Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Sirpanuvchan churralar. 
Bu churra xaltchasining devorlaridan biri qorin 
pardasi bilan qisman qoplangan (masalan, qovuq, yuqoriga ko’tariladigan va 
pastga tushadigan ichak) churralardir. Churra xaltachasi kamdan-kam xollarda 
batamom bo’lmaydi. 
Yo’g’on ichakning sirpanuvchan churralari aksariyat qiyshiq chov 
churralarida, qovuqniki esa – to’g’ri chov churralarida bo’ladi. Sirpanuvchan 
churralar hamma chov churralarining 1-1,5 foizini tashqil qiladi. Ular tug’ma va 
orttirilgan bo’lishi mumkin. 


286 
64-rasm. Ko’richak sirpanuvchi churrasi. 
1 – peritoneum; 2 – fascia transversalis; 3 – churra qopchasi; 4 – ko’richak devori. 
Yo’g’on ichakning sirpanuvchan churrasining patognomonik simptomlari 
bo’lmaydi. Odatda bu yoshi ulg’aygan va keksa odamlardagi churra darvozasi 
keng katta churradir. 
Diagnostikasiga yo’g’on ichakni rentgenda tekshirish yordam beradi. 
Qovuqning sirpanuvchan churralarida siydik chiqarish buziladi yoki siydik 
ikki bo’lib chiqariladi (avvaliga bemor qovug’ini bo’shatadi, keyin churra 
bo’rtmasini bosganidan keyin qaytadan siydik chiqarish mayli paydo bo’ladi va 
bemor yana siya boshlaydi). 
Qovuqning sirpanuvchan churrasiga shubxa qilinganda qovuqni kateterlash 
va tsistografiya qilish zarur. 
Asoratlanmagan churralarni davolash. 
Churralarni faqat operatsiya usuli 
bilan radikal davolash mumkin. Churralarning hamma turlarida operatsiya qilish 
printsipi bir xil. Uning vazifasi: 
- churra xaltachasini churra pardalaridan ajratish; 
- xaltachani ochish, bitishmadan churra ichidagi a’zoni ozod qilish va qorin 
bo’shlig’iga kiritish; 
- churra xaltachasini tortib olish, uni og’zi satxida – bo’ynidan tikish va 
qirqib tashlash; 
- churra darvozalarini choklar bilan yopishdan iborat. 


287 
Churra devorlarini mahalliy bir xil turdagi to’qimalar tikish yo’li bilan 
yopish usullari lozim bo’lgan. 
Operatsiyadan keyingi davrda yo’tal, bronxit, zotiljam, qorin dam 
bo’lishining oldini olish muxim ahamiyatga ega – nafas gimnastikasi, erta 
o’rindan turish (2-4 kuni), 2-3 xafta mobaynida profilaktik dam olish maqsadga 
muvofiq. 
Operatsiyaga monelik qiladigan xollar: yurak va nafas etishmovchiligi 
bo’lgan juda keksalik, kon aylanishi dekompensatsiya bo’lgan yurak nuqsoni, III 
boskichdagi o’pka sili, jigar va buyrakning og’ir kasalliklari va boshqa 
tuzalmaydigan kasalliklar. 
Asoratlanmagan churralarni konservativ davolash bandaj taqishni 
tayinlashdan iborat. Bandaj korset va belbog’lar shaklida bo’ladi yoki qoringa 
mahkam qilib tasma bog’lanadi. 
Bandaj taqish churra ichida chandiqlar, bitishmalar hosil bo’lishiga sabab 
bo’ladi, ba’zan terini ta’sirlantiradi va ichki a’zolarni chiqib kolishdan va 
churrani qisilishdan hamisha ham saqlab qola olmaydi. 
65-rasm. Sirpanuvchi churrada kiset chok qo’yish jarayoni. 
Qorin churralari profilaktikasi quyidagicha o’tkaziladi: 
1) qorin devori muskullari mustahkamlanadi, buning uchun gimnastika 
mashg’ulotlari, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish tavsiya etiladi; 


288 
2) ishda churraga sabab bo’ladigan ortiqcha jismoniy zo’riqishlardan 
saqlanish lozim, shu maqsadda mehnatni mexanizatsiyalash, uni muxofaza 
qilish, ishchilarni jismoniy ishlarga to’g’ri tanlash lozim; 
3) xomilador ayollar xomiladorlikning oxirgi oylarida belbog’-bandaj taqib 
yurishlari kerak, tug’ruqdan keyin esa qorinni massaj qilish va qorin 
muskullarini mustaxkamlash uchun maxsus mashqlar tavsiya etiladi; 
4) bolalarning gigiena, ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi, ularda ichak 
faoliyati, nafas a’zolari va siydik chiqarishning normal o’tishini kuzatib borish, 
qorin devoridagi nuqsonlarni aniqlash maqsadida ularni qunt bilan sinchiklab 
tekshirish, bordi-yu, churra aniqlansa, bolalikda operatsiya usulida olib tashlash; 
5) yog’ bosishga va ayniqsa undan keyin qattiq oriqlab ketishga qarshi 
kurashish; 
6) operatsiyadan keyin churralarning profilaktikasi jaroxat yiringlanishining 
profilaktikasidan iborat, buning uchun qorin jaroxati tamponada qilinadi, 
laparotomiyani boshdan kechirgan shaxslarga 2-4 xafta muddatga dam olish 
beriladi. 
Jismoniy ishga qaytishda asta-sekinlik printsipiga amal qilish va qorin 
devori muskullarini chiniqtirish zarur. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish