oyni tashkil etadi. 
Bemorlarni so’rab surishtirganda aniqlangan belgilarni shartli ravishda 
kasallikni mahalliy va umumiy belgilariga bo’lish mumkin.
Mahalliy belgilarga «me’da diskomforti» belgilari: fiziologik to’yish 
hissini yo’kligi, to’mtoq bosuvchi xarakterdagi og’riq, epigastral sohadagi 
to’lish va tortishish hissi, ishtahaning pasayishi yoki umuman bo’lmasligi, ba’zi 
oziq-ovqat mahsulotlaridan bosh tortish (go’sht, baliq). 
Me’da saratonining umumiy belgilari: holsizlik, tana vaznini kamayishi
adinamiya, odatiy ishdan tez charchash, depressiya. Bularning hammasi o’sma 
intoksikatsiyasi sababli kuzatiladi. Ko’p hollarda anemiya kuzatiladi. Ba’zida 
anemiya kasallikning birinchi belgisi bo’lib hisoblanadi. Axiliya natijasida temir 
moddasini so’rilishi buzilishi va o’smadan surunkali kon ketishi natijasida temir 
tankisli anemiya kuzatiladi. Tana haroratini subfebril va yuqori darajalargacha 


355 
ko’tarilishi o’sma kasalligining o’tkazib yuborilgan turlarida uchraydi. Tana 
haroratini ko’tarilishining sabablari: o’smadan oksil almashinuvi moddalarini 
so’rilishi, o’smani yallig’lanishi, me’dadan tashqaridagi metastazlar sohasida 
yallig’lanish o’choqlarining paydo bo’lishi. Kasallik erta bosqichlarida 
bemorlarning tashqi ko’rinishi o’zgarmaydi. Anemiya rivojlanganda teri va 
ko’rinib turgan shilliq kavatlarning rangparligi kuzatiladi. Teri qurishi, uning 
burmasimon ko’rinishda bo’lishi, teri osti yog’ qavatining yo’qolishi suv 
almashinuvining jiddiy buzilishi, sezilarli ozishdan darak beradi. Qorinni 
ko’zdan kechirganda uni yuqori qismida notekis shishganligi, me’dadan chiqish 
joyi stenozida me’dani peristaltik qiskarishlarini ko’rish mumkin. Qorin 
o’lchamlarining kattalashishi qorin bo’shlig’ining bo’sh qismlarida suyuqlik 
to’planishida (astsit) kuzatiladi. Qorinni yuzaki paypaslaganda qorin devori 
mushaklarining taranglashuvi va og’riqligi o’smani me’dadan tashqariga 
tarqalganligi, qorin bo’shlig’i kartsinomatozidan dalolat beradi.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish