GLOBALLASHUV VA ZAMONAVIY TA`LIM-TARBIYA MASALALARI
Nodira Sharipova
NavDPI katta o`qituvchisi
Hozirgi paytda jamiyartimizda turli xil axborotlar mavjud. Bular insonning ongiga
turli xil ta`sir qiladi. Jamiyatimiz globallashuv oqibatida shaxslarninng axborot xurujiga duch
kelayotganliklari va ularninng domiga kirib qolayotganliklari bizga sir emas. Hozirgi
dunyoda ro`y berayotgan global o`zgarishlar, ayniqsa ta`lim va tarbiya sohasiga ham o`zining
ta`sirini ko`rsatmoqda. Bu bir tomondan, global o`zgarishlarni ob`ektiv jarayon sifatida inson
hayoti sohalariga ta`sirini xolisona o`rganishni taqazo etadi. Ikkinchidan,, global o`zgarishlar
ta`lim- ytarbiya jarayonlariga ham o`zining ta`sirini ko`rsatayotganligi sababli uning bilan
bog`liq bo`lgan yutuq va muammolarni bilish va tegishli xulosalar chiqarish amaliy
ahamiyatga ega.
Globallashuv ta`lim-tarbiyaning axborot kommunikatsiya tizimi, internet tarmoqIari
va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan bog`liq yangi im-koniyatlar yaratib bermoqda.
Ta`limni an`anaviy usullari o`rnida interfaol usullarni qo`llash orqali uni samaradorligiga
erishish dolzarb bo`lib turibdi. Prezidentimiz SH. Mirziyoyev mamlakatimizda ta`lim tizimini
takomillashtirish xususida shunday fikrlarni ita`kidlaganlar:” Maktabda o`qitish metodikasi
o`zgarmasa, ta`lim sifati ham, mazmuni ham, muhit yam o`zgarmaydi”.Shuningdek,
globallashuv jarayonining ayniqsa tarbiya sohasiga ko`rsatayotgan ayrim g`arazli nosog`lom
g`oyaviy-mafkuraviy muammolarni ham keltirib chiqarmoqdaki, uni hisobga olmaslik
mumkin emas.
Mamlakatimizda, ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan, ko`lami va
mohiyatiga ko`ra ulkan ishlarimiz biz ko`zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan
kam bo`lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, bugun xalqimizning ma`naviya yuksalishi
yo`lida mustahkam zamin yaratdi.
Bugungi globallashuv sharoitida ta`lim-tarbiyaga yanada ehtiyoj ortib boradi, chunki
hayot o`zgarish sur`atlari tezlashadi. Bu bir tomondan turli xalqlar hayot sohalaridaimkoniyat
doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni
kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo`naltirilgan har xil g`oya, qarashlar, uni targ`ibot
qilish texnologiyalari, ijtimoiy ong va tafakkurga ta`sir ko`rsatish maqsadida
“jozibador”ligini oshirgan holda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi.
Globallashuv sharoitida milliy g`oya negizlariga to`g`ri kelmaydigan “ommaviy
madaniyat” va “axborot xurujlari ”, “ma`naviy tahdid” ko`rinishidagi turli yot va
zararlig`oyalarning oldini olish, ayrim yoshlarda milliy madaniy meros va qadriyatlarga
nisbatan bepisandlik bilan qarash kayfiyatini uyg`otishga urinishlar , zararli g`oyaviy
mafkuraviy maqsadlarni oldini olishda mafkuraviy bilimlarga tayangan holda ta`lim-
tarbiyaviy ishlarni olib boorish amaliy ahamiyat- ga ega.Bu ishlar, ayniqsa, ta`lim- tarbiya
106
sohasi bo`yicha mutaxassislar oldiga yanada ma`suliyali vazifalar qoyadi, bu masala ularning
kasb tayyorgarligi va malaka oshirish islari bilan bevosita aloqador.
Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasidagi islohatlarga asosan tizimli ravishda ishlar
amalga oshirilmoqda. Ular, birinchidan, zamonaviy kasb tayyorgarligiga ega mutaxassislar
tayyorlash va ularning malakasini oshirih masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.
Ikkinchidan,yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiyaga joriy etish, uning moddiy
texnik bazasini yaxshilash, modernizatsiyalash orqali amalga oshiril- lmoqda. Uchinchidan,
kompyuter, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bu internet
tizimi, kompyuter, electron doska, electron darsliklar yaratish va undan foydalanish
imkoniyatini bermoqda. Ingliz tilini o`rganish va bilishga davlat siyosati darajasida ahamiyat
berila boshlandi.
To`rtinchidan, ta`lim sohasida amal qilib kelayotgan eskicha usullardan voz
kechildi. Bilimni baholashning test tizimiga o`tilde. Bu ta`lim sohasida mavjud bo`lgan ayrim
salbiy holatlarning ham oldini olish imkoniyatini bermoqda.Bu sohada ayrim eskicha qarash
va yondashuvlar saqlanib qolayotgan bo`lsada, bu tizimning afzalligini, ta`lim tizimini
yanada eangilashga xizmat qilayotganligini ta`kidlash lozim.
Beshinchidan, oliy ta`lim tizimida kadrlar tayyorlashda ikki bosqichli tizimga
o`tilganligi oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashdabir bosqichli tizimi jo-
riy etilib, doktorantura institutini amal qilishi bilan me`yorlari ishlab chiqilib, hayotga
tatbiq etila boshlaganligini ham bu sohada dunyo mamlakatlarining erishgan yutuqlari,
tajribalarini hayotga joriy etish bilan bog`liq. Bu ta`lim sohasini
yanada modernizatsiyalashga xizmat qiladi.
Milliy goyani yoshlar qalbiga singdirish va ta`lim-tarbiya tizimida ayrim muammolar
mavjudligi hisobga olinishi lozim.
Yoshlarga zamonaviy bilim va axborot berish bilan birga mafkuraviy immunitetni
ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoda globallashuv, axborot oqimining
tezlashuvi va intensivlashuvi bf`zan axborotning qaysi biri nafli ekanligini anglash qiyin.
Shunday ekan, bir tomondan mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob`ektiv bo`lishi,
voqelikni to`g`ri va to`liq aks ettirishi, inson ma`naviyatining boyishiga va jamiyat
taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o`z mohiyat- e`tiboriga
ko`ra, Vatan va xalq manfaatlari, umuminsoniy qadriyatlar ustivorligi bilan uzviy bog`liq
bo`lmog`I kerak.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2021 yil 19 –yanvardagi
ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag`ishlangan yig`ilishda
mamlakat mafkurasining asosiy g`oyasini shunday ta`kidlaydi: ”Biz yaratayotgan yangi
O`zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g`oyasi bo`ladi. Biz mafkura
deganda , avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz.
Ular xajqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”
Globallashuv davrida yoshlarning tafakkuri va qalbiga milliy va umuminsoniy
qadriyatlar uyg`unligini singdirish, g`oyaviy bo`sgliqqa yo`l qo`ymaslik dolzarb vazifa
bo`lib kelmoqda. Bo`shliq paydo bo`lgan joyda albatta uni to`ldiruvchilar topilishi nazarda
tutiladigan bo`lsa, yoshlar ongidahech qachon ma`naviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik kerak.
Yosh avlodga milliy va ma`naviy qadriyatlar uyg`unligi asosida axloqiy fazilatlarni kamol
toptirish, xalq pedagogikasi qo`lga kiritgan yutuqlarini yoshlar ongiga singdirib Beruniy, Al-
Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi
allomalarning o`lmas asarlarining ahamiyatini tushuntirib berish maqsadga muvofiq.
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo`lib kamolga
yetishi bilan bog`liq.Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o`z salohiyatini namoyon qilishi
107
uchun zarur sharoitlar yaranishdan iborat”deb prezidentimiz Sh. Mirziyoyev BMT Bosh
Assambleyasining 72- sessiyasida so`zlagan nutqida.
O`sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda yangicha yondashuvlar, shaxsni
shakllantirishga doir bir qator masalalar o`z yechimini talab etadi. Yoshlarning o`z ustida
ishlab, mas`uliyatli qarorlar qabul qilib, zararli odatlardan o`zlarini himoya qilishlari, ijtimoiy
faol hayot kechira olishga tayyorgarliklari uchun ma`naviyatga yanada chuqurroq va jiddiy
e`tibor berish lozim
Mamlakatimizda yoshlarning hayotda o`z o`rinlarini topishlari uchun olib
borilayotgan islohotlar, avvalo, O`zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish va uning ravnaqi
yo`lidagi sa`y-harakatlardir. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining
72- sessiyasida so`zlagan nutqida shunday ta`kidlaganlar: “Sayyoramizning ertangi kuni,
farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo`lib kamolga yetishi bilan bog`liq.Bizning asosiy
vazifamiz-yoshlarning o`z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan
iborat”. Zero, yetuk milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida shakllanishi, oila,
jamiyat, Vatan oldidagi mas`uliyatni chuqur anglaydigan shaxslar bo`lib yetishishi katta
ahamiyatga ega va bugunning talabidir .
Globallashuv davrida ta`lim sohasida dunyo fan yutuqlari, texnologiyalardan
foydalanish qanchalkz zarur bo`lsa, tarbiya sohasi esa milliy – ma`naviy qadriyatlarga
tayangan holda olib borilishni taqozo etadi.
Umuman olganda , bugungi globallashuv va yangilanayotgan jamiyatda ta`lim – tarbiya
jarayoni zamon qo`yayotgan talablarga javob berishi, undan orqada qolmasligi muhim
ahamiyatga ega. Ta`lim sohasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo`lsa,tarbiya sohasidagi
o`ziga xoslik O`zbekistonni taraqqiyot strategiyasi sari rivojlanishini kafolatlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |