Xirurgik kasalliklar


Qalqonsimon bez yallig’lanishlari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Qalqonsimon bez yallig’lanishlari
Qalqonsimon bezning yallig’lanish kasalliklari o’tkir yoki surunkali 
infektsiya ta’siri natijasida rivojlanadi. O’zgarmagan qalqonsimon bezda 
rivojlangan yallig’lanish jarayoniga – tireoidit, avvaldan buqoq mavjud bo’lgan 
bezda rivojlangan yallig’lanish jarayoniga esa – strumit deyiladi. 
O’tkir tireoidit va strumit tana haroratining oshishi bilan boshlanadi. 
Bemorlar bosh og’rishi, qalqonsimon bezdagi kattiq og’riqqa shikoyat qiladilar. 
Og’riq ensa sohasiga va kuloqqa ta’sir beradi. Bo’yinning oldingi yuzasida, 
qalqonsimon bez chegarasida yutinishda suriladigan og’riydigan shish paydo 
bo’ladi. Tireoiditning og’ir asorati, ba’zan sepsis rivojlanishi bilan 
og’irlashadigan yiringli mediastinit rivojlanishi hisoblanadi. Shuning uchun ham 
o’tkir strumit yoki tireoidit diagnozi qo’yilgan bemorlarni shoshilinch ravishda 
kasalxonaga yotkizish va jadal davolashni boshlash kerak. 
Davolash. Bemorlarga ta’sir doirasi keng antibiotiklar, sulfanilamid 
preparatlari, detoksikatsion muolaja, osoyishta sharoit, suyuq yumshoq ovqatlar, 
mo’l ichimlik va fizioterapevtik muolajalar tayinlanadi. Bezda yumshash, 
flyuktuatsiya belgilari paydo bo’lib abstsessga aylanganda, yiringli jarayon 
bo’yinga va ko’ks oralig’iga tarqalib ketmasligi uchun, darhol uni ochib, 
drenajlash amaliyotini bajarish tavsiya etiladi. 
Yiringli bo’lmagan tireoidit (de Kerven-Krayl granulematoz tireoiditi) 
virusli infektsiyaga bog’liq bo’lib, kasallik klinik belgilariga ko’ra o’tkir yiringli 
tireoiditga o’xshash bo’ladi. Og’riq sindromining bo’lmasligi yoki yuzaga 
chiqmaganligi, bez ustidagi terining o’zgarmaganligi va qo’zish davrida 
gipertireoz belgilarining hamrohligi, tahlillarda esa oqsil bilan bog’langan yod 
miqdorining ortishi, uni boshqa turdagi kasalliklardan ajratib turuvchi belgilar 
hisoblanadi. 


31 
Davolash. Bemorlarga yuqorida keltirilgan muolajadan tashqari, buyrak usti 
bezi pustlog’ining gormonlaridan (har kuni 20-30 mg dan 4-6 haftagacha) 
prednizolon tayinlanadi. Takrorlanganda qalqonsimon bez rentgenoterapiyasi 
o’tkaziladi. Prognozi odatda yaxshi, kasallik tez kunda sog’ayish bilan 
yakunlanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish