Klinikasi.
Ko’pincha divertikullar unchalik jiddiy buzilishlar keltirib
chiqarmaydi va rentgenologik tekshiruv vaqtidagina aniqlanadi. 15-20%
bemorlarda noxush sezgi suyuqlik ichilgandan yoki qoringa bosilgandan keyin
yo’qoladi. Ba’zan to’sh sohasida og’riq sezgisi, qayt qilish, aerofagiya, yo’tal,
ishtaha yo’qolishi va ko’ngil aynishi kuzatiladi, qizilo’ngachdan qusish yuz
berishi ham mumkin. Katta hajmdagi divertikul qizilo’ngachni bosib qo’yishi
mumkin, shunga ko’ra ko’krakda og’riq (ayniqsa ovqatdan keyin) paydo
bo’ladi, bu yurak urishi, nafas qisishi bilan o’tadi. Bu simptomlar divertikul
bo’shalgandan keyin yo’qoladi.
Divertikullar rentgenologik jihatidan oson aniqlanadi. Bevosita diafragma
ustida qizilo’ngach devorining turli o’lchamdagi bo’rtib chiqqan yumaloq yoki
tuxumsimon konturlari aniqlanadi. Kasallik juda sekin kechadi. Ko’p hollarda
divertikul o’lchami asta-sekin kattalashadi.
Epifrenal divertikullarni diafragmaning qizilo’ngach teshigi churralaridan
farq qilish lozim. Kamdan-kam hollarda unchalik katta bo’lmagan
divertikullarni qizilo’ngach yarasidan farq qilishda qiyinchilik vujudga keladi.
Divertikul bilan megaezofagus (kardiya axalaziyasi) belgilarining birmuncha
o’xshashliklari bor. Xalqum-qizilo’ngach divertikullariga davo qilish –
konservativ. Davolash parhezga qat’iy rioya qilish, divertikulni drenajlash,
yuvishdan iborat va operatsiya qilib davolashga monelik bo’lgandagina
qo’llaniladi. Operatsiya qilmasdan davolashda o’lim, divertikuldagi turli xil
asoratlarga bog’liq va 33%ni tashkil etadi. Operatsiya qilib davolash divertikulni
kesish yoki invaginatsiya qilishdan iborat. Divertikuldagi yallig’lanish
hodisalarini to’xtatishga qaratilgan konservativ davolash eng zarur tadbir
hisoblanadi (qattiq parhez, 7-10 kungacha yallig’lanishga qarshi vositalar va
antibiotiklar ishlatish).
To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushakning oldingi cheti bo’ylab kesiladi,
qalqonsimon bez chap bo’lagini yuqoriga va o’ngga suriladi. Oldin quyi
273
qalqonsimon arteriyani bog’lab m. omohyoideus ni yuqoriga suriladi. Shundan
keyin jarohatda qizilo’ngach va divertikul ko’rinib turadi. Divertikulni hamma
tomondan bo’ynigacha ajratiladi, choklar bilan tikiladi va kesib olib tashlanadi
T.A. Suvorova UKL-40 apparati yordamida mexanik chokdan foydalanishni
tavsiya etadi. Divertikul olib tashlangandan keyin mushaklar va fastsiyalarga
choklar solinadi. Jarohatni pishiq qilib tikiladi. Ovqat eyish va suyuqlik ichishga
3-4 sutkalarning oxiriga kelib ruxsat beriladi.
Divertikul invaginatsiyasi (Girard) – divertikulni qizilo’ngach bo’shlig’iga
joylashdan iborat. Bunday operatsiyani unchalik katta bo’lmagan
divertikullardagina qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda qizilo’ngach divertikullarini
operatsiya yo’li bilan davolashdagi xavf-xatar birmuncha yuqori. Shuning uchun
divertikullarni taxminan 10-15% bemorlarda operatsiya qilinadi, xolos. Yaxshi
bo’shalmaydigan, ko’pincha yallig’lanib turadigan va ro’yi rost klinik belgilari
bo’lgan o’lchami katta divertikul xirurgik davolash uchun ko’rsatma
hisoblanadi.
Parabronxial divertikullarni o’ng tomonlama torakotomiya bilan VI
qovurg’alar orasida, epifrenal divertikullarni chap tomonlama torakotomiya
bilan VII-VIII qovurg’alar orasida operatsiya qilgan ma’qulroq. Plevra
bo’shlig’i ochilgandan keyin mediastinal plevra qirqiladi, qizilo’ngach topiladi.
Qizilo’ngachga burun orqali zond kiritiladi va uni havo bilan kengaytiriladi. Bu
divertikulni topish va ajratishni birmuncha osonlashtiradi. Divertikulni
oyoqchasigacha ajratiladi. Diametri 2 sm gacha bo’lgan divertikullar jimjimador
choklar bilan tikilishi mumkin. O’lchami 2 sm dan katta divertikullar esa olib
tashlanadi. Divertikul bo’ynini uzluksiz yoki boshqacha chok bilan tikiladi, katta
divertikullarda mexanik chok qo’llaniladi. Choklarning ikkinchi qatorini
qizilo’ngachning mushak pardasiga qo’yiladi. Choklarning chizig’ini parietal
plevra (Depk), o’pka to’qimasi (Nissen), diafragma laxtagi (B.V. Petrovskiy,
T.A. Suvorova), kapron devor (A.A. Vishnevskiy) va shu kabilar bilan
mahkamlanadi. Bu tadbirlar choklarning sitilib ketmasligi uchun qilinadi.
274
Operatsiyadan keyingi asoratlar qatoriga yana zotiljam va qizilo’ngach
torayishini kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |