QORIN CHURRALARI
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Qorin churrasi (hernia) deb, qorin bo’shlig’idan ichki a’zolarning qorin
devoridagi tabiiy yoki sun’iy teshik orqali uning tashqarisiga, qorin pardasining
ularni qoplab turadigan devor oldi varag’i bilan birga chiqishiga aytiladi.
Qorin pardasi bilan
qoplanmagan ichki a’zolarning tabiiy teshiklar orqali
chiqishiga tushish (prolapsus) deyiladi.
Qorin churralaridan farqli ravishda eventeratsiyada ichki a’zolarning
parietal qorin pardasisiz shikastlangan qorin devori orqali teri ostiga (teri osti
eventeratsiyasi) yoki tashqariga (tashqi eventeratsiya) chiqishi sodir bo’ladi.
Qorin churralari tashqi va ichki bo’ladi.
Tashqi churralarda ichki a’zolar qorinning oldingi devoridagi, chanoq, bel
yoki dumba sohasidagi teshik orqali tashqariga chiqadi.
Qorinning ichki churrasi qorindagi ichki a’zolarning qorin pardalariga va
qorin bo’shlig’idagi ichak xaltalariga (bursa omentails, foramen Winslou,
recessus subcolecalis ilieocolis, intersigmoidcus), shuningdek diafragmaning
tabiiy yoki orttirilgan teshiklariga chiqishidan iborat.
Qorinning tashqi churralari – ko’p uchraydigan xastalik, churra bilan
hamma aholining 3-4 foizi og’riydi. Eng ko’p chov churralari (75%), so’ngra
son (8%), kindik (4%), operatsiyadan keyingi churralar (14%) kuzatiladi,
churralarning qolgan formalari 1 foizni tashqil qiladi. Erkaklarda ko’proq chov
churralari, ayollarda son va kindik churralari bo’ladi.
Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi
A. Kelib chiqishiga ko’ra:
I. Tug’ma churralar.
II. Orttirilgan churralar.
1. Zo’riqishdan bo’ladigan churralar.
280
2. Darmonsizlikdan bo’ladigan churralar.
3. Operatsiyadan keyingi churralar.
4. Travmatik churralar.
5. Patologik churralar.
B. Anatomik joylashuviga ko’ra: chov, son, kindik, epigastral, xanjarsimon
o’siq churralari, qorinning yon churralari, bel, quymich, yopqich teshik,
oraliq churralari.
V. Klinik kechishiga ko’ra:
1. Asoratlanmagan (to’g’rilanadigan) churralar.
2. Asoratlangan churralar (to’g’rilanmaydigan, qisilgan, koprostaz, churra
yallig’lanishi).
G. Rivojlanish bosqichlari bo’yicha:
1. Noto’liq (boshlang’ich, kanal, urug’ tizimchasi churrasi).
2. To’liq.
Churraning tarkibiy elementlari – churra darvozasi, churra qopchasi, churra
ichidagi narsa, churra pardalaridir.
Churra darvozalari – qorin devorining churra chiqadigan kuchsiz joylaridir
(chov chuqurchasi, kindik halqasi, qorinning oq chizig’i, diafragmadagi teshik).
Normada bu teshiklar orqali u yoki bu anatomik tuzilmalar o’tadi (urug’
tizimchasi, bachadonning yumaloq boylami, tomir-nerv dastalari va x, k.).
Travmatik va operatsiyadan keyingi churralarda qorin shikastlanganda
muskullar va aponevrozlarda yoki xirurgik operatsiyada hosil bo’lgan teshiklar
churra darvozalari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Churra darvozalari
operatsiyadan keyingi vertikal churralarda yoriq ko’rinishida yoki katta
o’lchamli bo’lishi mumkin. Darvozalarining o’lchamlariga ko’ra churra
darvozasi kichik (diametrda 2 sm gacha), darvozasi o’rtacha (2 dan 4 sm gacha)
va churra darvozasi katta churralar (4 sm dan ko’p) farq qilinadi.
Churra darvozasi – qorin pardasining churra darvozalari orqali chiqadigan
ichki a’zolarni qoplab turadigan parietal varag’idir. Tug’ma chov churralarida
281
qorin pardasining o’sib etilmagan qin o’simtasi (processus vaginalis peritonei)
churra qopchasi bo’lib hisoblanadi.
Churra qopchasida: og’zi, bo’yinchasi, tanasi va tubi farq qilinadi. Churra
xaltachasi turli o’lchamda va shaklda bo’lishi mumkin.
Xaltacha qorin bo’shlig’i bilan tutashadigan joy – og’zi deyiladi.
Bo’yinchasi – churra xaltachasining og’zi bilan tutashadigan eng tor
uchastkadir. Bo’yinchada aksariyat churra qisilishi ro’y beradi.
Asoratlanmagan churralarda xaltacha devori qorin pardasining silliq yupqa
varag’idan iborat bo’ladi, uning yuzasida yog’ qatlamlari bo’lishi mumkin.
Asoratlangan churrada xaltacha devori doimo shikastlanib turishi natijasida u
qalin tortadi, biriktiruvchi to’qima rivojlanishi va xaltacha ichida bitishmalar
borligi hisobiga dag’al bo’lib qoladi. Churra qopchasi ichki yuzasi xaltacha
ichidagi narsa bilan yoki devorlarining bir-biri bilan bitib qolishi oqibatida
churra to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi.
Churra xaltachasining to’liq obliteratsiyasi deyarli bo’lmaydi. Aksariyat
xaltacha ikki yoki uch bo’shliqli tuzilmaga aylanadi, yoki «qum soat»
ko’rinishini oladi, uning devorida kistalar paydo bo’lmaydi.
Churra xaltachasi embrional kindik churralarida bo’lmasligi mumkin,
ulardagi tushgan ichki a’zolar amnion bilan qoplangan. «Sirpanuvchi»
churralarda ham xaltachasi qisman bo’lmaydi. Bu qorin bo’shlig’idan tashqarida
joylashgan a’zo (ko’richak, qovuq) chiqqanda va qorin pardasi yorilgan soxta
travmatik churralarda kuzatiladi. N.V. Antelava ma’lumotlariga ko’ra
sirpanuvchan churralar 4,6% xollarda uchraydi.
Parda churralari churra bilan birga chiqadigan va churra xaltachasini qoplab
oladigan qorin devorining hamma katlamlarini hosil qiladi. Ularga qorin pardasi
oldidagi kletchatka, fastsiya plastinkalari, muskul tolalari (masalan, m.
cremaster), urug’ tizimchasi elementlari kiradi.
Churra xaltachasida qorin bo’shlig’idagi a’zolardan xar qaysisi bo’lishi
mumkin. Ichki a’zolardan ayrimlari quyidagi tartibda uchraydi:
- ingichka ichak qovuzlog’i;
282
- charvi;
- ichak tutqichi bilan ta’minlangan yo’g’on ichak bo’limlari;
- chuvalchangsimon o’simta va yo’g’on ichakning yog’ qo’shimchalari;
- bachadon naychalari va tuxumdon, ba’zan bachadon;
- ichak tutqich;
- qorin pardasi bilan qoplangan a’zolar (siydik pufagi, chambar ichakning
yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi bo’limi, ko’richak);
- qorin pardasi ortida joylashgan a’zolar (buyrak, siydik yo’li, me’da osti
bezi, prostata bezi funktsiyasi buzilganda);
- me’da, taloq, o’t pufagi, Mekkel divertikuli.
Bo’rtib chiqadigan xaltacha churra ichidagi a’zo va churra darvozalari
vaziyati o’rtasidagi nisbatni hisobga olish amaliy jihatdan ahamiyatlidir.
Xaltacha qorin devorining yuqorisiga kirgan, biroq uning qatlamlari orasiga
surilib ulgurmagan boshlang’ich churra; kanal churrasi va teri ostiga o’tgan
to’liq churra farq qilinadi.
Ba’zan churra xaltachasi ayrim muskul va fastsial qatlamlar orasidan oraliq
yoki interstitsial churra ko’rinishida yo’l soladi, teri ostidan emas, balki muskul
yoki aponevroz ostidan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |