4-mavzu.
Oila va uning vazifalari. Oila turlari.
Oila sotsiologiyasi – umumiy sotsiologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, u oilani nikoh
asosida tashkil topgan, jamiyat taraqqiyotida muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial
institut sifatida o‘rganadi. Oila sotsiologiyasining alohida vazifalari mavjud bo‘lib, ular
quyidagilardir:
– jamiyat taraqqiyoti davomida oilaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda mavjudlik
qonuniyatlarini o‘rganish;
– oilaning mohiyati va faoliyati o‘zgarib borishini aniqlash;
– nikoh va oila turlari evolutsiyasini o‘rganish;
– oila tashkil topishi va taraqqiyotida avlodlarning o‘zaro ta’sirini aniqlash;
–
oila tarbiyasi
;
– oilaning rekreativ faoliyatini va oila huquqining ijtimoiy mohiyatini ochib berish;
– mehnat taqsimotida oilaning o‘rnini o‘rganish.
Oila sotsiologiyasi oilaning jamiyat bilan o‘zaro bog‘liqligiga ham e’tibor qaratadi. Chunki
jamiyat tashkil topishida, uning davomiyligini ta’-minlashda oila asosiy ijtimoiy, demografik
manba hisoblanadi.
Oilaning asosini erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh birligi va nasl tash-kil etadi.
Oila taraqqiyoti to‘g‘risida qator nazariyalar mavjud. Quyida biz AQSHlik etnograf
L.Morganning oila taraqqiyoti bosqichlari to‘g‘risidagi fikrini keltiramiz:
– Promiskuitet
–
yovvoyilikning quyi bosqichiga xos bo‘lib, bunda ayrim oilalar bo‘lmagan,
oilaviy hayot ijtimoiy hayotga teng bo‘lgan.
– Qon-qarindoshlikka asoslangan oilada nikoh qabila va urug‘ a’zolari orasida bo‘ladi. Bunday
oila endogam birlikni tashkil qiladi (guruhiy nikoh).
– Punalual oila va ona avlodi bo‘yicha yaqin qarindoshlar bilan ni-koh man qilinadi.
Monogam oila bir erkak va bir ayol orasida bo‘lib, u otalikni tan olish va oila mulkiga
egalik qilishga asoslanadi. Monogam oila eski urug‘chilik
tuzumining yemirilib
, yangi
kishilik hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Oilaning vazifasi uning strukturasi bilan uzviy bog‘langan. Oila funksiyasi sotsiolog
M.S.Matskovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiritilgan:
1.
reproduktiv (nasl qoldirish) funksiya;
2.
tarbiya funksiyasi;
3.
xo‘jalik-maishiy funksiya;
4.
iqtisodiy funksiya;
5.
birlamchi
ijtimoiy nazorat funksiyasi
;
6.
ma’naviy munosabat va aloqalar funksiyasi;
7.
ijtimoiy maqomiy funksiya;
8.
hordiq chiqarish funksiyasi;
9.
emotsional funksiya.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oilaning jamiyat ta-raqqiyotidaga, ma’naviy
barkamol va jismonan sog‘lom avlodni tarbi-yalashdagi
katta ahamiyatini hisobga olib
, oilaga
daxldor boy hamda chuqur mazmunli milliy an’analarni asrash maqsadida 1998-yil 2-fev-ralda
«Oila» Respublika ilmiy-amaliy markazini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Toshkent Davlat universiteti
va Toshkent Davlat pedagogika univer-sitetining oila muammolarini o‘rganish bo‘yicha
laboratoriyalari negi-zida tuzilgan.
«Oila» markazining faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlar bilan bel-gilangan:
– boy milliy an’analarni, milliy qadriyatlar asoslarini, ajdodlari-mizning oila va jamiyat, oila va
mahalla bilan bog‘liq merosini o‘rga-nish hamda tarqatish;
– umuminsoniy qadriyatlarning milliy oilaviy tarbiyadagi rolini oshirish va ularning oilada
uyg‘unlashuvini ta’minlash;
– oilaning pedagogik,
psixologik
, ijtimoiy-psixologik, etnopeda-gogik, etnopsixologik
muammolarini o‘rganish, shuningdek, ularni ri-vojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni
tayyorlash;
– oilaning
ijtimoiy-iqtisodiy holatini
, uning demografik xususi-yatlarini ilmiy jihatdan tadqiq
etish;
– oila, ayollar va bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini aks ettiruv-chi statistika axborotini
to‘plash va umumlashtirish;
– oilani rejalashtirishni, uning sog‘lig‘i tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq
etish, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va
ularni amaliyotga joriy etish
;
– yoshlarni oila hayotiga tayyorlashni yaxshilash uchun nikoh saroy-lari va salomatlik
markazlari huzurida maxsus o‘quv-tarbiya kurslari tash-kil etish;
– oilaning huquqiy bilimlarini tubdan oshirish va uni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy
faoliyat olib borish;
– bolaning oiladagi qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qi-lish, ota-onalarning bolalar
sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularni maktabga tayyorlash mas’uliyatini oshirishdagi faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
– ma’naviyat, madaniyat va maorifni yanada rivojlantirish orqali oi-lada uyg‘un kamol topgan
avlodni
tarbiyalashning samarali
, maqbul usullarini ishlab chiqish;
– oila va jamiyat muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,
ilmiy-ommabop risolalar yaratish;
– oila va jamiyat muammolari bo‘yicha xalqaro aloqalarni o‘rnatish.
Oila nima? Herzenning so'zlariga ko'ra, oila farzandlar bilan boshlanadi, biroq oilani qo'lga
kiritish uchun vaqt topa olmagan er-xotinlar ham oila quradilar. Homilador oilalarning oilalari,
tugallanmagan, qarama-qarshilik va ko'plab oilalar mavjud. Keling, ushbu muhim ijtimoiy
guruhni tasniflashning asosiy usullarini tushunishga harakat qilaylik.
Zamonaviy oilaning turlari va turlari
Zamonaviy tadqiqotchilar oilalarning turlarini aniqlash uchun turli tasniflardan foydalanadilar.
1.