OILADA YOSHLAR TARBIYASIDA SOG‘LOM MUHITNI YARATISHNING
PSIXOLOGIK JIHATLARI
Raxmatova E’tibor Adilovna
Navoiy shahar 9 – umumiy
o’rta ta’lim maktabi psixologi
Ma’lumki, bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy
va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo‘lib
qolmoqda. Shu sababli yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish,
ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta’sirlardan,
“ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masalalari bir zum ham
e’tiborimizdan chetda qolmasligi darkor.
163
Юсупов Э, Юсупов Ў. “Оила – маънавият булоги”. Тошкент, 2003, 18-бет.
196
Har bir shaxs o‘z yosh davriga xos muayyan ijtimoiy munosabatlar egasi hamda unga
jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va psixologik
ta’sirlarning ob’yekti hisoblanadi. Yana alohida ta’kidlab o’tishimiz lozimki, shaxs, ya’ni
inson tabiatning eng buyuk ne’matidir. Unga tafakkur, aql – idrok, ong kabi buyuk fazilatlar
ato etilganki, inson bu fazilatlarga sayqal berib, rivojlantirib, olamni, insoniyatni kamolotga
yetaklab boradi.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi, odob,
axloq, madaniyat, ma’naviyat bilan mujassamlashadi. Hozirgi kunda kelajagimizni qanday
bo‘lishi biz tarbiyalayotgan farzandlarga bog‘liq. Bunda esa, albatta, oilaning tarbiya
borasidagi faoliyati katta ta’sir ko‘rsatadi. Oilada bola tarbiyasi juda murakkab, chunki har
bir oila o‘ziga xos bir olam. Oilada shaxs kamol topadi, shaxsning ongli ravishda
ma’suliyatini shakllantirish, uni jamiyatga dahldor ekanligini anglatish barchasidan muhim va
dolzarb masala hisoblanmoqda bugungi kunda. Bunday katta mas’uliyatni esa oila, xususan
ota – ona amalga oshiradi.
Ota – onalar o’z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chuqur
anglashlari muhim sanaladi. Bundan tashqari, oilaviy sharoit, ota – onaning o‘rni, to‘g‘ri kun
tartibi, bolani kitobga, mehnat qilishga o‘z vaqtida jalb qilishlari ham tarbiyada katta
muvaffaqiyat garovidir. Jamiyat taraqqiyoti bilimga chanqoq, aqlli, bilimdon, farosatli,
tafakkuri chuqur, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama rivojlangan farzand tarbiyasiga
mas’uldir.
YUqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, inson ma’naviyatli bo‘lishi uchun juda ko‘p
bilim va tafakkurga ega bo‘lishi lozim, bu vazifa oilaning ma’rifat o‘chog‘i bo‘lishini talab
etadi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq respublikamizda sog‘lom avlodni
tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu masalaga ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Xususan
davlatimiz rahbari har bir chiqishlarida, ma’ruzalarida, xalq bilan uchrashuvlarda bu
masalaga alohida e’tibor qaratmoqda. 2020 yil 25 dekabrda bo’lib o’tgan “Yoshlar forumi”da
Sh.M.Mirziyoyev “Shunday murakkab sharoitda yoshlarimiz sezgir va ogoh bo’lishi, har bir
masalada, avvalo Vatan manfaatlarini o’ylab ish tutishi zarur. Ilm – ma’rifat va kasb –
hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, ma’naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga
shafqat, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar azaldan xalqmiz, millatimizning
qonida bo’lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni
yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak”
164
– deb yoshlarga
katta ishonch bildirgan edi. Zero, yoshlar kelajagi bilan bog’liq har qanday vazifa birlamchi
ahamiyatga ega.
iy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada ekanligini bayon etish, o‘sib kelayotgan yosh
avlod farovonligini ta’minlash ustuvor masala ekanligini ta’kidlashdir. Oilada bola shaxsini
shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining hamkorligi alohida o‘rin egallaydi.
Oila tarbiyasidagi yutuqlar ota – onalarga pedagogik va psixologik bilimlar berish, oilaviy
tarbiya bo‘yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga
ham bog‘liqdir.
ilada ota – onaning o‘zaro ahilligi, ma’naviy – axloqiy barkamolligi, mehnatsevarligi,
xalqning, jamoaning tinchligi, osoyishtaligi uchun kurashi va yoshlarning axloqiy pokligi
uchun qilgan g‘amxo‘rligi bolalarda, ota – onalarga, jamoa ahllariga hurmat ehtirom hissini
kuchaytiradi, ularda vatan farovonligi, xalq baxt – saodati uchun kurashmoq, mehnat qilmoq
orzusi barqarorlashadi. Oiladagi totuvlik, bola tarbiyasida qo‘llangan usul va vositalar
164
Sh.M.Mirziyoyev. “Yoshlar forumi”dagi Prezident ma’ruzasi . 2020 yil 25 dekabr. https://yuz.uz
197
natijasida bolalar ona – zamin va uning tabiatini, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik
kuzatar ekanmiz, har bir insonning jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan yagona
bo‘lishini, unga har tomonlama aynan bir xil bo‘lgan ikkinchi bir insonning yo‘qligini va
tarixda ham bo‘lmaganligini ko‘ramiz, tabiatning betakrorligiga tasannolar o‘qiymiz. Insonlar
bir – birlariga aynan o‘xshamasalar – da, ular bir jamiyatda yashab, o‘zaro hamkorlikda
hamjihatlik bilan bunyodkorlik, yaratuvchilik bilan shug‘ullanmoqdalar. Ko‘rinib
turibddiki, jamiyatda oilaning o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, jamiyat oila oldida tinchlik – totuvlikni
saqlab qolishdek buyuk mas’uliyatni his etadi, oila jamiyatga ma’rifatli, aql – idrokli,
intellektual salohiyatga ega yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga mas’uldir. Bu o’zbek
xalqining buyuk qadriyatidir.
Oila tarbiya o‘chog‘i va bir bo‘lagi sanaladi. Har bir oila mohiyatan kichik bir
mamlakatga o‘xshaydi: o‘ziga xos moddiy ta’minoti, o‘ziga xos ma’naviyati, o‘ziga xos urf-
odati, o‘ziga xos tartib-qoidalari bor. Lekin shunday bo‘lsa-da, barcha oilalarni yagona bir
tushuncha birlashtirib turadi. Bu – umummilliy qarashlar tizimidir. Oila bag‘rida jamiyatning
eng ulug‘ boyligi farzandlar voyaga etadilar. Oilada ajdodlar merosi ardoqlanadi, o‘rgatiladi
va bu qadriyatlar, shubhasiz, avloddan – avlodga o‘tadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek,
“Oila kichik vatan, oila tinch bo’lsa, baxtli bo’lsa, vatan tinch bo’lad”
165
.
Do'stlaringiz bilan baham: |