Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Qizilo’ngach o’smalari 
Qizilo’ngach o’smalari: xavfsiz va xavfli o’smalarga bo’linadi. 
Qizilo’ngachning xavfsiz o’smalari kamdan-kam uchraydi. Palmer 
ma’lumotlariga binoan adabiyotda qizilo’ngach xavfsiz o’smalarining qariyb 
350 hodisasi tasvirlangan. Qizilo’ngachning xavfsiz o’smalari ko’proq, 
erkaklarda uchraydi. Yurtimiz adabiyotlarida, qizilo’ngach xavfsiz 
o’smalarining 63 nafar bemorda uchragani tasvirlangan. O’smalar aksariyat 
qizilo’ngachning yuqori uchdan bir va o’rta qismida joylashadi. Morfologik 
tuzilishi jihatidan bu o’smalar epitelial o’smalar qatoriga kiradi. Bularga 
qizilo’ngach poliplari, biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan o’smalar 
(fibroma, fibrolipoma), tomir to’qimasidan kelib chiqqan o’smalar 
(gemangioma), nerv to’qimasidan paydo bo’lgan o’smalar (neyrofibroma), 
mushak to’qimasidan hosil bo’lgan o’smalar (leyomioma) kiradi. 
Qizilo’ngachda aksariyat leyomiomalar (70% hollarda) rivojlanadi. 
Etiologiyasi va patogenezi.
Qizilo’ngachning xavfsiz o’smalari paydo 
bo’lishi, umuman o’smalarning paydo bo’lishi singari, etarlicha o’rganib 
chiqilmagan. Bu o’rinda juda issiq, qattiq va achchiq ovqatlar iste’mol qilish 
natijasida qizilo’ngach shilliq pardasining surunkali tarzda ta’sirlanib turishining 
ahamiyatini qayd qilib o’tish lozim. 
Patologik anatomiyasi.
Qizilo’ngachning xavfsiz o’smalari yakka va ko’p 
sonli bo’lishi mumkin. Bo’shliq ichidagi (intramural, shilliq pardadan 
tashqaridagi) xavfsiz o’smalar farq qilinadi. Ko’pchilik hollarda bo’shliq ichi 
o’smalari uchraydi. Ularda oyoqcha bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. 
Oyoqchali o’smalar (aksariyat fibromalar) odatda qizilo’ngachning eng 
proksimal yoki distal bo’limida joylashadi. O’smaning o’lchamlari birmuncha 
katta. Eng yirik o’smani (leyomioma) Kepper tasvirlagan, uning og’irligi 1 kg 
420 g bo’lgan. Leyomiomalar ko’p uchraydi, ular yakka-yakka va ko’p sonli 


275 
tugunlar ko’rinishida bo’ladi. Qizilo’ngach devorining butun mushak qatlami 
ichiga diffuz kirgan ko’p sonli mayda tugunchalar ko’rinishidagi tarqalgan 
leyomiomatoz ham uchrab turadi. 
Leyomiomalarning yuzasi odatda silliq, yumaloq tuzilmalar ko’rinishida, 
atrofdagi to’qimadan yaxshi chegaralangan, ular tartibsiz joylashgan mushak 
tolalari yoki ularning tutamlaridan iborat bo’lib, orasida ba’zan nekrozga 
uchragan qismlar, qon quyilishlar va ohaklangan qismlar uchraydi.
Lipomalar yog’ to’qimadan tashkil topgan bo’lib, kuchsiz stromasi bor, 
bo’laksimon tuzilgan. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish