O’pka gangrenasi
– o’pka to’qimasining bir qismi yiringli-irigan nekrozga
uchrayshi. Bu jarayon o’pka abstsessidan farqli o’laroq, o’pka gangrenasida
sog’lom to’qimadan chegaralangan kapsula bilan ajralib turmaydi (chegarasiz
bo’ladi). Gangrenoz abstsess ham farq qilinadi, u o’pka to’qimasining bir
qismini yiringli-chirigan nekrozi bo’lib, uning sekvestratsiyaga va o’pka
to’qimasining zararlanmagan qismlaridan chegaralanib turishga moyilligi
bo’ladi.
Klinik manzarasi. Bemorning ahvoli og’ir, isitma gektik tabiatga ega
bo’ladi, bemor terlaydi, nafasi siqadi, ko’p miqdorda badbuy hidli balg’am
ajraladi, bemor qon tupuradi. Rentgenologik tasvirda katta, shakli yo’q diffuz
qorong’ilik aniqlanadi, uning tarkibida o’pka to’qimasining irib ketayotganini
50
ifodalaydigan ko’p sonli yorug’ soyalar ko’rinadi. Plevra bo’shlig’ida suyuqlik
aniqlanadi.
O’tkir yiringli kasalliklarni kompleks davolash lozim bo’ladi. Hozirgi
vaqtda asosiy davolash usuli konservativ muolaja bo’lib, ayni vaqtda kichik
invaziv jarrohlik amaliyotlari: transtorakal, endobronxial drenajlash, uzoq
muddatli regionar infuziya uchun bronxial arteriyani kateterlash amalga
oshiriladi. O’tkir davrda operativ aralashuv kasallik asoratlar bilan
kechgandagina (o’pkadan qon ketganda) yoki muolaja naf bermaganda,
jarayonning tarqalishga moyil bo’lganidagina qo’llaniladi. O’pkadagi o’tkir
yiringli jarayonlarda konservativ muolajaning tamoyillari quyidagilardan iborat
bo’ladi:
1. Antibakterial muolaja
–
bakteriyalar turini va ularning antibiotiklarga
ta’sirchanlik darajalarini bakterioskopiya va ekish ma’lumotlarini hisobga olgan
holda tayinlanadi, sulfanilamidlar ham ishlatiladi.
Antibakterial muolajaning ta’sirchanligiga erishish uchun zararlanish
o’chog’ida davo preparatlari kontsentratsiyasini oshirib, ularni arteriyalarga
yuboriladi. Bronxial arteriyaga kateter o’rnatib, muolajani o’sha orqali amalga
oshirish eng samarali tadbir hisoblanadi. O’pkaning o’tkir yiringli xastaliklarida
60%gacha hollarda kasallik qo’zg’atuvchisi aeroblar bilan birga kelgan anaerob
noklostridial infektsiya hisoblanadi.
Noklostridial anaerob infektsiyaning belgilari deganda yiringli
suyuqlikning badbo’y hidi, yallig’lanish o’choqlaridagi to’qimalar nekrozi,
odatdagi bakteriologik tekshiruvning natijalari manfiy bo’lganda ham,
tushuniladi. Anaeroblarga qarshi metronidazol (trixopol), tinidazol, klaforan,
rifambitsin, doksitsiklinlar yaxshi ta’sir qiladi.
2. Traxeobronxial yo’llar
–
mikroorganizmlarni yo’qotadigan,
yallig’lanishni kamaytiradigan, balg’amni suyuqlashtiradigan va uni
ko’chiradigan dorivor aralashmalar yuborib sanatsiya qilinadi. Shuningdek
bronxial shoxni kateterlash, mikrotraxeostomiya, sanatsion bronxoskopiya qilish
yo’li bilan patologik suyuqlik tortib olinadi. Bunda sanatsiya uchun
51
qo’llaniladigan aralashmalar tarkibiga 2% li kaliy bikarbonat eritmasi (2 ml),
mikrofloraga sezuvchanlikni hisobga olgan holda antibiotiklar, antiseptiklar
(dioksidin, furagin), balg’amni suyultiradigan moddalar (mukosolvin 10%-1,0),
proteolitik fermentlar (tripsin, ximotripsin 10-15 mg), bronxolitiklar (eufillin
0,5-1,0, 12%, novodrin 0,5%-0,5; efedrin 5%-0,5), gormonal preparatlar
(gidrokortizon 25-50 mg) kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.
3. O’pka abstsesslari va plevra empiemasini sanatsiya qilish – abstsess
bo’shlig’ini bronxoskopik yoki transtorakal yo’l bilan kateterlash, torakotsentez
orqali aktiv aspiratsiya qilish va yiringli bo’shliqni yuvishni tashkil qilishdan
iborat. Traxeobronxial shoxni chetlab o’tib yiringli suyuqlikni evakuatsiya
kilish, nafas olish a’zolari faoliyatini yaxshilaydi, intoksikatsiyani kamaytiradi,
bemorni tezda sog’ayib ketishga yordam beradi.
4. Detoksikatsion muolaja.
Siydik haydovchi preparatlar (laziks, gipotiazid
va b.) orqali diurez stimulyatsiyasi yordamida vena qon tomiriga o’tkaziladigan
infuzion (tuzli eritmalar) muolajani o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda
detoksikatsiyaning birmuncha ta’sirchan, ekstrakorporal usullari –
gemosorbtsiya, limfosorbtsiya, plazmoferez va qonni ultrabinafsha nurlatishdan
foydalanilyapti.
5. Suv-elektrolit buzilishlarni bartaraf etish.
6. Umumiy quvvatni oshiruvchi muolaja – gemotransfuziya, plazma,
qonning oqsilli o’rinbosarlari, glyukozaning kontsentrlangan eritmalari ni
quyish, anabolik preparatlar, temir preparatlarini va vitaminlarni qo’llashdan
iborat.
7. Immunitetni oshiruvchi muolaja. Stafilokokk anatoksini quyidagi
sxemaga ko’ra yuboriladi: 3 kunlik tanaffus bilan 10 in’ektsiya – 0,1, 0,2, 0,3 ml
va h. k. Antistafilokokk giperimmun zardob 100-150 ml 3-5 marta.
Antistafilokokk gammaglobulin (mushak orasiga) 5 ml 8-10 marta kun ora. T-
aktivin. Dekaris 50 mg kunora 3-5 kun ichida. Prodigiozan in’ektsiyasi 30
kungacha: 0,2, 0,5, 0,6, 0,7, 1,0 mg. Metiluratsil 0,5 mg kuniga 2 marta 10-15
kun mobaynida.
52
8. Qonning ivish xususiyatlarini va mikrotsirkulyatsiyani normallashtirish
qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydigan preparatlar, antiagregantlar
(reopoliglyukin, aspirin, kurantil, trental) qo’llash. O’pkadagi og’ir destruktiv
jarayonlarda DVS sindromining dastlabki ko’rinishlari borligini hisobga olib,
antiferment-krioplazma bilan kompleks muolaja tadbirini o’tkazish tavsiya
etiladi (100 ming birlik kontrikal venaga, 5 ming birlik geparin teri ostiga
sutkasiga 4 marta, yangi muzlatilgan zardob).
Do'stlaringiz bilan baham: |