Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


SHAXSNI TARBIYALASHDA OILA, TA’LIM MUASSASASI VA



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

SHAXSNI TARBIYALASHDA OILA, TA’LIM MUASSASASI VA 
MAHALLANING HAMKORLIGI. 
 
Axmadjonova Yorqinoy Tojimurodovna,
Jizzax politexnika instituti, assistent 
Mamatqulov Bobur Ulugbek o’g’li,
Jizzax politexnika instituti talabasi 
Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy 
islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. 
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish -davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. 
Biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bilayotgan voqea-hodisalarga 
mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va 
xalq, manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni 
tarbiyalashimiz kerak bo’lgan davrda amalga oshirilayotgan islohotlarining samaradorligi 
avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosining keng o’rganilishi, 
an’analarining saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liq. 
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar “Oila, mahalla, ta’lim muassasasi
hamkorligi” yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining 
asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.
Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorlik usullarining xilma-
xilligini esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi. 
Ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda avvalo quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, 
xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun 
qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; 


176 

jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni 
jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak 
maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya-milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; 

yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O’zbekistonga 
munosib hurmat uyg’otish uchun intilish ruhida tarbiyalash; 

yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar 
ruhida tarbiyalash; 

yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon 
va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O’zbekistonda talaba-
yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. 
O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlar “Oila, mahalla, ta’lim muassasasi
hamkorligi” yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining 
asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. 
Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni ro’y beradigan, uning axloqi, dunyoqarashi 
asoslari tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoadir. 
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida 
uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. 
Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir 
ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada 
ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur 
bo’g’iniga ham aylantiradi
144

Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari: 
qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’liligi va hokazolar bilan 
ta’minlanadi. O’z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yurgakdagi chog’idan 
biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir 
etishni biladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, 
do’stlikka, muhabbatga o’rgata oladi! 
Ma’lumki, xilma- xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, 
uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshqa qayerda ham faoliyatning xilma-
xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, 
kichik shaxslik paytida oilada egallangan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning 
uchun ota-onalarning shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda 
belgilab qo’yilgan. Vaholanki, tajribaning ko’rsatishicha, ota-onalar ko’pincha o’zlarini 
tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni egallashni zarur 
deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini taniqli pedagog va psixolog
K.D.Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. “Tarbiya san’ati,-deb degan edi u, - 
shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish 
bo’lib tuyuladi-odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, 
unga bu shunchalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni 
talab etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni 
ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va 
malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish.
145
” 
Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi, guruh 
murabbiy (tyutor)lari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo’q. Bu jihatdan 
ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin
146

144
Dilorom Toshmuhamеdova, “Oila jamiyat va davlat himoyasida” Xalq so’zi , 28 Sentyabr 2018 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish