Xirurgik kasalliklar


Klinikasi va diagnostikasi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinikasi va diagnostikasi. 
Erta klinik simptomlari – buqoq yoki normal 
qalqonsimon bezning tez kattalashuvi, zichligining ortishi, konturlari o’zgarishi. 
Bez g’adir-budir, kam harakatchan bo’lib qoladi, bo’yin regionar limfatik 
tugunlari paypaslanadi. O’smaning harakatsizligi va zichlashganligi nafas olish 
va yutish uchun mexanik to’siq bo’lib qoladi. Yutinish qiyinlashadi, bo’g’ilish 
va tovushning o’zgarishi sodir bo’ladi, bu tovush boylamlari pareziga aloqador 
bo’ladi. Birmuncha kech muddatlarda o’smaning metastazlanishiga bog’liq 
belgilar qayd etiladi. Ko’pincha bemorlar quloq va ensa sohasida og’riq 
borligiga shikoyat kiladilar. 
Qalqonsimon bez o’smalarini differentsial diagnozi uchun, o’sma 
punktatini tsitologik va gistologik tekshirish ma’lumotlari asosiy ahamiyat kasb 
etadi. Ular kasallik diagnozini aniqlash va o’smaning morfologik turini 
belgilashga imkon beradi.
Davolash. 
Qalqonsimon bezi rakini davolashning asosiy usuli – 
operatsiyadir. Rakning papillyar va follikulyar turlarida (I-II bosqich) 
ekstrakapsulyar subtotal tireoidektomiya qilinib, limfatik tugunlar taftish etiladi 
va metastazlar aniqlanganda, ular olib tashlanadi. Kasallikning III bosqichida 
qo’shma muolaja o’tkaziladi. Operatsiyadan oldingi gamma-terapiya, so’ngra 
esa subtotal yoki total tireoidektomiya qilinib, kletchatka ikkala tomondan pay 
g’ilofi bilan birga kesiladi. Rakning III-IV bosqichlarida, agar operatsiyadan 
oldin nurlash muolajasi o’tkazilmagan bo’lsa, operatsiyadan keyin nurlatish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Rakning taxassuslashgan turlarida, metastazlarga 
gumon tutilgan limfa tugunlariga yoki a’zolarga ta’sir etish uchun radioaktiv 
yod tayinlanadi. Qalqonsimon bezi rakining
 
follikulyar va papillyar turlarida 
davo natijalari birmuncha yaxshi. Rakning taxassuslashmagan solid turlarida 
esa, hatto nisbatan barvaqt operatsiya qilinishiga qaramay o’ta jiddiy. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish