Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


JAMIYATDA SOG`LOM DUNYOQARASH VA BUNYODKORLIKNI



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

JAMIYATDA SOG`LOM DUNYOQARASH VA BUNYODKORLIKNI 
TA`MINLASHDA OILA,TA`LIM, MAHALLA UZVIYLIGINI AMALGA OSHIRISH 
MASALALARI 
Aliyeva Iroda 
Navoiy olimpiya va paralimpiya 
zaxiralar kolleji o’qituvchisi 
Dunyoqarash: Dunyoga va insonning undagi o`rniga, kishilarning o`z atrofidagi 
voqelikka va o`z o`ziga munosabatiga bo`lgan umumiy qarashlat tizimi, shuningdek, bu 
qarshlarga asoslangan odamlarning e`tiqodlari,ideallar, bilish va faoliyat tamoyillari. 
Dunyoqarash kishining yoshi ,hayotiy tajribasi bilim mafkurasi bilan bog`liq. 
Jamiyatda sog`lom dunyoqarash va bunyodkorlikni ta`minlashda oila,ta`lim, mahalla 
uzviyligini ta`minlash muhim hisoblanadi.Oila biz tug`ilib o`sgan maskan kichik 
davlatchamiz hisoblanadi farzandimiz dunyoqarash,tarbiya .odob-axloq miyorlarini 
tarbiyadan oiladan oladi, bola tarbiyasiga alohida etibor qaratish lozim, bunda nafaqat ota-
onaning, balki mahallaning o`rni ham muhimligi takidlab o`tishdi. Bundan tashqari bola 
tarbiyasi dunyoqarashi o`z navbatda kelajak avlodni milliy qadriyatlar bilan tanishtirish 
vazifasini bajarishi takidlab o`tildi. 
O`z navbatida kompyuter o`yinlari haqida gapirib o`tamiz “Afsuski, bugun 
kompyuterda bolaning ongi, dunyoqarashini o`stiradigan o`yinlar juda kam. Kompyuter 
qarshisida bola deylik bino,xiyobon, bog` yaratishni o`rgansa, uning ham ongi rivojlanadi, 
ham mantiqiy fikrlashni o`rganadi. Zero bular zamirida hurmat, ezoz, tushunchalari 
mujassam . ” Birinchi galda oilada otaning rolini kuchaytirish lozim. Negaki ota oila ustuni , 
bu ayniqsa, o`g`il bolalar tarbiyasida juda muhim. 
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy , ma`naviy-ma`rifiy 
hayotida mahalla rolini kuchaytirish, huquq va vakolatlarini yanada kuchaytirishga alohida 
e`tabor qaratilmoqda.Mahalla azaldan tarbiya maskani, mehr-oqibat ahillik va totuvlik 
o`chog`i bo`lib kelgan. 
Oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, yoshlarni har tamonlama barkamol etib 
tarbiyalash, jamiyatda mehr-oqibat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlashda 
mahallaning o`rni ortib bormoqda. Mahallamizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bilan 
birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ni rivojlantirish, yoshlar ta`lim-tarbiyasi, oilalarni 
mustahkamlash, bandlik masalalariga alohida e`tabor qaratilmoqda. Bu vazifa larni amalga 


174 
oshirishda mahalla qoshidagi komissiyalar hamda keksa avlod vakillari tajribasidan samarali 
foydalanilmoqda. “Oila-mahalla-ta`lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi, ayniqsa, yoshlar 
tarbiyasida ot-onalarning mas`uliyatini oshirish, yoshlarni turli yot g`oya va illatlardan
himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat yosh avlodga zamonaviy ta`lim-tarbiya berish bilan birga, ularni milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida, yuksak fazilat sohibi etib tarbiyalash katta mas`uliyat talab 
etadi. Ochig`ini aytish kerak, ayrim ota-onalarning nikoh va oila to`g`risidagi eskicha 
qarashlari tufayli hali hayotda o`rin topmagan, ruhan va jismonan oila qurishga tayyor 
bo`lmagan qizlarning turmushga berilishi ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari say harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda 
ishlab chiqilgan oila.mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalriga 
sadoqatli, ma`naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatcholik faoliyatini 
muvofiqlashtirish borasida muhim dastur bo`ldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul 
qilingan ta`lim va tarbiya to`g`risidagi qator me`yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston 
Respublikasi Ta`lim to`g`risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bozor 
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan,mustaqil fikrlovchi kadrlarni 
tayyorlashda oila, mahalla va maktab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqozo 
etadi.
Mamlakatimizda oilalarni har tamonlama qo`llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar 
uchun qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar 
ana shu ezgu maqsadga hizmat qilmoqda. 
Bolalarni go`zal tarbiya etish uchun ota-onalarning o`zlari go`zal axloqli , tartibli 
bo`lishlari shartdir. Ota oila bosh tarbiyachi. Otaning namunasi katta. Otaning salbiy 
namunasi bolaga yomon ta`sir ko`rsatadi. Oilaviy tarbiyada bolalarning bir-biriga bo0`lgan 
munosabati xam katta rol o`ynaydi.
Bola tarbiyasida oilaning barcha a`zolari qatnashadi. Bolalar tarbiyasiga yordam 
beradigan o`zbek udumlari tavallud beshik, oila, ismu sharif, quloq tishlatishlar, o`yinlar, 
chillak, lapar, hashar, quvnoq, to`y, to`yona, dasturxon, e`tiqod, taom, fotixa, shajara 1993 
yil “Mahalla, maktab va oila hamkorligi” Oilaning bola tarbiyasidagi vazifalari 
1. Oilada sog`lom muhit bo`lishi, milliy ruh va o`zbekona turmush tarzini hisobga olish, 
farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`la olishi, farzandga ota`onasiga, Vataniga 
muhabbat tuyg`usini shakllantirish 
2. Oilada tarbiyani yaxshilash, oila a`zolarining huquq va burchlarini anglab yetishlarini va 
ularga rioya qilishlarini shakllantirish
3. Farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish ma`rifiy va ma`naviy madaniyatli 
bo`lib yetishlarinin ta`minlash. 
4. Bozor munosabatlariga xos bo`lgan, kasb-hunar va iqtisodiy tushunchalarni farzandlar 
ongiga singdirish. 
5. Bolalar aqlan va jismonan sog`lom bo`lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhit yaratish
6. Bolalar mustaqil fikrlash va o`zini dunyoqarashiga ega bo`lishi bilan bir qatorda, ularda 
istiqlol g`oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash
7. Bolalar bo`sh vaqtlarini pedagogic nuqai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, 
ularga qo`shimcha ta`lim berish , kasb-hunar o`rgatish
8. Farzandlar mkaktab, mahalla , jamoatchilik oldidagi vazifalarni to`la ado etishga 
qonuniy javobgar ekanligini his qilish kabilarni o`z ichiga oladi. 
Oila kabi mahalla ham jamiyatni shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi 
guvohlik beradiki, o`zbek jamiyatida jamoa bo`lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. 
Mahalla so`zi arabcha “Mahallun so`zidan kelib chiqqan bo`lib ” aholi yashaydigan joy, 


175 
guzar, uy-joy mavzeylari degan manoni anglatadi. 
Bir bolaga yeti mahalla ota-ona degan naqldan kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash
va unga ta`lim berish jarayonini amalga oshirish borasida kichik vatan bo`lmish mahallaning 
oldida quydagi vazifalar turadi : 
Mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta`lim-tarbiya 
jarayonida amalga oshirilishi kerak bo`lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashish; 
Mahalla o`z hududidagi ijtimoiy iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo`llab 
quvvatlab va farzandlarini bilim va tarbiya olishga bosh-qosh bo`lishi; mahalla hududidagi
o`quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko`rsatish.Mahalla hududida 
o`quv tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko`rik-tanlovlar, sport musobaqalari, 
anjumanlar, bellashuvlar tashkil qilish; turli yunalishda iqtidorli bo`lgan o`quvchi bolalarni 
maktab tavsiyasiga ko`ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash; farzandlariga 
ta`lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini 
ommalashtirib, mahalla hududida -Oila saboqlari mashg`ulotlarini tashkil qilish. 
Berilayotgan yoki bola tomonidan qabul qilinayotgan tarbiya orqali bolada yangi 
fazilatlar 
hosil 
bo`ladi 
va 
tug`ma 
ravishdagi 
kamchiliklarni 
bartaraf 
etsa 
bo`ladi.Tarbiya,dunyoqarash doim kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.Harbir shaxs 
oilada tug`ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o`z koshonasi orqali kirib boradi hamma tarbiya 
shu oilada boshlanadi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish