Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


ZAMONAVIY TA’LIMDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR VA NATIJALAR



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

ZAMONAVIY TA’LIMDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR VA NATIJALAR 
Egamova Hukumoy Rizaqulovna
NDPI akademik litseyi Ona tili
va adabiyoti fani o’qituvchisi.
Yoriyeva Mohinur Ibodullo qizi
Navoiy shahar 1-sonli AFChO’I M 
 boshlang’ich ta’lim fani о’qituvchisi
Bizga ma’lumki ,hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayoni eng yuqori pog’onadagi yuksak 
masalalardan biridir. Bu jarayon millat kelajagini , uning bunyodkorlik ufurib turgan ertasini 
yoki buzg’unchi g’oyalarga yo’g’rilgan ertasi yo’q boshliqni olib kelishi mumkinligi hech 
kimga sir emas. Millatning kelajagi bo’lmish yosh avlod tarbiyasi eng muhim , kechiktirib 
bo’lmaydigan, barchamiz birlashib bosh qotiradigan masalalardan biridir. 
Zeroki, buyuk yoshlar – bizning buyuk kelajagimizdir.Ular hayot sinovlariga bardosh 
bera oladigan, ma’rifatli, ma’naviyatli, bag’ri keng, elparvar, mard, oqibatli ,samimiy komil 
insonlar bo’lib yetishishi shart.
 
Albatta, bunday ishlarni amalga oshirish insondan fidoiylik
cheksiz matonat, bag’rikenglik, mehnatsevarlik, yurtparvarlik, oliyjanoblik, komillik talab 
etadi. Ta’lim- tarbiya jarayonida, darslarda, ma’rifiy-madaniy ishlarda, har bir ishimizda 
,bajargan amallarimizda yoshlarga yuksak namuna bo’lishimiz zarurdir. 
Biz, elparvar, bolajon, bag’rikeng xalqmiz. Bizning ota-bobolarimiz barchaga namuna 
bo’la oladigan ma’naviy boylik qoldirgan desak mubolag’a bo’lmaydi.
Xo’sh, biz o’zimizga shunday savol qo’yamiz.
Biz kimlarning avlodimiz? 
Bizning ota-bobolarimiz kimlar bo’lgan?
Ularning tarbiya borasidagi ishlari nimalardan iborat bo’lgan? 
Tarixga bir nazar tashlaylik. Buyuk Amir Temur,har bir ishi, bajargan amali, oqil 
so’zlari bilan namuna bo’la olgan. Hazrat Navoiy asrlar o’tsa-da, buyukligi yanada sayqal 
topib borayotgan, har bir satri komillik sari undayotgan ajib siymo, Jaloliddin Rumiy, inson 
qalbini, ruhiyatini boyita olgan tabarruk zot, Mirzo Bobur, bir umr qalbida vatan, yurt dardi 
yashirin, har bir satrida yor va diyor madhi mavj urib turgan shoh va shoir, Imom Buxoriy, 
qalblarga ezgulik ulasha olgan, har bir satri bilan inson dilini yoritgan buyuklar buyugi 
emasmi? Biz bu satrlarni qancha davom ettirsak ,shuncha ko’pdir. Mana shuning o’zi bizga 
tayyor dasturulamal hisoblanadi. 
Zamon bilan hamnafaslik cheksiz yutuqlar olib keladi. Zamonaviylik asosida ta’lim-
tarbiyani olib borish davr talabi, qolaversa, biz, tarbiyachilarning asosiy burchimizdir. 
Bu borada yurtimizda juda ko’plab qulayliklar yaratildi, qator qonunlar qabul qilindi. 
Bular, albatta, yangi metod, yangi an’ana, yangicha yondashuv demakdir.Har bir dars-buyuk 
bir asardir. Shu borada dars jarayonida internetdan foydalanib, qolaversa, dars turini yangi 
pedagogik texnologiyalar asosida olib boorish juda samaralidir.Bunda rasmlar aks ettirish
videoroliklar yaratish, musiqa qo’yib eshittirish, slaydlar yaratish, buyuklar hayotidan 
lavhalar ko’rsatish, biror asar yoki g’azal, ruboiy, baytlarni ifodali o’qib berish,sharhlab 
berish,g’oyaviy mazmuniga to’xtalish, izohtalab so’zlarga izoh berish, sahna ko’rinishi 
namoyish etish kabi usullar bilan olib borish lozim. Zamonaviy ta’limda biz boshqa yevropa 
mamlakatlarida qo’llanayotgan metodlar,ularning natijasi bilan qiziqib ko’rishimiz,agar 
bizning ta’lim-tarbiya jarayonimizga mos kelsa, undan namuna olishimiz mumkin.Chunki 
bizning yoshlarimiz kelajakda o’z mustaqil fikriga ega, odilona fikrlay oladigan, bilim-
zakovat borasida yetuk, samimiy insoniy fazilatlarga ega bo’lgan komil shaxs bo’lib 


102 
yetishishi, iqtidor, teran fikr borasida har qanday mamlakat yoshlari bilan raqobat qila 
oladigan yetuk shaxs bo’lishi lozim. Bu muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyev so’zlarida aks etgan.Chunki, u kishining ustuvor yo’nalishlaridan biri

Ijtimoiy 
sohani rivojlantirish, ,,Islohot- islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan tamoyilni 
amalga oshirishda ham mavjud. 
Shuning uchun darslarda, qaysi fan bo’lishidan ,qanday yoshda bo’lishidan qat’iy nazar 
buyuklar so’zlarini, satrlarini ,hayot yo’lini namuna qilish joyizdir.Bu ,albatta, o’z natijasini 
beradi. Dars samarali o’tsa, o’quvchi ko’p bilim oladi, o’rganadi,ko’rgan,eshitgan narsasiga 
intiladi va uni hayotga tatbiq etadi. 
E’tibor qiling, ular qanchalar bilim va zakovat yog’dusi, aql kaliti,insoniylik namunasidir. 
Odami ersang , demagil odami , 
Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami. 
Agar inson bo’lsang ,muroding xalq bo’lsin.Ana shu xalqning biri bo’lib, odamgarchilik 
qilmasang, insonman deyishing, odamlar safidaman deyishing yolg’ondir. 
 Kimki bir ko’ngli buzug’ning xotirin shod aylagay , 
 Oncha borki , Ka’ba vayron bo’lsa , obod aylagay. 
Biz uchun Ka’badan muqaddas joy yo’q, ulug’ makon yo’q.U yer shunday muazzam 
go’shaki, bu joy poklanishning oliy maqomi hisoblanadi.Navoiy falsafiy ma’noda inson 
ko’nglini buyuk joy,oliy maqom deb biladi.Kimki baxtdan benasib ,dunyo armonlaridan 
ezilgan, ojiz bo’lsa, ana shunday insonlarga mehr qo’lini cho’zish, holini so’rash-Navoiy 
nazdida vayron Ka’bani obod etish bilan barobardir. 
 Boshni fido ayla ato qoshig’a , 
Jismni qil sadqa ano boshig’a. 
Tun-kuningg’a aylagali nur fosh, 
Birisin oy angla , birisin quyosh. 
( Mir Alisher Navoiy) 
Bu jahon - tog’, fe’l-u atvoring - nido , 
Ul nidoni senga qaytargay sado 

(Jaloliddin Rumiy)

Qayda ko’rsang ko’ngli sinuq marham bo’lg’il , 
Andoq mazlum yo’lda qolsa, hamdam bo’lg’il.

(Ahmad Yassaviy )
 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish