Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

Adabiyotlar ro`yxati

1.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari 
to'g'risidagi"qonun hujjatlari, ,, 
2.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash 
kafolatlari" to`g`risida president farmoni
3.
Shokir Sharipov.,,G‘arb tamoyillarini ko‘r-ko‘rona import qilib bo‘ladimi”? ilmiy 
maqola 


168 
4.
Xamrayeva A , O`zbek shoiralari go`zallik istab ( XIX asr va XX asrning boshi) T. ,, 
O`zbekiston" nashriyoti 1974 35- bet ( 891.709 ) X -187 
YOSHLAR ONGIDA SOG`LOM DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA 
OILAVIY MUHITNING AHAMIYATI 
 
Mustabova Go`zal Sa’dulla qizi, NavDPI talabasi. 
Ilmiy rahbar: Jalilov Sh.I. NavDPI katta o`qituvchisi 
 
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, qadryatlar rivojini 
ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy va jismoniy barkamol qilib 
tarbiyalaydigan jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Unda xalq 
ruhi, qadryatlar ko`zgusi namoyon bo`ladi. Mamlakatimizda oilaviy munosabatlarni yanada 
yaxshilash uchun maqsadli ishlar amalga oshirish ko`zda tutilgan. Xususan, O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya 
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi” qarori IV bob 
15-bandida quyidagi ish maqsad qilingan: “Oilada ma’naviy-axloqiy qadryatlarni 
mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal 
etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o`rnatish, ajralishlar oldini olishda 
“Ota-ona farzandini voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalash uchun javobgar” prinsipi 
asosida “Ota-onalik – baxt va burch” targ`ibot tadbirlarini tashkil etish ”
142

Xalqimizda oila qurish tartib-qoidalariga uzoq yillar davomida sayqal topib, amal qilinib 
kelingan. Davlat, jamiyat rivojlanishining ilk maskanlaridan biri. Unda barkamol shaxs 
tarbiya topadi, millat davomiyligi saqlanadi va turli xalqona munosabatlar aks etadi. Davr 
shiddat bilan tarqqiyot odimlariga hamohang ravishda oilaning ham azaliy mohiyati ham 
o`zgarib bormoqda. Mustaqillik yillaridan boshlab demokratik davlat qurish, inson istak-
xohishlarini yuqori darajaga qo`yish maqsad qilib olindi. Xalqaro aloqalar natijasiga bizning 
davlatimizga ham turli o`zgarishlar kirib keldi. Olimlarning ta’kidlashicha oila tabiat nuqtai 
nazaridan ancha turg`un, o`zgarmas tizim bo`lgani bois, jamiyat miqyosida ro`y berayotgan 
o`zgarishlar oila doirasida taxminan 10-30 yillardan keyin aks eta boshlaydi. Shundan kelib 
chiqib bizda ham oilaga bo`lgan qarashlar sekin-astalik bilan o`zgarib bormoqda. Sanoat 
qanchalik rivojlansa o`sha yerda oilaviy munosabatlar nisbatan tarqoq bo`ladi. Oilada ijobiy 
muhit yomonlashishinini keltirib chiqaruvchi turli sabablari mavjuddir. Bu kabi holatlar 
quyidagi sabablarga ko`ra kelib chiqadi: 
Birinchidan, ayolning ya’ni xotin-qizlarning jamiyatda va oilada tutgan maqomlarining 
o`zgarib borayotganligi, ular malakasining oshib borayotganligi, kasbida yuqori pog`onalarni 
egallab borayotganligi erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Bu holat 
ham salbiy, ham ijobiy hodisalarni keltirib chiqaradi. Oilaning iqtisodiy ahvoli yaxshilanishi, 
hayot tarzi uchun yengilliklar yarata olishini ijobiy holat deb hisoblasak, o`z oilasi uchun oz 
vaqt ajratishi, farzand tarbiyasi, sog`ligi, bilim olishini nazoratga olmasligi natijasida turli 
salbiy holatlar keltirib chiqadi.
Ikkinchidan, millatimiz qarashlariga ko`ra har bir oila uchun kelin yoki kuyov tanlashda 
yoshi ulug`lar tavsiyasiga ko`proq tayaniladi. Bugungi kunda esa ko`proq yoshlar o`zlari o`z 
umr yo`ldoshlarini tanlashi kuzatilmoqda. Statistik ma’lumotlar shuni ko`rstadiki, o`zi 
yoqtirib oila qurganlarga qaraganda, ota-ona, yaqin qarndoshlari tavsiyasi bilan oila 
qurganlarda ajralishlar soni nisbatan kamroq kuzatiladi. Bu nima sababdan kelib chiqadi? 
142
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini 
tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi” qarori. 


169 
Psixologik tahlillar shuni ko`rsatadiki, bir-birini yaxshi ko`rib turmush qurganlar nikohgacha 
bo`lgan davrda bir-birlariga faqat ijobiy tomonlarini ko`rsatishgan bo`lishadi va to`ydan 
keyin esa erkinlik his qilishib salbiy illatlarni ham namoyon qiladilar. Natijada turli 
kelishmovchiliklar kelib chiqib oila buzilishigacha salbiy holat kuzatiladi.
143

Uchinchidan, har bir insonning idealidagi shaxs mavjuddir. Oila borasida ham xuddi 
shunday bo`lib, farzandlar xuddi otasidek turmush o`rtoq yoki onasidek jufti halol istashadi. 
Oila qurishgach esa, istaklaridagi hayotni ko`ra olishmagach, turli talablar ortib, kelinning 
yangi oilaga moslashishi yanada qiyinlashadi. Zero har bir inson o`z baxtini o`zi qurishi, 
orzusidagi insonni kutib emas taqdir ato etgan umr yo`ldoshini tushunib, o`zaro mehr-oqibatli 
bo`lib hayot kechirish barcha muammolar yechimi ekanligini his qila olishlari zarur. 
To`rtinchidan, oilaviy kelishmovchililarni hal qilishda shoshqaloqlik qilish oqibatida ham 
ko`p oilalarga darz ketmoqda. Yangi oilaga moslashish kelin uchun o`g`irroq jarayon 
hisoblanib, yangi oila vakillari dildan yaqin bo`lib unga ko`mak berishi lozim. Dono xalqimiz 
ham bekorga “Bir niholning yangi joyda o`sib unishga moslashishi uchun yillar kerak 
bo`ladi” gaplarini aytmagandir. O`zbek oilalarida ayol kishi uchun yuqoridagilardan farqli u 
o`zini “begona” his etishi ya’ni unda begonalik effektining mavjudligidir. Ko`plab oilalarda 
bu odatiy hol sifatida qaralmaydi, aksincha kelinga nisbatan salbiy baho sifatida qaraladi. Bu 
esa ayol uchun muammolarni yanada orttirib, ziddiyatlar keltirib chiqaradi. 
Oila mustahkamliginiga to`siq bo`luvchi ba’zi sabablar bilan tanishib chiqdik. Bu kabi 
muammolar har bir davrda ham kuzatilgan, lekin bu masalalar yechimi har bir fuqaroga 
bog`liqdir. Inson taqdiri, kelajak hayoti, yutuqlari yoki muvaffaqatiyatsizligi, baxtli yoki 
baxtsizligi, kasb tanlashi hattoki kayfiyati uning oilaviy muhiti bilan bog`liqdir. Jamiyatning 
ma’naviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog`liqligi azaliy haqiqatdir. Chunki oila 
jamiyatning ijtimoy ma’naviy bo`g`ini, kichik bir vakili bo`lib, aynan oila zaminida 
xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Oila ahil, mustahkam bo`lsa, oilada 
sog`lom muhit shakllangan bo`lsa, bu oilada ulg`ayadigan yoshlar ongida ham sog`lom 
dunyoqarash shakllanib boradi. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish