AMALIY MASHG'ULOT №4
MAVZU: Fe-C HOLAT DIAGRAMMASINI O‘RGANISH.
Ishnining maqsadi: Fe-C qotishmasining holat diagrammasini o‘rganish. Holat diagrammasini chizib, ulardagi mavjud faza va strukturali o‘zgarishlarni va berilgan haroratda ularning miqdoriy o'zgarishini o'rganish.
Ishni bajarish uchun zarur jihoz, material va asboblar: Fe-C qotishmasining holat diagrammasi, chizg'ich, qalam va oq qog'oz.
Umumiy ma`lumot. Fe-C holat diagrammasi - harorat va uglerod miqdori o‘zgarishiga qarab qotishmalarning holatini ko‘rsatuvchi chizma tasvirdir (grafik). Odatda Fe-C diagrammasini faqatgina birinchi stabil kimyoviy birikma - sementit (Fe3-C) hosil qilgan qismi o‘rganiladi. Shuning uchun bu diagrammani Fe- Fe3C diagrammasi deb ham ataladi. Holat diagrammasida barcha uzluksiz chiziqlar qotishmalarning hamma fazalarining mavjudlik hududini chegaralaydi (1-rasm).
Faza - qotishmaning bir jinsli qismi bo‘lib, qolgan qismidan chegara sirtlari bilan chegaralanadi. va undan o‘tganda moddaning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xossasi keskin o‘zgaradi.
1-rasm. Fe - Fe3C qotishmalarining mikrostruktura tashkil etuvchilari ko‘rsatilgan holat diagrammasi.
Temir-uglerodli qotishmalarda fazaviy o‘zgarishlar faqatgina erish boshlanishi yoki sovitilganda polimorf (allotropik) o‘zgarishiga ega bo‘ladi, ya’ni ma’lum kritik nuqtalarda (haroratlarda) o‘zining kristallik tuzilishini o‘zgartiradi.
Temir-sementit diagrammasidan (1-rasm) foydalanib temir-uglerod qotishmalarini (po’latlar va cho’yanlarni) qizdirganda va sovitganda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni tushunib olish mumkin.
Haroratga va temir tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab temir-uglerod qotishmalari quyidagi strukturalardan tuzilgan bo’lishi mumkin (1-jadval): ferrit (F), austenit (A), sementit (S), perlit (P), ledeburit (L).
1-jadval
Temir-sementit qotishmalarida (po’latlar va cho’yanlarda) uchraydigan strukturalarning turlari va xossalari
Struktu-raning nomi
|
Strukturaning tarkibi
|
Uglerod miqdori, %
|
Faza-lar soni
|
Mexanik xossalari
|
Strukturaning tavsifi
|
v, kg/mm2
|
, %
|
HB
|
Ferrit
|
Uglerodning αFe dagi cheklangan qattiq eritmasi
|
0,006÷0,025
(0÷7270C)
|
1
|
30
|
40
|
80÷100
|
Plastik, ammo puxtaligi past
|
Austenit
|
Uglerodning γFe dagi cheklangan qattiq eritmasi
|
0,025÷2,14
(727÷11470C)
|
1
|
60
|
60
|
180÷200
|
O’ta plastik
|
Sementit
|
Temir bilan uglerodning kimyoviy birikmasi (Fe3C)
|
6,67
|
1
|
200
|
0
|
800
|
O’ta qattiq va mo’rt
|
Perlit
|
Ferrit bilan sementitning mexanikaviy aralashmasi
|
0,80
|
2
|
60
|
20
|
200
|
Qattiqligi va plastikligi o’rtacha
|
Ledeburit
|
Perlit bilan sementitning mexanikaviy aralashmasi
|
4,30
|
2
|
100
|
1...2
|
7000
|
Qattiq va mo’rt
|
Ushbu laboratoriya ishida temir-sementit diagrammasi soddalashtirilgan variantda (yuqori chap qismini e‘tiborga olmasdan) o’rganiladi. Diagrammadagi asosiy chiziqlar va nuqtalarda sodir bo’ladigan fazaviy o’zgarishlar 1.2- va 1.3-jadvallarda keltirilgan.
Temir-sementit diagrammasini analiz qilish uchun Gibbsning fazalar qoidasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |