Loyihalash texnologiyasi.
Loyihalash texnologiyasi
hozirgi kunda AQSH,
Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya,
Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi
rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida
muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda. J.Dyu oʻqitishni
oʻquvchilarning qiziqishi
va ehtiyojini hisobga olgan
holda oʻquvchilarning muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan
faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan.
Buning uchun oʻquvchilarga oʻzlashtirgan bilim,
koʻnikma va malakalarini amaliyotga qoʻllash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish
yoʻllarini koʻrsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʻliq holda oʻqitish
lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda oʻquvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik
muammolarni avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikmalarini amaliyotga qoʻllab hal etish orqali
yangi bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtiradilar.
Oʻquvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun oʻqituvchi ularga tegishli
koʻrsatmalar berishi, foydalaniladigan
manbalarni tavsiya etishi, oʻqitishdan koʻzlangan
natijaga erishish yoʻllarini koʻrsatishi, buning uchun muammoni hal etishda oʻquvchilarning
faoliyatini loyihalashi lozim.
Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik
boʻlgan muammoni hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy
muammoni loyihalash lozim boʻlsa,
uning aniq yechimi, agar amaliy muammo boʻlsa,
amaliyotga qoʻllash masalasi boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim.
Oʻquvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish koʻnikmalarini
egallagan boʻlishlari, muammoni anglash va uni hal etish yoʻllarini izlashlari bu borada
avval oʻzlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli
sohalarida izlanishlar olib
borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish,
sabab-oqibat bogʻlanishlarini tasavvur qilishlari zarur.
Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma’lum
bir muammoli vaziyatni
vujudga keltirish orqali oʻquvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini
shakllantirish, ularning tegishli
bilimlarni egallashlari, fanlararo bogʻlanishlarni amalga
oshirish sanaladi.
Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi: oʻrganilayotgan
bilim, koʻnikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda
va qay tarzda foydalanishni bilaman. Bu gʻoya oʻquvchilarning fan
asoslarini ongli oʻzlashtirishlari, hayotga moslashishlari va
moʻljalni toʻgʻri olishlariga yordam beradi.
Biologiyani oʻqitishda oʻqituvchi loyihalash texnologiyasidan
oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini
hisobga olgan holda
nafaqat darsda oʻquv muammolarini hal etishda, balki darsdan va
sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda
foydalanishi zarur.
Loyihalash texnologiyasidan foydalanish oʻquvchilarga individual va differensial
yondashish imkonini beradi. Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli
ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi: