Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

Пайдаланған әдебиятлар: 
1.
Фалсафа. Қисқача изоҳли луғат. – Т: Шарқ. 2004. 76-бет.
2.
Баҳауддинов Ш. Кәмил инсан. Тошкент. 2015. 
3.
Абу Исо ат-Термизий. Аш-шамоил ан-набавийа. Т: Чўлпон, 1993. 61-бет. 
 
AXBOROT MAYDONI GLOBALLASHUVINING SHAXS MA’NAVIYATI 
SHAKLLANISHIGA TA’SIRI 
 
Jabbarova Oygul Gaparovna
Tibbiyot fakulteti “Umumiy tibbiy 
fanlar” kafedrasi o’qituvchisi 
NavDPI 
Yoshlarimiz o’z oldiga katta marralarni qo’yib, ularga erishishlari uchun keng 
imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko’mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor 
vazifa bo’lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini 
ro’yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. 
Shavkat MIRZIYOYEV 
Bugungi kunda “globallashuv” so’zi eng ko’p ishlatiladigan tushunchalardan biri 
hisoblanadi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, ushbu tushuncha inson va jamiyat hayoti rivojining 
hozirgi davridagi muhim xususiyatlarni, jumladan, tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, 
kishilik sivilizatsiyasi bugungi kungacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq 
qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir voqelikni o’zida mujassam etadi. 
Eng umumiy ma’noda, globallashuv muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, 
davlatlar va butun yer yuzini qamrab olganini hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor 


271 
ekanini anglatadi. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib 
kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd etganlaridek, bugungi kunda har qaysi 
davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida 
boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog’lanib borayotganidadir. Biron 
mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmaydi. 
Insoniyat XX asrning so’nggi o’n yilligiga kelib dunyo yagona jamiyat sifatida to’la 
barqaror rivojlanishi mumkinligini anglab etdi. “Bizning kunlarimizga qadar, insoniyat 
jamiyati yaxlit bir yagona jamiyat sifatida mavjud emas edi”
254
, - deb yozgan edi sotsiolog 
Entoni Giddens. Ikki asr ya’ni XX va XXI asr chegarasida jahonda yuz bergan bir qator 
ijtimoiy-mafkuraviy holatlar, globallashuv va integratsiya jarayonlari dunyoni bir tomondan 
ko’p qutbga ajratgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, bir-biriga uzviy bog’lab qo’ydi. 
Globallashuv bilan bog’liq jarayonlar dunyo taraqqiyoti va mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati 
va ma’naviy hayotiga o’tkazayotgan ta’siri barqarorlik va xavfsizlik masalalarini 
dolzarblashtirmoqda. 
Global tizim - bu shunchaki bir oddiy muhit emas, uning sharoitida turli jamiyatlar 
ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy aloqalar davlatlar chegaralarini kesib o’tmoqda hamda u yerda 
yashovchi odamlar taqdiriga ta’sir ko’rsatib, o’z hukmini o’tkazmoqda. Ijtimoiy, siyosiy va 
iqtisodiy hayotning globallashuvini eng avvalo bugungi dunyo taraqqiyoti makoni va 
zamonini yangicha asosda vujudga keltirish va rivojlantirish jarayoni sifatida tushunish 
kerak. Sotsiolog E.Giddens globallashuv jarayoni butun dunyoni qamrab olib, alohida 
xususiyatlarda kechayotganligiga qaramasdan bu jarayon insoniyat uchun yangi xodisa 
bo’lmasdan bundan ikki-uch asr avval g’arb jamiyati butun dunyoga o’z ta’sirini o’tkaza 
boshlagan zamonlardan boshlanganligini ta’kidlaydi. Hozirgi zamon globallashuv jarayoni 
juda murakkab siyosiy, iqtisodiy hodisadir. Uning mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va 
ma’naviy hayotiga salbiy ta’siri bilan birga ijobiy ta’siri ham namoyon bo’lmoqda. SHu 
sabab ham xalqaro maydonda global va antiglobal jarayonlar yuz bermoqda. Kuzatishlar va 
dunyo taraqqiyotining bugungi tajribasi ko’rsatmoqdaki, glaballashuv bilan bog’liq 
jarayonlar mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy hayoti bilan uzviy bog’liq bo’lmoqda. 
Globallashuv jarayoni hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy va madaniy qamrab olgan sharoitda shaxs ma’naviy madaniyati rivojiga 
ehtiyojning oshib borishi tamoyillarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Haqiqatan ham, bu jarayon eng keng qamrovli va murakkab ijtimoiy hodisa hisoblanib, 
uning rivojlanishi va hayotga tatbiq qilinishining asosiy omillari: a) turli xalq va millatlar 
o’rtasidagi baynalmilalchilik xususiyatlarini shakllantirishni; b) shaxs ma’naviy madaniyatini 
tinimsiz boyitish va yangi sifat darajasiga ko’tarishni; v) shaxsning manfaati va ehtiyojlarini 
hisobga olishni; g) milliy va diniy qadriyatlarning xalq ma’naviyati riviojlanishiga kuchli 
ta’sirini inobatga olish zarur. Demak, shaxsning bu jarayondagi ishtirokining faolligi uning 
mavjud manfaat va ehtiyojlarni anglaganlik darajasi, ma’naviy madaniyatni rivojlantirishga 
ehtiyojining oshib borishi bilan bog’liq bo’ladi.
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, 
xususan, televideniye va radiosiz umuman tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi kunda ular bir 
vaqtning o’zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu 
bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon 
vazifasini bajarmoqda”. Bunday imkoniyatlar televideniyening aniq maqsadlarga qaratilgan 
g’oyaviy targ’ibotni amalga oshirishning muhim bo’g’iniga aylanishiga olib keldi 
Ommaviy axborot vositalari va ma’naviy-g’oyaviy tahdidlar haqida gapirar ekanmiz, eng 
avvalo g’araz maqsadlarda amalga oshirilayotgan tashqi g’oyaviy ta’sirlar, mamlakatimiz 
254
Э. Гидденс. Социология Т.: “Шарқ”-2002. 576-бет. 


272 
hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlarga xolis yondashuv bayrog’i ostida berilayotgan bir 
yoqlama axborotlar va baholarning oldini olish, ularga qarshi ob’ektiv ma’lumotlarni 
kishilarga tezkor, tizimli va tadrijiy yetkazib berish masalasi dolzarb bo’lib turganini alohida 
qayd etish zarur. SHunday vaziyatda har xil shaklu shamoyilda chiqayotgan bunday 
urinishlarga qarshi xalqimiz hayotida sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar haqida hikoya 
qiluvchi chuqur tahliliy ma’lumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarimizning ijtimoiy 
faolligini kuchaytirish, turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy 
manfaatlarini yoritish, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan 
kurashish har qachongidan ham hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari oldida O’zbekistondagi vaziyat, turli 
sohalarda erishilgan yutuqlar bo’yicha ob’ektiv axborotlarni jahon jamoatchiligiga vaqtida 
yetkazib berish hamda mamlakatdagi real voqelikning undan tashqarida ham to’g’ri va o’rinli 
qabul qilishlariga erishishdek muhim vazifa borligini ham ta’kidlash zarur. Prezidentimiz 
so’zlari bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o’tkazadigan bu 
sohadagi faoliyatimizni xalqimizning ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada 
kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko’tarishimiz zarur. 
Inson kundalik hayotida turli narsalardan foydalanadi. Inson ularni iste’mol qilar ekan har 
gal muayyan tartib-qoidalar, sodda qilib aytganda, madaniyatga rioya qiladi. Aytaylik, kiyim-
bosh kiyish yoki oziq-ovqat iste’mol qilishning o’ziga xos madaniyati bor. Bugungi kunda 
axborot ham iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson yoki alohida olingan 
jamiyat o’zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim.
“Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-
axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon 
shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – 
yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda 
o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat 
ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga 
nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya ta’kidladi 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Umuman olganda har qanday mamlakatning globallashuv 
sharoitida jahon tizimi bilan uyg’unlashi eng avvalo mazkur davlatning siyosiy va iqtisodiy 
jihatdan barqarorligi hamda ilmiy, iqtisodiy, madaniy, intelektual salohiyati darajasi bilan 
uzviy bog’liq.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish