Xirurgik kasalliklar


Xoshimoto surunkali limfomatoz tireoiditi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Xoshimoto surunkali limfomatoz tireoiditi
(autoimmun
 
tireoidit). 
Kasallik autoimmun organospetsifik patologik jarayonlar qatoriga kiradi, ularda 
organizmda hosil bo’ladigan antitelolar bitta a’zo komponentlariga nisbatan 
spetsifik. Qalqonsimon bez noma’lum sabablar ta’siri ostida tireoglobulindan 
farq qiladigan – o’zgargan gormonalaktivmas yodproteinlar ishlab chiqara 
boshlaydi. Ular qonga tushib antigenga aylanadi va qalqonsimon bezning 
hujayralari (tireotsitlar) hamda tireoglobulinga qarshi antitelolar hosil qiladi, 
keyingisini inaktivlaydi. Bu normal tireoid gormonal sintezi buzilishiga olib 
keladi. Bunga javoban, gipofiz tireotoksik gormoni sekretsiyasini oshiradi, 
hamda qalqonsimon bez giperplaziyasiga sabab bo’ladi. Kasallikning so’nggi 
bosqichlarida bez faoliyati, unda yod yig’ilishining pasayishi bilan parallel holda 
pasayadi. 
Klinikasi va diagnostikasi. 
Kasallik aksariyat 50 yoshdagi va undan 
oshgan ayollarda paydo bo’ladi, asta-sekin 1-5 yilgacha rivojlanadi. 
Kasallikning birdan-bir belgisi – qalqonsimon bez o’lchamining kattalashuvi 
hisoblanadi. Ushlab ko’rilganda bez zich, biroq paypaslab ko’rilganda atrofdagi 
to’qimalar bilan bog’lanmagan, harakatchan. Keyinchalik bemorlarda 
kayfiyatning umumiy buzilishi, ruhiy holatida o’zgarishlar va gipotireoz 
belgilari kuzatiladi. Limfatik tugunlar kattalashmagan. 
Davolash. 
Xoshimoto buqog’ini davolash konservativ. Bemorlarga tireoid 
va glyukokortikoid gormonlar tayinlanadi. Tireoid gormonlar dozasi individual 
tayinlanadi, tireoidinning o’rtacha sutkalik dozasi 0,1-0,3 g. Prednizolonning 20-
40 mg sutkalik dozasi 1,5-2 oy mobaynida tayinlanib, u asta-sekin kamaytirib 
boriladi. 


32 
Kasallik saratonga aylanganiga shubha bo’lganda yoki katta buqoq bo’yin 
a’zolarini bosib qo’yganda operatsiya qilish shart. Bu holda, O.V. Nikolaev 
usulida subtotal subkapsulyar strumektomiya amaliyoti bajariladi, shundan 
keyin rivojlanishi mumkin bo’lgan gipotireozni profilaktika qilish uchun, albatta 
tireoidin tayinlanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish