Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Kechishi va asoratlari.
Kasallik juda sekin kechadi. Bemor tobora ozib 
ketadi. Aspiratsion zotiljam, o’pka abstsessi ko’p uchraydigan asoratlardan 
hisoblanadi. Divertikulning eroziyalangan shilliq pardasidan qon oqishi, 
peridivertikulit va periezofagit, stenokardiya paydo bo’lishi ehtimol. Poliplar va 


270 
rak rivojlangan hollar tasvirlangan. Ko’p hollarda bemor juda ozib ketadi, 
holsizlanish orta boradi, divertikul bo’shlig’ida ovqat qoldiqlari doimo yig’ilib 
turishi va ularning parchalanishi sababli yallig’lanish jarayoni – divertikulit 
rivojlanishi mumkin, bu o’z navbatida yiringli mediastinit va sepsis sababchisi 
bo’lishi mumkin. 
Qizilo’ngachning uchdan bir o’rta qismidagi divertikul, o’pka ildizi sathida 
bo’lib, qizilo’ngach bosh bronx bilan kesishadigan joydan bir oz yuqoriroqda 
joylashadi. Shuning uchun ular ba’zan epibronxial divertikullar deb ataladi. 
Qizilo’ngach o’rta qismidagi divertikullar traktsion turga taalluqli bo’ladi, ya’ni 
ularning kelib chiqishida ko’ks oralig’idagi turli yallig’lanish jarayonlarida 
vujudga keladigan va qizilo’ngach devori qismini u yoki bu yo’nalishda 
tortadigan (o’pka va plevra kasalliklarida, o’pka sili, plevrit, zotiljam) 
bitishmalarga katta ahamiyat beradilar. Ba’zan qizilo’ngachning bu bo’limida 
sof pulsion divertikullar kuzatiladi. Ularning paydo bo’lishida qizilo’ngach
innervatsiyasi buzilishi yoki reflektor ta’sirlar natijasida unda motorikaning 
izdan chiqishi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. 
Patologik anatomiyasi.
Qizilo’ngach o’rta uchdan bir qismining 
divertikuli, devorlarining konussimon yoki yumaloq bo’rtib chiqishi bilan 
ifodalanib, ular yuqoriga yo’nalgan, traxeya yoki boshqa a’zolar bilan 
biriktiruvchi to’qima bitishmalari orqali yopishgan. Bu divertikullarning 
diametri 1-2 sm va ahyon-ahyonda undan kattaroq, ular ko’p sonli bo’lishi 
mumkin. Divertikul devori qizilo’ngach devoriga o’xshash tuzilgan. Shilliq 
pardasi aksari giperemiyalangan, eroziyalari ham bo’lishi ham mumkin. Bunday 
divertikulning odatda bo’yni bo’lmaydi va qizilo’ngach bo’shlig’i bilan keng 
tutashib turadi, shunga ko’ra ularda ovqat tutilib va turib qolishi kamdan-kam 
bo’ladi. 
Klinikasi.
Bunday divertikullar ko’pincha klinik jihatdan hech qanday 
belgilar bilan yuzaga chiqmaydi, yutishning qiyinlashuvi, to’sh orqasidagi 
og’riq, qon ketishi kam bo’ladi. Agar bifurkatsion divertikullarning o’lchami 
kattalashib ketsa, ular og’ir azoblar keltirib chiqarishi mumkin. Bu xildagi 


271 
divertikullar tamoman osoyishta kechadi. Ayrim hollardagina yiringlanish va 
abstsess hosil bo’lishi kabi asoratlar qayd qilinadi, biroq divertikullarning 
atrofidagi ko’p miqdordagi biriktiruvchi to’qimadan iborat bitishmalar 
yiringlikning tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Yiringlikning bronxlar va 
bronx-qizilo’ngach fistula (oqma) si hosil bo’lishi, teshilishi (perforatsiya) juda 
kamdan-kam kuzatiladi. Yiringlikning qizilo’ngachga yoki aortaga yorilishi 
bundan ham kam uchraydi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish