Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Diffuz
 
toksik 
buqoqni konservativ davolash jarayonida remissiyalar va bemor ahvolining 
vaqtincha yaxshilanish davridan aldanish yaramaydi, chunki ular aksariyat 
muolaja natijasida yuz beradi va undan keyin tezda o’tib ketadi. Kasallik 
muddatlari va og’irligi oshgan sayin, ayniqsa davomli va kam ta’sirchan 
davolashda operatsiya xavfining kuchayib borishini unutmaslik kerak. 
Xirurgik davolashga ko’rsatmalar: III daraja va undan yuqori kattalikdagi 
diffuz buqoq, traxeyaning ezilishi yoki siqilishi holatlari, tugunli va aralash 
buqoqlar, yod moddasi bo’lgan preparatlarga allergiya, kasallikka va yurak-qon 
tomir tizimi tomonidan bo’lgan o’zgarishlarga muolajaning ta’sirsizligi. 
Bemorning yoshi (keksa, yosh bola) qalqonsimon bezda operatsiya o’tkazishga 
monelik qiladigan hol hisoblanmaydi, biroq bu yoshlarda operatsiya turini 
tanlashga birmuncha ehtiyotlik bilan yondoshish lozim. 
Tireotoksikozning engil turlarida, qo’shilib kelgan (yondosh) kasallik o’ta 
og’ir bo’lgan vaqtda, keksa bemorlarda jigar, buyrak, yurak-qon tomir 
sistemasining qaytmas o’zgarishlari bo’lsa, ruhiy kasallarda, diabetning og’ir 
turida – operatsiyadan voz kechish lozim bo’ladi. Homiladorlikning birinchi 
oylarida tireotoksikoz klinikasi orta borganda esa, xomilani bartaraf etib, 
so’ngra muolaja qilish, u ham naf bermaganda operativ davolash maqsadga 
muvofiq bo’ladi. 
Tireotoksikozning og’ir turlarida, bemorlarni operatsiyadan oldin 
tayyorlashni endokrinologiya bo’limida vrach-endokrinolog, jarroh va 
anesteziolog bilan hamkorlikda o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Diffuz toksik buqoqni xirurgik davolash.
Tireotoksik buqoqda 
operatsiyalarni endotraxeal narkoz ostida boshqariluvchi sun’iy nafas olish yo’li 


26 
bilan bajargan ma’qulroq, bunda bemor osoyishta sharoitda operatsiya qilinadi, 
ruhiy shikastlarning oldi olinadi, barqaror arterial bosim va normal nafas olish 
ta’minlanadi. Tireotoksikozning og’ir turlarida, ayniqsa asab buzilishi chuqur 
kechayotganda, bemorni operatsiya xonasiga uxlagan holda olib kirilishi, bemor 
uchun katta ahamiyatga ega. 
Diffuz toksik buqoqda, qalqonsimon bezni O.V. Nikolaev taklif etgan usul 
bo’yicha – subtotal subfastsial strumektomiya amaliyotini bajarish – eng radikal 
usullardan biri hisoblanadi. Bunda bez to’qimasining traxeya oldidagi har bir 
bo’lagidan ≈ 4-8 grammgacha kattalikdagi qismi qoldiriladi. Qolgan ko’pchilik 
usullar (Drachinskaya, Breydo usullari va b.), ushbu operatsiyaning 
takomillashtirilgan turlaridan bo’lib, bez to’qimasidan qaerda va qancha 
qoldirilishi bilangina farqlanadi. Jarrohlik amaliyoti jarayonida qon ketish xavfi 
bo’lganda, avvalo qalqonsimon bez arteriyalari Koxer usuli bo’yicha 
bog’lanishi, so’ngra mo’ljallangan operatsiya bajarilishi maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Buqoqning tugunli va aralash turlarida ilgari ”enukleatsiya” (tugunni 
to’qimadan sidirib olish) operatsiyasi bajarilib kelinar edi. Operatsiyadan 
keyingi davrda, bu toifa bemorlarning ba’zilarida tugun yonidagi bez 
to’qimasida joylashgan, ko’zga ko’rinmaydigan (mayda) tugunchalarning 
keyinchalik rivojlanib, kasallik retsidivini (qaytalanishi) yuzaga keltirishi 
mumkinligi aniqlandi. Buni hisobga olgan holda, keyingi yillarda qalqonsimon 
bez tugunini yon to’qimalari bilan Mikulich usuli bo’yicha rezektsiya qilish 
operatsiyasini qo’llash, yaxshi natijalar bermoqda. 
Odatda, bu bemorlarda: operatsiya davrida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
(intraoperatsion) asoratlar, operatsiyadan keyingi davrda yuzaga kelishi mumkin 
bo’lgan (postoperatsion) ertangi va kechki asoratlar tafovutlanadi. 
Intraoperatsion asoratlar: qon ketishi, qaytuvchi nervlar zararlanishi, havo 
emboliyasi, paraqalqonsimon bezlarning shikastlanishi. Ikkala qaytuvchi nervlar 
zararlanganda bemorda o’tkir asfiksiya holati yuz berishi mumkin, bunda 


27 
traxeyani zudlik bilan intubatsiya qilish yoki traxeostomiya bemorni qutqarib 
qolishi mumkin. 
Operatsiyadan keyingi erta davrda yuz beradigan xavfli asoratlardan biri – 
tireotoksik krizning rivojlanishi hisoblanadi. Tireotoksik krizning ilk belgilari: 
tana haroratining 40º gacha va undan yuqoriga tez fursatda ko’tarilishi, tobora 
ortib boruvchi taxikardiyaning boshlanishi Arterial qon bosimi avvaliga ortadi, 
keyin esa pasayadi, bemorda ruhiy (psixik) buzilishlar kuzatiladi. Uning 
rivojlanishida buyrak usti bezlari po’stlog’i faoliyatining operatsion stressga 
bog’liq holda, uning etishmovchiligi muhim o’rin tutadi. Krizni davolash 
detoksikatsion muolaja bilan birga, buyrak usti bezi po’stlog’i etishmovchiligiga 
qarshi muolaja olib borish lozim bo’ladi. 
Paratireoid tetaniya, rezektsiya qilingan qalqonsimon bez bilan birga yoki 
atipik joylashgan paraqalqonsimon bezlar operatsiya jarayonida olib 
tashlanganda, yoinki ular gematoma yoki shish bilan ezilganda, 
paraqalqonsimon bezlar etishmovchiligi tarzida yuzaga keladi. Bemor qo’l 
mushaklarida tetanik talvasa rivojlanadi, yurak mushaklari ishi keskin buziladi, 
yuz niqobsimon qiyofaga kirib, zo’rma-zo’raki jilmayish paydo bo’ladi, bemor 
og’zi “baliq og’zi”ga o’xshab qoladi. Talvasalar oyoqlarga tarqaladi, tonik 
xarakterga kiradi, og’riydi. Paresteziya yuz beradi, oyoq-qo’llar muzlashi, 
tovushning bo’g’ilishi, “doya qo’li” belgisining kelib chiqishi kuzatiladi. Og’ir 
hollarda o’lim sodir bo’ladi. Paratireoid tetaniyani davolash masalalarida 
to’xtalganda, organizmni qonda etishmayotgan kaltsiy preparatlari bilan etarli 
darajada to’yintirishning muhimligini qayd etish lozim. 
Traxeomalyatsiya. Uzoq muddat mavjud bo’lgan buqoqda, ayniqsa uning 
retrosternal (to’sh suyagi ortida) joylashuvida, buqoq bo’lgan bezning traxeyani 
doimiy ezib turishi oqibatida, traxeya xalqalarida degenerativ o’zgarishlar 
yuzaga kelib, ularning yupqalashishiga olib keladi (traxeomalyatsiya). Buqoq 
olib tashlangandan keyin, traxeyadan intubatsion nay chiqarilgach yoki 
operatsiyadan keyingi ilk davrda, traxeya yumshab qolgan kismida buralish yoki 
devorlari bir-biriga yopishib, bo’shlig’i torayib qolishi mumkin. Bu holatda, 


28 
bemorda o’tkir asfiksiya rivojlanadi va bemorga shoshilinch traxeostomiya 
qo’yilmasa yoki sun’iy nafas olishga o’tkazilmasa, bemor o’limga mahkum 
bo’lishi mumkin. Qalqonsimon bezning traxeya devoriga o’sib kirgan rak 
o’smasi (saraton) olib tashlanganda ham traxeomalyatsiya yuz berishi 
mumkinligini yodda tutish zarur. 
Operatsiyadan keyin yuz beradigan gipotireoz qalqonsimon bez 
faoliyatining etishmovchiligidan, ya’ni qalqonsimon bez butunlay olib 
tashlanganda rivojlanadi. Bu asorat, umumiy behollik, uyquchanlik, doimiy 
charchoq sezish, loqaydlik, bemorlar harakatining sustlashishi tarzida namoyon 
bo’ladi. Bemor tanasining terisi quruq, ajin bosgan, biroz shishgan bo’ladi. 
Uning sochlari to’kila boshlaydi, oyoq-qo’llarida og’riq paydo bo’ladi, jinsiy 
faoliyati sustlashadi. Bunda bemor terisi ostiga tireoidin yoki qalqonsimon 
bezning boshqa preparatlari tayinlanadi. Hozirgi davrda, mikroxirurgiya 
texnikasining rivojlanganligi tufayli, bemorlarga bez transplantatsiyasi qilish 
imkoniyati paydo bo’ldi. Taassufki, bu operatsiyalar vaqtincha naf beradi, 
amalda esa asosan o’rnini bosuvchi muolaja qilinib boriladi. 
Qalqonsimon bezda bajarilayotgan operatsiya vaqtida qaytuvchi nervning 
shikastlanishi, ko’p uchraydigan asoratlardan biridir. Bu xavf, pastki 
qalqonsimon arteriyalarning qaytuvchi nervlar bilan o’zaro anatomik bog’liq 
bo’lganida, ularni bog’lash vujudga kelganda yuz beradi. Nerv bir yoki ikki 
tomonlama shikastlanishi mumkin. Keyingi holda asorat fojiaga aylanadi, 
chunki jarroh darhol traxeostomiya yoki traxeya intubatsiyasi o’tkazmasa, 
asfiksiya holati yuzaga kelib, bemor operatsion stolda qolishi mumkin. 
Nervning bir tomonlama shikastlanishi, operatsiyadan keyingi davrda 
tovush yorig’i boylamlarining bir tomonlama parezini yuzaga keltiradi va bu 
holatda tovushning buzilishi kuzatiladi (afoniya). Vrach-foneator tomonidan 
tegishli muolaja qilingach, odatda 1-5 oy orasida parez yo’qoladi. Ba’zan esa, 
muolaja kerakli natija bermaydi va bemorda tovushning buzilishi doimiy 
saqlanib qoladi. 


29 
Havo emboliyasi. Bo’yin venalari ochilganda yoki buqoqda bez kesilganda 
ro’y berishi mumkin bo’lgan, g’oyat kam uchraydigan asorat sanaladi. Odatda 
havo emboliyasi nomsiz, o’mrov osti, ichki bo’yinturuq venalari, miyaning 
venoz sinuslari shikastlanganda paydo bo’ladi. Venaga havo kirganligi sezilmay 
qoladi, biroq emboliya belgilari: tsianoz, ko’z qorachig’ining kengayishi, nafas 
maromining (ritmi) buzilishi yoki uning to’xtashi, xatarli asoratdan darak beradi. 
Davolash. Traxeyani intubatsiya qilish va sun’iy nafas oldirish, qon quyish, 
yurak massaji, yurakning o’ng qorinchasini punktsiya qilib, havo bilan 
aralashgan qonni evakuatsiya qilishdan iborat. 
Asfiksiya qator sabablar bilan izohlanadi: markaziy nerv sistemasida 
bo’ladigan asoratlar, traxeyaning jarohatlanishi, traxeomalyatsiya, gematoma 
ta’sirida bosilishi, qaytuvchi nervlar shikasti va boshqalar. 
Traxeyaning jarohatlanishi – operatsiya jarayonida kamdan-kam bo’ladigan 
asorat bo’lib, xavfli asoratlardan sanaladi. Shikast o’z vaqtida payqab qolinsa, 
xavf-xatar bo’lmaydi, traxeyaga atravmatik nina bilan chok qo’yiladi, 
mushaklari plastika qilinadi, zarurat bo’lsa traxeostomiya bajarilib, traxeyaga 
naycha o’rnatiladi. 
Jarohatdan qon ketishi va gematomalar. Odatda operatsiyadan keyingi 1, 2-
kunlarda kuzatiladi, hamda bu asorat ko’pincha qonning bo’yin a’zolari va 
to’qimalariga shimilishi yoki gematoma paydo bo’lishi bilan o’tadi. Bunday 
hollarda, qon oqishi gemostazning ishonchli emasligini, bog’langan iplarning 
sirpanib tushishi, mo’rt yoki yupqa tomirlarda bog’langan iplarning sitilishi 
mumkinligini ko’rsatadi. Bu holatda, barcha bemorlarda jarohat ochiladi va 
keng taftish qilinib, zaruriy choralar qo’llaniladi. Ayni vaqtda, gemotransfuziya 
va shokning oldini oluvchi muolajalar qilinadi. 
Qolgan asoratlar, boshqa operatsiyalarda ham yuz berishi mumkin bo’lgan 
asoratlardir. Ularga shok, zotiljam, jarohatning yiringlashi kiradi. Bu asoratlar 
qalqonsimon bezdagi operatsiyalarda kam uchraydi, shu tufayli, ular ustida fikr 
yuritmaymiz. Qalqonsimon bez operatsiyasida og’riqsizlantirish usulini to’g’ri 


30 
tanlash, aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy amal qilish, hamda 
operatsiyaning hamma bosqichlarini qunt bilan ado etish yaxshi natija garovidir. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish