2022-yil Mavzu: Ishbilarmonlar o’yini va aqliy hujum. Reja



Download 74,44 Kb.
bet1/2
Sana26.05.2022
Hajmi74,44 Kb.
#610087
  1   2
Bog'liq
Muhandislik ijodkorligi asoslari Mustaqil ish Aqliy hujum” metodi


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI


Kafedra: ________________________
MUSTAQIL ISH
Fan:_____________________________________
Bajardi:__________________________________
Qabul qildi:______________________________
2022-yil

Mavzu: Ishbilarmonlar o’yini va aqliy hujum.
Reja:

  1. Ishbilarmonlar o’yini.

  2. Aqliy hujum usuli.

  3. Xulosa.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Ishbilarmonlik o’yini - qandaydir bir vaziyat va bu vaziyatdagi odamni xattiharakati ishlab chiqiladi. Vaziyatning tafsiloti, ishtirok etuvchilarning vazifa va majburiyatlarini, maqsadlari ko’rsatilgan senariy tuziladi. Bu yerda, ma’lum shaxsning haqiqiy qiyofasiga kirib borish, uning xatti-harakatlarini anglash, vaziyatni baholash va to’g’ri hatti-harakatni tanlash, muhim hisoblanadi. Psixodrama va sostiodrama - bu rolli o’yinga, ishbilarmonlik teatriga o’xshagan bo’lib, faqat bu erda sotsial-psixologik masalalar yechiladi. Bunday masalalar jumlasiga jamoadagi vaziyatni his qila olish, boshqa kishini ruhiy holatini to’g’ri baholash va uni o’zgartira olish, u bilan unumli muloqotga kira olish kiradi. Bu bosqich o’z navbatida ikki qismdan iborat: o’yinni ishlab chiqish, o’yinga kirishish. O’yinni ishlab chiqish - o’yin senariysini ishlab chiqish, yo’riqnomalar tuzish va moddiy ta’minotni ta’minlashni o’z ichiga oladi. Ishbilarmonlik o’yini, senariysi quyidagilardan iborat: o’quv maqsadi; o’yin vazifasi, o’rganiladigan muammo tafsiloti; vaziyatning tafsiloti va ishtirok etuvchilarning tasnifi. “Aqliy hujum” usuli prinsipi juda sodda: Bir guruh ishtirokchilarni to’plab, ular oldiga biror muammoli vazifa qo’yiladi va qatnashchilardan mazkur muammoli vaziyatni yechish bo’yicha o’z yechimlarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so’raladi.

Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilardan g’oyasini, fikrini muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas. “Aqliy hujum” usulini qo’llashning asosiy qoidalari:
1. Bildirilgan g’oya va fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday g’oya va fikrlar, ular hatto bo’lmag’ur bo’lsa ham hisobga olinadi.
3. Qancha ko’p g’oya va fikrlar bo’lsa shuncha yaxshi.
4. Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
5. G’oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
Yana shunday ijodiy o’yinli darslar mavjudki, bunda o’quvchigina emas, o’qituvchining o’zi ham ijodiy izlanadi. Qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyoji ortadi. Eng asosiysi ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o’quvchilar guruhining o’zaro hamkorlikda avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari ijodiy qo’llanishi, izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlarni ijodiy o’yinlar deb atash mumkin.
Ijodiy o’yinli darslardan “Tarixiy jarayonning asosiy qonuniyatlari”, “Qonunlar tarixiga nazar” kabi darslar rejalashtirilib, o’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi. “Tarixchilar”, “Qalqon” deb nomlangan kichik guruhchalarga nomlar beriladi. Har bir guruh ijodiy izlanib, go’yoki fanda yangilik kashf etadi. O’quvchilar tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni ko’rgazmali qurollarga tayangan holda bajarib o’z javoblarini asoslaydi. Ma’lumki, ta’lim respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha deb e’tirof etilgan.

Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.


Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalaryordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir.
Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shujumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib boorish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’limoluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

  • ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi;

  • mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keying mavzu bilan bogʻlash maqsad qilib qoʻyilganda, yangi mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi;

  • oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda mavzudan soʻng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

Aqliy hujum” metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar:

  1. Bildirilgan fikr-gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

  2. Bildirilgan har qanday fikr-gʻoyalar, ular hatto toʻgʻri boʻlmasa ham inobatga olinadi.

  3. Har bir ta’limoluvchi qatnashishi shart.



Aqliy hujum” metodining tuzilmasi.
Aqliy hujum” metodining bosqichlari

Aqliy hujum” metodining afzalliklari:

  • Natijalar baholanmasligi ta’limoluvchilarda turli fikr-gʻoyalarning shakllanishiga olib keladi;

  • ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

  • fikr-gʻoyalar vizuallashtirilib boriladi;

  • ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini tekshirib koʻrish imkoniyati mavjud;

  • ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uygʻotadi.

“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:

  • ta’lim beruvchi tomonidan savolni toʻgʻri qoʻya olmaslik;

  • ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.



Download 74,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish