178
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi
qator
me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim
to’g’risida”gi qonuni, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim
yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqozo etadi.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida
uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi.
Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir
ko’rsatishining chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada
ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur
bo’g’iniga ham aylantiradi.
YOSHLARDA RAHBARLIK MA’NAVIYATI VA BOSHQARUVCHANLIK
QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA “USTOZ SHOGIRD” AN’ANALARINING
O’RNI
Rahmatova Oygul Baxodirovna.
Navoiy shahar 16-AFCHO’IM o’qituvchisi
Mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga, bu
yo’lda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir bo’lgan, azmu shijoatli yoshlarni
tarbiyalab voyaga yetkazish – biz uchun eng muhim masaladir.
Shavkat Mirziyoyev
Bugun hech
kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik
qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni oldindan anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual
boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa
bunday jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar. Buni chuqur anglab olgan
davlat, bunday xulosani chiqargan, xalqaro hamjamiyat va taraqqiy topgan mamlakatlar
qatoriga ko’tarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat,
birinchi navbatda, bugun unib-o’sib
kelayotgan farzandlarning har tomonlama barkamol avlod bo’lib hayotga kirib borishini o’zi
uchun eng ulug’, kerak bo’lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi. Hozirgi kunda
yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar vatanimizning
istiqboli, tinchligi, obodligiga yo’naltirilgan. Respublikamizning taraqqiyoti va farovonligini,
o’zining hayot faoliyati va kelajagi bilan uzviy bog’lab maqsad sari intiladigan yosh rahbar
kadrlarni tayyorlash eng muhim vazifalardan sanaladi.
Istiqbolli kadrlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va sohada tajriba, malaka va
ko’nikmalarni shakllantirishda “ustoz-shogird” an’analarini to’g’ri yo’lga qo’yish davr
talabidir. Ustoz kitobga bo’lgan mehrni uyg’otishi, mutolaa madaniyatini shakllantirishi,
savodining puxta bo’lishi, diniy va dunyoviy bilimlarni to’g’ri yo’nalish bergan holda
o’rgatishi zarurdir. Zero, ota-bobolarimiz ta’kidlaganlaridek “Yoshlikda olingan bilim toshga
o’yilgan naqsh” kabidir.
Bugungi kundagi zamonaviy rahbar – tajribali mutaxassis bo’lishi bilan birga insoniy
fazilatlarni mujassam etgan, boshqaruv ilmidan xabardor yuqori intellektual salohiyatga ega
ma’naviyatli kishi bo’lishi lozim. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish
yo’nalishlarida mahalliy boshqaruv organlari rahbarlik lavozimlari yosh, yuqori malakali,
kasbiy mahorat jihatidan har tomonlama puxta tayyorlangan tajribali mutaxassislar bilan
to’ldirish vazifasi asosiy ustuvorlik kasb etadi. Shu maqsadda sohalarga rahbar kadrlar
zahirasini shakllantirish, ularning jamiyat boshqaruvidagi faolligini oshirish bugungi kunning
dolzarb vazifalariga aylanib bormoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
179
“Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori
148
ushbu vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilishda
dasturul amal bo’lib kelmoqda.
Mamlakatimizda ilg’or xalqaro tajriba asosida davlat xizmatchilari faoliyatining
samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Chunonchi, Prezident huzuridagi Davlat
boshqaruvi akademiyasi faoliyati ham jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yuksak ijodiy
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil qarashlarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Ushbu dargoh ko’p yillardan beri respublikadagi
yosh rahbar kadrlarni o’qitish, malakasini oshirish, ularda boshqaruvchilik qobiliyatini va
rahbarlik sirlarini o’rgatib kelmoqda. Akademiyada muntazam ravishda interfaol
mashg’ulotlar, davlat va jamiyat boshqaruvining taniqli arboblari, vazirlik va idoralar hamda
boshqa tashkilotlar rahbarlarini jalb etgan holda “davra suhbatlari” o’tkaziladi. Qayta
tayyorlash va malaka oshirish kurslarida esa zamonaviy ta’lim texnologiyalari va shakllaridan
foydalangan holda ta’lim beriladi.
Vaqtning
tanqisligi, yani odamlarning o’z ishlarini amalga oshirishlarida vaqtning
yetmasligi tabiiy holga aylanib ulgurdi. Sababi insonlar yugur-yugur ko’pligidan ishlarini reja
asosida taqsimlamaydilar va buning oqibatida kuchli stress va charchoq holatlariga duch
keladilar. Buning oldini olish uchun esa vaqt boshqaruvi ko’nikmalarini egallash lozim.
Kundalik reja tuzish, rejalarni qog’ozga tushurish hamda ularni o’z vaqtida bajarilishini
ta’minlash vaqt boshqaruvining asosi hisoblanadi. Behudaga vaqt sarf bo’ladigan
jarayonlarni kuzatib ularni bartaraf etishni yo’lga qo’yish kerak. Zamonaviy rahbar ham o’z
faoliyatida vaqt boshqaruviga e’tibor berishi lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik
va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning
uchun el-yurtimiz, avvalo, biz rahbarlarning faoliyatidan rozi bo’lishi kerak. Buning uchun
har bir rahbar o’z aravasini o’zi tortishi, o’z sohasidagi ishlarning ahvoli uchun o’zi shaxsan
javob berishi kerak. Bundan keyin jamiyatimizda o’zgarish bo’ladi, rivojlanish bo’ladi”-deb
ta’kidlashlari ham ayni haqiqatdir.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 2017-2020 yillarga
mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat
qurilishini takomillashtirish,
iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish, ilg’or innovatsion
texnologiyalar va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng jalb etish uchun ulkan imkoniyat
yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy
kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish
to’g’risida Prezident farmoni 2017 yil 27 iyulda e’lon qilindi.
Jamg’arma faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib: ilg’or ilmiy tadqiqotlar va
innovatsiyalar, yuqori texnologiyalarning yangi yutuqlarida ishtirok etish, kasbiy bilim,
ko’nikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yangi kasb, ta’lim va
amaliyotga yo’naltirilgan dasturlarni o’zlashtirish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari,
davlat va jamoat tuzilmalarining
istiqbolli mutaxassislari, ta’lim muassasalarining yuksak
intellektual-ijodiy salohiyatga ega bo’lgan pedagog va ilmiy kadrlarini rivojlangan
davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish va stajirovka
o’tashini tashkil etish. Bundan shuni anglashimiz mumkinki, muhtaram Prezidentimiz yosh
kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirishga, ularda kasbga doir bilimlarning yanada
mustahkamlanishiga, chet-el yosh mutaxassislari bilan tajriba almashish hamda
mamlakatimiz rivoji uchun xizmat qiladigan islohotlarni hayotga
tadbiq etishlari uchun
148
Qarang. https://lex.uz “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori.
180
barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqdalar.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
O’zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga
bag’ishlangan marosimdagi nutqlarida aytganlaridek, “Ijtimoiy sohalar, ayniqsa odamlarda
eng ko’p e’tiroz uyg’otadigan sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, tabiiy gaz va elektr
energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmat, yo’l qurilishi sohalarida mavjud
ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirish, ichki ishlar idoralarining faoliyat samaradorligini
oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlardan
ham albatta xabardorsiz, insonlarning dardu
tashvishini o’ylab yashash biz uchun odamiylikning eng oliy mezoni, eng muhim vazifa
bo’lib qolishini alohida ta’kidlamoqchiman. Aholimizning ana shunday tabiiy istak va
talablarini bajarish barcha rahbar yetakchilarning asosiy burchi va vazifasiga aylanishi
shart”
149
.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, O’zbekistonning kelajagi yoshlar qo’lida ekan,
rahbarlikka tayyorlanayotgan kadrlarda yuksak madaniyat, intizom, adolat, mas’uliyat,
fidoiylik va Vatanga sadoqat ruhi aks etmog’i bugungi kun talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: