Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

O’tkir o’pka abstsessi
– o’pka to’qimasining chegaralangan yiringli 
yallig’lanishi va bo’shliqlar hosil bo’lishidir. Mikroaspiratsiya, bronxlar drenaj 
faoliyatining buzilishi, organizm himoya kuchlarining keskin pasayib ketishi, 
shartli patogen mikrofloraning faollashuvi, o’pka to’qimasida qon ta’minotining 
buzilishi va nekrozga uchrashi sababli yuzaga keladi. Abstsesslar gematogen, 
bronxogen, limfogen va travmatik tabiatga ega bo’lishi mumkin. 
Metapnevmonik va aspiratsion abstsesslar klinik amaliyotda birmuncha ko’proq 
uchraydi.
Abstsesslar uchun biror bir spetsifik mikroflora yo’q. Ular streptokokk, 
stafilokokk, diplokokk, protey, fuzobakteriyalar va mikrofloraning boshqa 
turlaridan kelib chiqishi mumkin. So’nggi yillarda o’pkadagi yiringli jarayonlar 
rivojlanishida noklostridial anaerob bakteriyalar katta ahamiyatga ega. 
Abstsesslar joylashuviga ko’ra: periferik va markaziy, yolg’iz (yakka holda) va 
ko’p sonli, bir tomonlama va ikki tomonlama bo’ladi. 
Klinik manzarasida ikkita davr farq qilinadi: 


49 
1. Abstsessning bronxga yorilgunga qadar bo’lgan davri. 
2. Abstsessning bronxga yorilgandan keyingi davri. 
Birinchi davrda: kasallik yuqori harorat, ko’krakda og’riq, yo’tal, nafas 
siqishi, ko’p terlash belgilari bilan boshlanadi. Sekin-asta rivojlanayotgan 
intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi. Fizikal usullar bilan tekshirishda: 
perkutor tovushning qisqarishi, o’pkaning zararlangan qismi ustida nafas olish 
shovqinining sustlashishi yoki eshitilmasligini qayd qilish mumkin. Qon 
tahlilida yuqori leykotsitoz, qon formulasini chapga siljishi kuzatiladi. 
Rentgenogrammalarda zich, turli xil o’lchamlardagi soyalar ko’rinadi. 
Ikkinchi davr: yo’talish paytida birdaniga ko’p miqdorda yiringli, badbo’y 
balg’am ajralashi, ba’zi hollarda balg’am qon bilan aralashgan holda ajraladi. Bu 
davrda odatda bemorning umumiy ahvoli birmuncha yaxshilanadi, 
intoksikatsiya belgilari kamayadi. Abstsessning o’lchamlari katta bo’lganda 
uning ustida amforik nafas shovqini va turli kalibrdagi nam xirillashlar 
eshitiladi. 
Rentgenologik tasvirda yorilgan abstsess, gorizontal suyuqlik sathi va 
perifokal yallig’lanishi bo’lgan yumaloq bo’shliq shaklida namoyon bo’ladi. 
Bronxoskopiyada chegaralangan yiringli endobronxit aniqlanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish