Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Gipoparatireoz.
Paratgormon etishmovchiligiga bog’liq bo’lgan kasallik 
yoki holat. Gipoparatireoz sabablari paraqalkonsimon bezlarning yallig’lanish 
kasalliklari, shikastlanish vaqtida qon quyilishi, qalqonsimon bezning tug’ma 
kamchiligi, uni tasodifan olib tashlash yoki shikastlab qo’yish. 
Klinikasi va diagnostikasi. Gipoparatireoz – talvasa xurujlari bilan o’tadi. 
Talvasalar klonik xususiyatga ega bo’lib, aksariyat yuz mushaklarida paydo 
bo’ladi va simmetrik mushak guruhlarini qamrab oladi. Talvasa qorin devori 
mushaklari va ichdagi silliq mushaklar spazmiga bog’liq holda qorinda og’riq 
bilan o’tadi. Laringospazm bilan asfiksiya paydo bo’lish ehtimoli bo’ladi. Unga 


37 
Xvostek va Trusso simptomlari xos. Xvostek simptomi – yuz nervi proektsiyasi 
sohasida quloq yumshog’i oldida barmoq yoki perkussion bolg’a bilan urib 
ko’rilganda, burun parragi va og’iz burchi sohasidagi mushaklar qisqaradi. 
Trusso simptomi – qo’ltiqdagi nervqon tomirlar tutami sohasi bosilganda, qo’l 
kaftining “doya qo’li” belgisi ko’rinishida tonik qotib qolishi, farq qilib 
turadigan belgisi hisoblanadi. Epilepsiya xurujlari bilan tafovutlanishi lozim. 
Davolash. Xurujlar vena tomiriga kaltsiy xlorid eritmalarini yuborib 
to’xtatiladi. Xurujlarining oldini olish uchun bemorlar muttasil kaltsiy 
preparatlari, vitamin D, paratireoidin qabul qilib turadilar. Xirurgik davo usullari 
orasida gipoparatireozni davolashda, qorinning teri osti kletchatkasiga har 2 
yilda «bulon suyakcha» tikib qo’yish usuli ma’lum. Bu usul hozircha keng 
yoyilgani yo’q. 
O’PKA VA PLEVRA KASALLIKLARI 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
O’pka – juft a’zo bo’lib, ikkala o’pka ham ko’krak qafasi ichida 
joylashgan. O’ng o’pkani chap o’pkadan ko’ks oralig’i ajratib turadi. Har bir 
o’pka ko’krak bo’shlig’ida tolali-elastik parda (plevra) bilan qoplangan katta 
bo’shliqni to’ldirib turadi. Bu parda, ya’ni parietal plevra yuzasini mezoteliy 
yassi hujayralari bilan qoplangan bo’lib, har bir o’pka ham, o’z navbatida 
shunday parda – vistseral plevraga o’ralgan bo’ladi. Nafas olish harakatlari 
amalga oshirilayotgan vaqtda, har qaysi o’pkaning ko’krak qafasida ozod 
harakatlanishini ta’minlash uchun, parietal va vistseral plevralar orasida juda oz 
miqdorda sirpanuvchan xususiyatlari nihoyatda yuqori bo’lgan – plevralararo 
suyuqlik bo’ladi. Bu harakatlarda o’pkaning bronxlar va qon tomirlar kiradigan 
qismi – o’pka o’zagi (darvozasi) ishtirok etmaydi. Parietal plevra o’z navbatida 
3 qismga bo’linadi: qovurg’a qismi, diafragmal va ko’ks oralig’i plevrasi. O’ng 
o’pkaning hajmi, chap o’pkaga nisbatan kattaroq bo’lib, ayni vaqtda u bir-
muncha kalta va serbar bo’ladi. 


38 
Har qaysi o’pkada uchta yuza: tashqi (qovurg’a), pastki (diafragmal) va 
ichki (ko’ks oralig’i) yuzalari farq qilinadi. Har bir o’pka egatlar vositasida 
bo’laklarga bo’linadi. Ikkala o’pkada bo’ladigan egatlardan biri – egri egat 
nisbatan yuqorida (o’pka cho’qqisidan 6-7 sm pastda) boshlanadi, so’ngra 
pastga diafragma yuzasiga qiya holda tushib, o’pka to’qimasiga chuqur kiradi. 
Shu egatlar yordamida har bir o’pka yuqori va pastki bo’laklarga bo’linadi. 
Chap o’pkadan farqli ravishda o’ng o’pka yana ikkinchi – gorizontal egatga 
ega.U IV qovurg’a sathidan o’tadi. Shu bilan u o’ng o’pka yuqori bo’lagidan 
o’rta bo’lakni tashkil qiladigan ponasimon qismini ajratib turadi. Shunday qilib, 
o’ng o’pkada uchta bo’lak: yuqori, o’rta va pastki bo’laklar bo’ladi. Chap 
o’pkada esa ikkita bo’lak: yuqori va pastki bo’lak tafovutlanadi. O’ng o’pkaning 
o’rta bo’lagiga chapda “til” bo’lagi to’g’ri keladi. O’pkalarning har bir bo’lagida 
bosh bronx tarmog’i hisoblangan alohida bronx bo’lagi bo’ladi. Bronx bo’laklari 
o’z navbatida segmentar bronxlarga bo’linib, ularning har biri o’pkaning tegishli 
bo’limi bilan birga bronx-o’pka segmenti nomini olgan segmentlarni hosil 
qiladi. Segment o’z tashqi ko’rinishi bo’yicha asosi o’pka periferiyasiga, 
cho’qqisi esa o’pka ildiziga qaragan piramida shaklini eslatadi. Insonda har bir 
o’pka asosan o’n segmentdan tashkil topgan bo’ladi, bunda yuqori bo’lakda 3 ta 
bronx-o’pka segmenti, o’rta bo’lagida va chap o’pkaning unga o’xshash til 
qismida 2 ta segment, pastki bo’lagida 5 ta (yuqori va 4 ta bazal) segmentlari 
bo’ladi. Ikkala o’pkaning pastki bo’laklarida hamma hollarning deyarli yarmida 
qo’shimcha segment uchraydi. 
O’pkani segmentlarga bo’linishi klinika uchun katta ahamiyatga ega 
bo’ladi. Chunki bunga qarab, bemorda patologik “o’choq”ning qaerda 
joylashganini (lokalizatsiyasini) aniq topish va o’pkani maqsadga muvofiq 
(tejamli, segmentar) rezektsiya qilish imkoniga ega bo’lamiz. 
Bronx-o’pka segmentlari o’z arteriyalari va nervlariga, venalari esa 
segmentlararo biriktiruvchi to’qima tarkibida boradigan segmentlararo vena qon 
tomirlariga ega bo’ladi. O’pkani qon bilan ta’minlashda ikkita sistema – o’pka 
va bronxial qon tomirlari qatnashadi. O’pka qon tomirlari sistemasi asosan nafas 


39 
olish faoliyatida ishtirok etadi, bronxial qon tomirlar sistemasi esa, o’pka 
to’qimasini oziqlantirish faoliyatini bajaradi. Bronxial arteriyalar ko’krak aortasi 
tarmoqlari bo’lib, odatda bronxiolalargacha etib boradi, o’pka alveolalari esa 
o’pka arteriyasi sistemasi orqali amalga oshiriladi. Bronxial va o’pka arteriyalari 
tarmoqlari orasida anastomozlar bo’ladi. Venoz qon oqimi v. azygos yoki v. 
hemiazygos ga quyiladigan qisman o’pka venalari, qisman esa bronxial venalar 
tomonidan amalga oshiriladi.
O’pka to’qimasi simpatik nerv tarmoqlari (II-IV bo’yin va I-V ko’krak 
tugunlaridan) va adashgan nerv tarmoqlaridan innervatsiyalanadi. O’pka 
to’qimasining limfatik tomirlari asosan bronxlarning tarmoqlanadigan joylardagi 
o’pka ichidagi limfatik tugunlarga quyiladi, bu limfatik tugunlarning olib 
ketadigan tomirlari esa, o’pka ildizi tugunlarigacha etib boradi va tugaydi. Limfa 
suyuqligi, o’pka ildizi limfa tugunlaridan traxeyaning yon qismida joylashgan, 
o’pkaning bosh regionar limfatik tugunlariga oqib keladi. Gorizontal 
(ko’ndalang) tekislikda o’pka ildizi tarkibi quyidagicha joylashadi: oldingi 
tomonda o’pka venalari, ular orqasida o’pka arteriyasi tarmoqlari va yanada 
orqaroqda bronx tarmoqlari yotadi, ya’ni tomirlar o’pka ildizining qolgan 
elementlaridan oldinda joylashadi. Bronxial arteriyalar bosh bronxlarning pastki 
yuzasiga yondoshib turadi. O’pka to’qimasi ichida o’pka tomirlari tarmoqlari va 
bronxlarning o’zaro munosabati odatda quyidagicha bo’ladi, bronxlar venalar 
bilan arteriyalar orasida joylashadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish