108
yuklangan.
Ma`naviy – ma`rifiy tadbirlarni tashkil etishda quyidagi jihatlarga rioya qilish
maqsadga muvofiq:
-
manaviy-maʼrifiy tadbirlarda yuqori interaktivlikka erishish;
-
o‘zini o‘zi tarbiyalash jarayonini tashkil etish;
-
tadbirga kompleks yondashish;
-
tadbirning maʼnaviy-axloqiy, milliy, tarbiyaviy ruhda bo‘lishi;
-
inson va jamiyat manfaatlariga uyg`unligi va h.k
Ma`naviy – ma`rifiy tadbirlar deganda , aholini ma`naviy – axloqiy jihatdan
tarbiyalash, ularning madaniy saviyasini oshirish, bilimini o`stirish, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, bo`sh vaqtini, dam olishini ko`ngilli o`tkazish, ijtimoiy, madaniy va manaviy
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi tadbirlar tushuniladi.
Jamiyatimizning bugungi hayotida barcha ma`naviy – ma`rifiy ishlarning yo`nalishi
har bir kishi axloqiy,barkamol insonni voyaga etkazish,Vatanparvarlik,mehr-oqibat,
iymonu e`tiqodni tarbiyalashga qaratilgan.
Pedagoglar o`quvchi-yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning bilimdonligini
oshirish va maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash maqsadida tarbiyaviy va ma`naviy-maʼrifiy ishni
uzviy holda tashkil qilishlari talab etiladi. Taʼlim muassasalarida olib boriladigan maʼnaviy-
maʼrifiy ish aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonga singib ketgan bo‘lishi lozim.
O‘quvchi-yoshlarni qanday qilib maʼvaviy-axloqiy tarbiyalash kerakligini aniq rejalashtirmay
turib, ular orasida bu boradagi tarbiyaviy ishni samarali olib borib bo`lmaydi. Bu borada ish
olib boradigan har bir pedagog shu tarbiyaning mohiyati, usullari, shakllari to‘grisida aniq
tasavvurga ega bo‘lishi zarur. mumkin. Maʼnaviy-axloqiy tarbiya uning yo‘nalishni
belgilaydi.
Ma`naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi nima? Maʼnaviy-axloqiy tarbiya
faoliyatining maqsadi muayyan ijtimoiy tuzum g`oyalari va milliy-axloqiy mezonlarga
asoslanib maxsus tashkil etilgan ta`sir jarayonida shakllanayotgan kishining qanday
tasavvurlarni hayotga tadbiq etish janayoni, deb aytish mumkin.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qiluvchi pedagog o`quvchi yoshlarda o‘zini
o‘zi tarbiyalashni yo‘lga qo‘yishi uchun ularga istiqbolni aniq ko`ra bilishlarida, unga
erishish yo‘llarini izlab topishda,yuksak ideallarga ega bo‘lishlarida yordam berishi va
imkoniyat yaratishi lozim. Bu borada pedagog maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali o‘quvchi
yoshlarda xalqimizning quyidagi milliy xususiyatlari nazarda tutishi kerak:
-
xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo`lib yashash ruhining ustunligi;
-
jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;
-
ota-ona, mahalla-ko‘y, umuman jamoatga yuksak hurmat-etibor;
-
millatning o‘lmas ruhi bo`lgan ona tiliga muhabbat;
-
kattaga-hurmat va kichikka-izzat;
-
mehr – muhabbat , go‘zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi -ayol zotiga
ehtirom;
-
sabr-bardosh va mehnatsevarlik;
-
halollik, mehr-oqibat va hokazo .”
Shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qilishda va o‘tkazishda quyidagi
umumbashariy qadriyatlarga asoslanib ssenariylar yaratishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: