166
nafaqat bir oilaning, balki, jamiyatning bir a`zosidir.
Azaldan ajdodlarimiz ayolga ehtirom ko`rsatishgan. Hatto payg`ambarimiz ham ,,Jannat-
onalar oyog`i ostidadir deb marhamat qilganlar. Alisher Navoiy esa ayollar borasida so`z
borgandа ,,Jismingni qil sadqa ano qoshig`a” deya ayollarga xitob qilganlar.
Darhaqiqat, barcha zamonlarda ham ayollar alohida e`tirof qilingan. Ularning
jamiyatdagi roli va mavqei bo`lgan. Bugungi kunda ayollar
jamiyatimizning barcha
jabhalarida, jumladan ta`lim va sog`liqni saqlash tizimi, sanoat va qishloq xo`jaligi, qurilish,
transport va aloqa sohalarida samarali faoliyat olib bormoqda. Zukko qizlarimiz, fozila
ayollarimiz esa fan, san`at va madaniyat va sportda yuqori marralarni zabt etishmoqda.
Shaxsiy hayotda va oilada o`z o`rniga ega bo`lgan ayollar jamiyatning turli sohalarida o`z
o`rniga ega bo`lib bormoqda.
Keling, endi bugungi kun o`zbek ayolininig erishayotgan muvofaqiyatining siri haqida siz
bilan mushohada qilsak. Menimcha, o`tmishga nazar solsak, bu borada ayni muddao. Anbar
Otin, Jahon Otin Uvaysiy, Nodirabegim, Zebinosolar zamonasining mashhur vakillaridandir.
Zulfiya, Saida Zunnunova, Zarifa Saidnosirova, Sora Eshonto`rayeva, Rixsi Ibrohimova,
To`ti Yusupova kabi ijodkor ayollarimiz bilan faxrlanamiz.
Tarixdan bizga ma`lumki, o`zbek ayollarining hayoti arlar davomida islom dini shariati
ko`rsatmalari asosiga qurilgan edi. Xonliklar davrida ham ayollarning
ozodlikka chiqishi
ularning ilmli ziyoli bo`lishi jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lishi ayollar xayolotidagi orzu
bo`lib qoldi. Sovet hokimiyati o`rnatilgach, sharq ayollarini ozodlikka chiqarish, ularning
chachvon va faranjisini tashlab, yangi zamonga jalb qilish darhaqiqat, kerak. Biroq bu ishni
sovet hokimiyati tanlagan tezkor yo`l bilan emas balki, asta-sekin sharq mentalitetini
inobatga olgan holda amalga oshirganda qurbonlar va fojealar bo`lmas edi. Birgina misol
1986-87— yillarda respublikada 270 ayol o'zini-o'zi yondirib yubordi.
Bu holat ularning
sha'ni, qadr-qiymatining toptalashi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan ko'rsatilgan
norozilik edi.
Tarixga nazar tashlab bu faktlarni keltirib o`tishdan maqsad, sharq ayolining ozodlikka
chiqishi oz jonini fido qilishi evaziga bo`lganligi, buy o`lda qancha mashaqqatlar, zahmatlar
chekkanligi, qancha qonlar to`kilganini unutmasligimiz lozim. Ular faqat yuzlarini ochishgan
edi. Bizdachi? Kiyinish madaniyatini unutib qo`ygan qizlarimiz bugungi kunda afsuski,
uchrab turibdi. Bugungi o`zlarini zamonaviy deb hisoblab g`arb mentalitetida yashayotgan
ayollar ming afsuski, o`zligini yo`qotmoqda. Nahotki, o`tmishda oqila ayollarimiz bugungi
ayrim ayollarimiz kabi tirnoq qo`yib yurgan bo`lsa? Tobora torayib
kaltalashib borayotgan
kiyimlar, bugungi kun balosi deb qaralayotgan tik tok platformasidagi qizlar va juvonlarning
har xil o`yinlari, axloqsizlik qilib jamoat orasida ovozini baland ko`tarib hattoki ayrimlar
bilan urishib, talashib yurgan qizlarni ko`rib ba`ida afsuslanaman. O`tmishda begona erkak
uyiga kelib qolsa nomahram deb hatto ovozini ham eshittirmasdan kichkina toshni eshik
tirqishidan irg`itib yuborgan ayollar qayerda qoldi? Nahotki bu g`arb mentaliteti bizning
qadriyatlarimizni urf- odat va an`analarimizni unutishimizga sababchi bo`ldimi? Bunday
bo`lishiga sabab nimada? Balki, ayollarning haq huquqlarini haddan ortiq pesh qilayotganimi,
Gender tengligidami muammo?
Gender tengligi: ayollar
huquqlarini himoya qilishda, zo`rovonlik va tazyiqlarga qarshi,
shuningdek, oilada erkak va ayollar o`rtasida teng huquqlarga erishsishni nazarda tutadigan
tushuncha.[1] O`zbekistonda 2019- yil 2- sentyabrda Vazirlar Mahkamasining PQ 562- sonli
“Xotin- qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi
qonun qabul qilingan[II]. O`zbekistonda “Gender tengligi bo`yicha maxsus komissiya tashkil
etilgan bo`lib, 2019-yildan boshlab faoliyat yuritib keladi. Oliy majlis senati raisi Tanzila
Norboyeva O`zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha
167
komissiyasining raisi hisoblanadi. Gender tenglik hayotning barcha sohalarida erkaklar va
ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iboratdir. Bu
tenglikni ham afsuski, noto`g`ri tushundik. Kuchli jins vakillariga bo`lgan munosabatimiz
ham o`zgardi. Boylik ilinjida xorijga ketayotgan ayollarimiz nafaqat o`zining balki,
millatning kelajagi bo`lgan farzandlarimizni va tarbiyasini birovning qo`liga
berib
qo`ymoqda. Hoyu- havaslar, qasrdek uy- joylar orzusida o`z farzandlari kelajagini qurbon
qilayotganlar jamiyatimizda uchrab turibdi. Mana g`arb mentalitetiga xavas qilib axloq
normalarini buzayotgan qizlarning jamiyatimizda ko`payib borayotganining sababi. Yana bir
sabab ota –onalarning farzandi yonida bo`lib turib ham e`tibor bermayotgani vaqt
ajratmayotgani sababi deb bilaman.
Xulosa. Aziz tengdoshlarim, opalarim va singillarim! Biz o`tmishi buyuk, o`ziga xos
an`ana urf- odat hamda qadriyatlarga ega o`zbek oilalarida tarbiya topmoqdamiz. Asrlar
davomida davom etib kelayotgan islom dini shariati ko`rsatmalariga amal qilaylik.
O`zligimizni hech qachon unutmaylik. Biz o`sha bizning sharqona mentalitetimizga to`g`ri
kelmaydigan amallardan voz kechaylik. Hech bo`lmaganda,
yon- atrofimizdagilarni bu
xavfdan qutqaraylik.Tomoshabin bo`lib qolmaylik. Faqat so`zda emas, balki amalda buni
qo`llaylik. Men o`qigan maktabda oyda bir marta,, Qizlar majlisi o`tkazilar edi. Maktab
ma`muriyati, ota-onalar qo`mitasi raislari, yoshlar ittifoqi yetakchilari, faxriy o`qituvchilar,
sinf rahbarlari qatnashadigan bu majlisda qizlar kiyinishidan tortib, oilada, jamiyatda qanday
o`zlarini tutishlari, muomila madaniyatigacha tushuntirib berilgan.
Maktabimiz faxriy ayol
o`qituvchilari hayot tajribasi bilan bizlarga bo`lishishgan.
Bu esa albatta o`z samarasini berar edi. Men istar edimki, bu kabi majlislar, targ`ibot-
tashviqot ishlari oliy ta`lim muassasalarida ham o`tkazilishini. Zero, bugungi kunda
unitilayotgan mentalitetimizni yodga solish uchun qilinayotgan tadbirlar qatorida bu kabi
targ`ibot- tashviqot ishlarini ham amalga oshirish meni fikrimcha yaxshi samamra beradi.
G‘arb ma'naviy tamoyillari g‘arb xalqlarining tarixi, buguni, o‘ziga xosliklari ta'sirida
shakllangan va ularni ko‘r-ko‘rona, mutlaqo o‘zgacha ma'naviy muhitga, o‘zgacha tafsilotlar
ta'sirida shakllangan muhitga «ko‘zni yopib olib» o‘tkazish – noilmiy yondashuv bo‘lib,
davlat va jamiyatni tubsiz ziddiyatlarga giriftor qilib qo‘yishi o‘z isbotini topgan haqiqat
[2,9]. Ziddiyatlar esa millatning quvvatini oluvchi eng katta salbiy omillardandir.
So`zim oxirida ushbu misralarni qayd etishni joiz deb topdim.
Nafs-u kibr, dil xasratdog` hidoyatga qaytar meni
O`zing meni qutqar Olloh ibodatga qaytar meni.
Shayton tinmay yo`qlagan chog` dilda o`chsa umid chiroq
Imonim darz ketsa cho`loq, diyonatga qaytar meni
Botib qolsam jaholatga, til erk berib haqiqatga
Uchramayin falokatga, adolatga qaytar meni
Yig`layman ming pushaymonda, umrim o`tmasin armonda
G`ayriddinlik bu yomonda saodatga qaytar meni.
Do'stlaringiz bilan baham: