Список литературы:
1. Азадовский М. К. «Певцы» И. С. Тургенева// Азадовский М. К. Статьи, о
литературе и фольклоре.- М.- Л, 1960 с. 395-437
2. Альбеткова Р. И., Мизина И. Ю. Самостоятельная работа учащихся по литературе
в 4-7 классах. – М, 1980-123 с.
3.
Жанровое своеобразие произведений русских писателей ХVIII – XIX веков.
Сборник научных трудов/ Под ред. проф. Н.В. Осьмакова, М., МГПИ им. Ленина, 1980
– 128 с.
4. Невзоров Н. И.С. Тургенев и его последние произведения «Стихотворение в
прозе» и «Клара Милич», Казань, 1883.
5. Незеленов А.И. О преподоавании русской словесности. Спб, 1880 – 79 с.
6. Программы по литературе (5-11классы)// Авторы: А. Г. Кутузов.
GLOBALLASHUV SHAROITIDA AXBOROT XURUJLARINING TA’SIRI
Abduraimova Manzura
NavDPI o’qituvchisi
XXI asr raqamli texnologiyaga ixtisoslashgan kommunikatsion va globallashuv
munosabatlari qaror topgan davrdir. Globallashuv muhitida hayot sur’atlarining shiddatli
ravishda tezlashgani, axborot tizimi almashinuvining oshganini ko’rsatadi. Bugungi tahlikali
zamonda, globallashuv davrida, ayniqsa, g‘oyalar kurashi keskin tus olayotganligi seziladi.
Jahon mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy sohada o’zaro
yaqinlashuvi, yangicha sifatiy birlashuvi voqea-hodisalarning tez sur’atlar bilan bir
mamlakat doirasidan chiqib, umumplanetar miqyosga ega bo’lishi kuzatilmoqda.
Globallashuv jarayonlarining asosiy manbai hozirgi kunda internet hisoblanadi.
Shuningdek, turli virtual o’yinlar, filmlar, chet el qo’shiqlari, uyali aloqa vositalari, sariq
matbuot kabilar axborot xurujlarining tarqalishiga xizmat qiladi. Hozirgi kunda yadro
poligonlaridan mafkuraviy poligonlarning ustunligi sezilmoqda va bu Internet vositasida
axborot xurujlarining sodir bo’lishini osonlashtirmoqda. Davr talabi nuqtayi nazaridan
axborotlarning tarqalishi kundalik hayotning bir qismiga aylanmoqda. Shuni aytish joizki,
taniqli hind siyosatchisi Mahatma Gandi aytganidek, ,,Men tashqaridagi bo’ronlardan
qo’rqib, derazamni yopib qo’ya olmayman, chunki menga toza havo kerak. Shu bilan birga,
275
toza havo kerak ekan deb, derazamni katta ochib qo’ya olmayman, chunki uyimni chang,
to’zon bosib ketishini xohlamayman.” Demak, hozirgi kun fuqarosi uchun axborotlardan
doim xabardorlik talab etiladi, bunda foydalanuvchining huquqiy savodxonligi, bilimi va
axborotlarni to’g’ri foydalana olishi va hayotiga to’g’ri yo’naltirishi kerakdir.
Globallashuv tufayli odamlar bir lahzada o’zini qiziqtiradigan axborotni darhol olishi,
unga egalik qilish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayon mazmunini O’zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.Karimov:,,Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar
shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz
beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga
berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”,-deb
aytgan edilar.
Tanganing ikki tarafi bo’lganidek, globallashuv muhitida axborotlarning turli
g’oyaviy xurujlar va ularni to’g’ri maqsad sari qo’llamaslik salbiy ta’sirlarni keltirib
chiqaradi. Masalan, ,,Fundamentalizm” va ,,ekstremizm
”
g‘oyalarining Markaziy Osiyoga
kirib kelishidan ko’zlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana
shu g’oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va
millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir - oqibat esa hokimiyatni qo’lga kiritishdir. Bu
urinishlarda tuzatib bo’lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo’lgan, tarix sahifasida qolib
ketgan xalifalikni tiklash g‘oyasiga ham zo‘r berilishi bilan bog‘liq. Bugun diniy ekstremizm
va fundamentalizm oqimlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo’poruvchilik
va terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, yo‘l va uslublarga tayanmoqda.
Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ‘ibotlar kurashi davri
,
deb
tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo’lib
ko’rinsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ’iboti
oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega.
Shuningdek, g’oyaviy xurujlarning yoshlar ongiga ta’sir etib, ma’naviy zarba
berishga urinishlari sodir bo’lmoqda. «Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga»
urinishlar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlar tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish
masalalariga befarq bo‘lmaslik kerak. Demak, mafkuraviy tahdidning saqlanib qolishi
yoshlarni ham o‘ylashga undaydi.
G’oyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko‘zga tashlanmasligi
mumkin. Chunki g‘oya inson ongi, tafakkurida shakllanadi. Shunga binoan, ongni, tafakkurni
tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Dunyoviy fuqarolik jamiyatida har kim o‘z ishini qilishi, shug‘ullanishi, shuningdek, «din
dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga
aralashmaganidek, din ham davlat ishlariga, siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar
yoshlarimiz orasida o‘z mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma’naviy yuksalishning
jamolini ko‘rishga xayrixohlar bo‘lar ekan, ular, birinchi navbatda, zamon farzandi, milliy
g‘oya va milliy mafkura egasi bo‘lgan bilimdon va ma’rifatli inson bo‘lmog‘i lozim. Ular
azaliy va abadiy ma’naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda zamonaviy tafakkur
darajasidagi bilim va idrokka ega bo‘lishlari kerak».
Milliy g’oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo’lida yoshlar qanchalik
birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko’z o’ngida kuchimiz, mavqeimiz va o’rnimiz shunchalik
baland ko’tariladi.
276
Do'stlaringiz bilan baham: |