165
mehnatga, ma`naviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakllanadi.
Jamiyat
mustahkam, ma`naviy va axloqiy jihatdan sog`lom oila bo`lishdan g`oyat
manfaatdordir.
Milliy g`oyamizni farzandlarimizga singdirishimizda ketma-ketlik, bosqichma-bosqich,
me`yoriylik va shaxsiy ibrat masalalariga alohida e`tibor qaratilishi zarur deb hisoblayman.
Targ`ibotni ketma-ketlikda olib borish deganda oila, bog`cha, maktab, mahalla, litsey, oliy
o`quv yurti, korxona va tashkilotlarda inson kamolotiga xizmat qiladigan qadriyatlarni
singdirish maqsad qilib qo`yilishi lozim.
Targ`ibot va tashviqotni bosqichma-bosqich olib borishda bolalarning yoshini,
dunyoqarashini,
bilimini, ma`lumotini, uning ruhiyatini hisobga olib aniq belgilangan reja
bilan amalga oshiriladi.
Yana bir diqqatimizni o`ziga qaratadigan tamoyil bu – me`yoriylikdir. Har qanday
targ`ibotda me`yor bo`lgani ma`qul.
Milliy g`oyani singdirishda muvaffaqiyatni ta`minlaydigan yana bir omil bu – shaxsiy
ibratdir. Oilada ota-onaning, bog`chada murabbiyning, maktabda ustozning shaxsiy namunasi
juda katta ahamiyat kasb etadi.
Insonni komillikka eltuvchi sifatlarning poydevori oiladan boshlanadi. O`z davrida Abu
Ali Ibn Sino inson tarbiyasining
asosiy makoni oila ekanligini, buning o`rnini boshqa hech
qanday sharoit bosa olmasligini bashorat qilgan edi. Ibn Sino g`oyasining bugun uchun ham
hayotiyligi shundaki, ko`z ochib yorug` dunyoni ko`rgach, bola ona siynasining o`ziga
kamolot beshigi deb his etadi, uning og`ushida orom ola boshlaydi, kunlarni oylarga, oylarni
yillarga ulab ulg`ayaveradi.
O`zbek oilalarida qadimdan ota-onani hurmat qilish, ularni e`zozlash kabi odatlar bor. Ota-
ona farzandidan hech narsani ayamaydigan, unga hamisha suyanchiq bo`ladigan buyuk
zotdir.
Ota-onani qadrlash, ularga hamisha mehr ko`rsatish, ularning duolarini olib yashash
bolalarning farzandlik burchidir.
Oilada farzandning tarbiyasida xalqimizning boy ma`naviy merosidan foydalanish juda
katta samara beradi. Bolaga yoshligidan o`zbek xalq og`zaki ijodi namunalarini hikoya qilib
berish yaxshi natija beradi. O`zbek xalq ertaklari bolani yoshligidanoq jasurlikka, to`g`ri
so`zlikka, mehr-muruvvatlikka o`rgatadi. Bola kattaroq bo`lganda Yusuf Xos Xojib, Ahmad
Yassaviy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Bobur, Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Avloniy, Abdulla
Qodiriy asarlaridan foydalanilsa, uning qalbi, ruhiy dunyosi ma`naviy boyib boradi.
Oilaning ko`rki ham, totuvligi ham eru xotinning ota-onalik mahoratiga, musaffo qalbiyu,
yuksak hayosiga, qaynoq mehr-muhabbatiga bog`liqdir.
Milliy g`oyani yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirishda ma`naviy qadriyatlarimizga
suyanishimiz zarur. Chunki biz boy ma`naviy merosimizdan
unumli foydanganimizdagina
yoshlarimizni yuksak ma`naviyatli, barkamol avlod qilib tarbiyalay olishimiz mumkin.
Sog`lom avlod kelajagimiz ustuni hisoblanar ekan, sog`lom avlodni ma`naviy-axloqiy
jihatdan yetuk oilagina bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: