Xirurgik kasalliklar


Churra rivojlanishida ahamiyati bo’lgan chov uchburchagining



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Churra rivojlanishida ahamiyati bo’lgan chov uchburchagining 
tuzilish xususiyatlari:
1) chov oraligining shakli va balandligi. Chov oralig’i uchburchak, yumaloq 
shakllarda va baland (5,5 sm gacha) bo’lganda bunday chov «kuchsiz» 
(yumshoq, mayin) deyiladi va churra ko’proq paydo bo’ladi (erkaklarda). 
2) agar tashqi chov xalqa soxasida fibrae intercruralis kuchsiz rivojlangan 
bo’lsa yoki bo’lmasa, bu xolda chov halqasi qorin ichidagi bosimga kam 
qarshilik ko’rsatadi va churra rivojlanadi. 
3) N.I. Kukudjanov ishlariga binoan sog’lom odamlarda chov kanali devori 
qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozi bilan birga ichki qiyshiq muskul 
tolasidan, yuqori devori esa faqat ko’ndalang muskul chekkasidan hosil bo’lgan. 
Agar ichki qiyshiq muskul urug’ tizimchasini old tomondan yopib turmasa, bu 
holda chov kanali devorlarining sustligi va chov churralari hosil bo’lishiga 
moyillik vujudga keladi. 
4) chov kanalining orqa devori ko’ndalang fastsiyadan iborat, u chov 
boylami oldida va qorin to’g’ri muskulining tashqi chekkasida lig. Henle 
hisobiga zichlashadi. 
Chov uchburchagi sohasidagi ko’ndalang fastsiya aponevrotik tolalar falx 
ingvinalis va lig. interfoveolaris hisobiga zichlashadi. 
Ayollarda chov kanalining orqa devori erkaklarnikiga qaraganda 
kuchsizroq rivojlangan, shuning uchun to’g’ri chov churralari ayollarda ko’proq 
uchraydi. 
Simptomlari.
Chov churralari hamma churralar uchun umumiy bo’lgan 
simptomlarga ega. Asosan erkaklarda (5-10:1) kuzatiladi. Yoshi ulg’aygan 
odamlarda bolalar va o’smirlarga qaraganda ko’proq uchraydi. Qiyshiq chov 
churrasi eng ko’p tarqalgan hisoblanadi, to’g’ri churrasi esa churralarining 
taxminan 5-10% hollarida uchraydi. 


292 
Bemorlar bo’rtib chiqqan joy sohasida og’riq borligi, og’ir yuk ko’tara 
olmaslik, jismoniy tarbiya mashqlarini bajara olmaslik, ba’zan esa churraning 
vaqti-vaqtida qisilib turishidan shikoyat qiladilar. 
Ob’ektiv simptomlar – qorin bo’shlig’iga to’g’rilanadigan churra bo’rtmasi 
borligi, churra darvozasini aniqlash, churra to’g’rilangandan keyin aniqlash, 
yo’tal turtkisi fenomeni borligi. 
Qiyshiq chov churrasi to’g’ri churradan quyidagi ma’lumotlar asosida 
aniqlanadi: 
1) qiyshiq churrada uning shakli qiyshiq va to’g’ri chov churrasida – 
yumaloq; 
2) urug’ tizimchasiga munosabat. Qiyshiq churralarda urug’ tizimchasi 
churra xaltachasidan medial tomonda, to’g’ri churrada – lateral paypaslab 
ko’riladi; 
3) qiyshiq churralar bir tomonlama, to’g’rilari esa ikki tomonlama bo’ladi; 
4) churra darvozasi yo’nalishi – to’g’ri churralarda to’g’ri, qiyshiq 
churralarda chov kanali yo’liga muvofiq ravishda – qiyshiq; 
5) yosh – to’g’ri churralar keksalarda, qiyshiq chov churralari yoshlarda va 
o’rta yoshli kishilarda uchraydi; 
6) to’g’ri churralarda a. epigastrica inferior pulsatsiyasi lateral tomonda, 
qiyshiq chov churralarida esa medial tomonda; 
7) to’g’ri churrada churra darvozasi orqali chov orqa yuzasini barmoq uchi 
bilan sezish mumkin, qiyshiq churrada bunga chov uchburchagi lateral 
bo’limining muskul-aponevrotik elementlari xalaqit beradi; 
8) kelib chiqish mexanizmiga ko’ra to’g’ri chov churralari «kuchsizlikdan», 
qiyshiq churralar esa «zo’riqish»dan bo’ladi; 
9) qiyshiq chov churralari yorg’oqqa tushadi, to’g’ri churralar esa amalda 
tushmaydi. 
Moyak istisqosi perkussiyada to’mtoq tovush beradi, oldingi qorin 
devoridan keskin chegaralangan va yoritilish simptomlarni beradi. 


293 
Urug’ tizimchasi venalarining varikoz kengayishi (varikotsele) bemor 
kuchanganda bosganda osonlikcha puchayib qoladigan egri-bugri yumshoq 
tuzilmalar ko’rinishida paypaslanadi. 
Shuningdek limfadenit, lipoma, son churrasi va tromboflebit, posttrombotik 
kasallikdagi qorin oldingi devori venalari kengayishidan differentsial 
diagnostika qilish kerak. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish