Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

147
 
Yo’ldoshev J.G’. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo’llanma)-T.:-2000 


178 
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator 
me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim 
to’g’risida”gi qonuni, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim 
yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqozo etadi. 
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida 
uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. 
Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir 
ko’rsatishining chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada 
ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur 
bo’g’iniga ham aylantiradi. 
 
YOSHLARDA RAHBARLIK MA’NAVIYATI VA BOSHQARUVCHANLIK 
QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA “USTOZ SHOGIRD” AN’ANALARINING 
O’RNI 
Rahmatova Oygul Baxodirovna.
Navoiy shahar 16-AFCHO’IM o’qituvchisi

 
Mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga, bu 
yo’lda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir bo’lgan, azmu shijoatli yoshlarni 
tarbiyalab voyaga yetkazish – biz uchun eng muhim masaladir.
Shavkat Mirziyoyev 
Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik 
qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni oldindan anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual 
boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa 
bunday jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar. Buni chuqur anglab olgan 
davlat, bunday xulosani chiqargan, xalqaro hamjamiyat va taraqqiy topgan mamlakatlar 
qatoriga ko’tarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib-o’sib 
kelayotgan farzandlarning har tomonlama barkamol avlod bo’lib hayotga kirib borishini o’zi 
uchun eng ulug’, kerak bo’lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi. Hozirgi kunda 
yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar vatanimizning 
istiqboli, tinchligi, obodligiga yo’naltirilgan. Respublikamizning taraqqiyoti va farovonligini, 
o’zining hayot faoliyati va kelajagi bilan uzviy bog’lab maqsad sari intiladigan yosh rahbar 
kadrlarni tayyorlash eng muhim vazifalardan sanaladi.
Istiqbolli kadrlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va sohada tajriba, malaka va 
ko’nikmalarni shakllantirishda “ustoz-shogird” an’analarini to’g’ri yo’lga qo’yish davr 
talabidir. Ustoz kitobga bo’lgan mehrni uyg’otishi, mutolaa madaniyatini shakllantirishi, 
savodining puxta bo’lishi, diniy va dunyoviy bilimlarni to’g’ri yo’nalish bergan holda 
o’rgatishi zarurdir. Zero, ota-bobolarimiz ta’kidlaganlaridek “Yoshlikda olingan bilim toshga 
o’yilgan naqsh” kabidir. 
Bugungi kundagi zamonaviy rahbar – tajribali mutaxassis bo’lishi bilan birga insoniy 
fazilatlarni mujassam etgan, boshqaruv ilmidan xabardor yuqori intellektual salohiyatga ega 
ma’naviyatli kishi bo’lishi lozim. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yo’nalishlarida mahalliy boshqaruv organlari rahbarlik lavozimlari yosh, yuqori malakali, 
kasbiy mahorat jihatidan har tomonlama puxta tayyorlangan tajribali mutaxassislar bilan 
to’ldirish vazifasi asosiy ustuvorlik kasb etadi. Shu maqsadda sohalarga rahbar kadrlar 
zahirasini shakllantirish, ularning jamiyat boshqaruvidagi faolligini oshirish bugungi kunning 
dolzarb vazifalariga aylanib bormoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 


179 
“Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori
148
ushbu vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilishda 
dasturul amal bo’lib kelmoqda.
Mamlakatimizda ilg’or xalqaro tajriba asosida davlat xizmatchilari faoliyatining 
samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilmoqda. Chunonchi, Prezident huzuridagi Davlat 
boshqaruvi akademiyasi faoliyati ham jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yuksak ijodiy 
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil qarashlarini ilgari surish va hal etishga qodir 
kadrlarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Ushbu dargoh ko’p yillardan beri respublikadagi 
yosh rahbar kadrlarni o’qitish, malakasini oshirish, ularda boshqaruvchilik qobiliyatini va 
rahbarlik sirlarini o’rgatib kelmoqda. Akademiyada muntazam ravishda interfaol 
mashg’ulotlar, davlat va jamiyat boshqaruvining taniqli arboblari, vazirlik va idoralar hamda 
boshqa tashkilotlar rahbarlarini jalb etgan holda “davra suhbatlari” o’tkaziladi. Qayta 
tayyorlash va malaka oshirish kurslarida esa zamonaviy ta’lim texnologiyalari va shakllaridan 
foydalangan holda ta’lim beriladi. 
Vaqtning tanqisligi, yani odamlarning o’z ishlarini amalga oshirishlarida vaqtning 
yetmasligi tabiiy holga aylanib ulgurdi. Sababi insonlar yugur-yugur ko’pligidan ishlarini reja 
asosida taqsimlamaydilar va buning oqibatida kuchli stress va charchoq holatlariga duch 
keladilar. Buning oldini olish uchun esa vaqt boshqaruvi ko’nikmalarini egallash lozim. 
Kundalik reja tuzish, rejalarni qog’ozga tushurish hamda ularni o’z vaqtida bajarilishini 
ta’minlash vaqt boshqaruvining asosi hisoblanadi. Behudaga vaqt sarf bo’ladigan 
jarayonlarni kuzatib ularni bartaraf etishni yo’lga qo’yish kerak. Zamonaviy rahbar ham o’z 
faoliyatida vaqt boshqaruviga e’tibor berishi lozim. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik 
va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning 
uchun el-yurtimiz, avvalo, biz rahbarlarning faoliyatidan rozi bo’lishi kerak. Buning uchun 
har bir rahbar o’z aravasini o’zi tortishi, o’z sohasidagi ishlarning ahvoli uchun o’zi shaxsan 
javob berishi kerak. Bundan keyin jamiyatimizda o’zgarish bo’ladi, rivojlanish bo’ladi”-deb 
ta’kidlashlari ham ayni haqiqatdir. 
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 2017-2020 yillarga 
mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish, ilg’or innovatsion 
texnologiyalar va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng jalb etish uchun ulkan imkoniyat 
yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy 
kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish 
to’g’risida Prezident farmoni 2017 yil 27 iyulda e’lon qilindi. 
Jamg’arma faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib: ilg’or ilmiy tadqiqotlar va 
innovatsiyalar, yuqori texnologiyalarning yangi yutuqlarida ishtirok etish, kasbiy bilim, 
ko’nikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yangi kasb, ta’lim va 
amaliyotga yo’naltirilgan dasturlarni o’zlashtirish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari, 
davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, ta’lim muassasalarining yuksak 
intellektual-ijodiy salohiyatga ega bo’lgan pedagog va ilmiy kadrlarini rivojlangan 
davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish va stajirovka 
o’tashini tashkil etish. Bundan shuni anglashimiz mumkinki, muhtaram Prezidentimiz yosh 
kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirishga, ularda kasbga doir bilimlarning yanada 
mustahkamlanishiga, chet-el yosh mutaxassislari bilan tajriba almashish hamda 
mamlakatimiz rivoji uchun xizmat qiladigan islohotlarni hayotga tadbiq etishlari uchun 
148
Qarang. https://lex.uz “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 


180 
barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqdalar.
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoyev 
O’zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga 
bag’ishlangan marosimdagi nutqlarida aytganlaridek, “Ijtimoiy sohalar, ayniqsa odamlarda 
eng ko’p e’tiroz uyg’otadigan sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, tabiiy gaz va elektr 
energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmat, yo’l qurilishi sohalarida mavjud 
ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirish, ichki ishlar idoralarining faoliyat samaradorligini 
oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlardan ham albatta xabardorsiz, insonlarning dardu 
tashvishini o’ylab yashash biz uchun odamiylikning eng oliy mezoni, eng muhim vazifa 
bo’lib qolishini alohida ta’kidlamoqchiman. Aholimizning ana shunday tabiiy istak va 
talablarini bajarish barcha rahbar yetakchilarning asosiy burchi va vazifasiga aylanishi 
shart”
149
.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, O’zbekistonning kelajagi yoshlar qo’lida ekan, 
rahbarlikka tayyorlanayotgan kadrlarda yuksak madaniyat, intizom, adolat, mas’uliyat, 
fidoiylik va Vatanga sadoqat ruhi aks etmog’i bugungi kun talabidir.


Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish