167
komissiyasining raisi hisoblanadi. Gender tenglik hayotning barcha sohalarida erkaklar va
ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iboratdir. Bu
tenglikni ham afsuski, noto`g`ri tushundik. Kuchli jins vakillariga bo`lgan munosabatimiz
ham o`zgardi. Boylik ilinjida xorijga ketayotgan ayollarimiz nafaqat o`zining balki,
millatning kelajagi bo`lgan farzandlarimizni va tarbiyasini birovning qo`liga berib
qo`ymoqda. Hoyu- havaslar, qasrdek uy- joylar orzusida o`z farzandlari kelajagini qurbon
qilayotganlar jamiyatimizda uchrab turibdi. Mana g`arb mentalitetiga xavas qilib axloq
normalarini buzayotgan qizlarning jamiyatimizda ko`payib borayotganining sababi. Yana bir
sabab ota –onalarning farzandi yonida bo`lib turib ham e`tibor bermayotgani vaqt
ajratmayotgani sababi deb bilaman.
Xulosa. Aziz tengdoshlarim, opalarim va singillarim! Biz o`tmishi buyuk, o`ziga xos
an`ana urf- odat hamda qadriyatlarga ega o`zbek oilalarida tarbiya topmoqdamiz. Asrlar
davomida davom etib kelayotgan islom dini shariati ko`rsatmalariga amal qilaylik.
O`zligimizni hech qachon unutmaylik. Biz o`sha bizning sharqona mentalitetimizga to`g`ri
kelmaydigan amallardan voz kechaylik. Hech bo`lmaganda, yon- atrofimizdagilarni bu
xavfdan qutqaraylik.Tomoshabin bo`lib qolmaylik. Faqat so`zda emas, balki amalda buni
qo`llaylik. Men o`qigan maktabda oyda bir marta,, Qizlar majlisi o`tkazilar edi. Maktab
ma`muriyati, ota-onalar qo`mitasi raislari, yoshlar ittifoqi yetakchilari, faxriy o`qituvchilar,
sinf rahbarlari qatnashadigan bu majlisda qizlar kiyinishidan tortib, oilada, jamiyatda qanday
o`zlarini tutishlari, muomila madaniyatigacha tushuntirib berilgan. Maktabimiz faxriy ayol
o`qituvchilari hayot tajribasi bilan bizlarga bo`lishishgan.
Bu esa albatta o`z samarasini berar edi. Men istar edimki, bu kabi majlislar, targ`ibot-
tashviqot ishlari oliy ta`lim muassasalarida ham o`tkazilishini. Zero, bugungi kunda
unitilayotgan mentalitetimizni yodga solish uchun qilinayotgan tadbirlar qatorida bu kabi
targ`ibot- tashviqot ishlarini ham amalga oshirish meni fikrimcha yaxshi samamra beradi.
G‘arb ma'naviy tamoyillari g‘arb xalqlarining tarixi, buguni, o‘ziga xosliklari ta'sirida
shakllangan va ularni ko‘r-ko‘rona, mutlaqo o‘zgacha ma'naviy muhitga, o‘zgacha tafsilotlar
ta'sirida shakllangan muhitga «ko‘zni yopib olib» o‘tkazish – noilmiy yondashuv bo‘lib,
davlat va jamiyatni tubsiz ziddiyatlarga giriftor qilib qo‘yishi o‘z isbotini topgan haqiqat
[2,9]. Ziddiyatlar esa millatning quvvatini oluvchi eng katta salbiy omillardandir.
So`zim oxirida ushbu misralarni qayd etishni joiz deb topdim.
Nafs-u kibr, dil xasratdog` hidoyatga qaytar meni
O`zing meni qutqar Olloh ibodatga qaytar meni.
Shayton tinmay yo`qlagan chog` dilda o`chsa umid chiroq
Imonim darz ketsa cho`loq, diyonatga qaytar meni
Botib qolsam jaholatga, til erk berib haqiqatga
Uchramayin falokatga, adolatga qaytar meni
Yig`layman ming pushaymonda, umrim o`tmasin armonda
G`ayriddinlik bu yomonda saodatga qaytar meni.
Do'stlaringiz bilan baham: