253
mujjassamlashgan. Ular mohiyatan umuminsoniy xarakterga ega bo`lsa-da, har bir tarixiy
davrda muayyan xalqlarning ehtiyojlarini yuzaga chiqaradi va ularni qondirishga xizmat
qiladi. Shu bois ularning zamirida mujassam bo`lgan umuminsoniylik mohiyati,
milliy
ehtiyojlarni muayyan milliy shaklda ifodalab va o`z mazmunini ularga moslashtirgan holda
yuzaga chiqadi. Mazkur mezonlarga nafaqat milliylik va umuminsoniylik, balki tarixiylik
ham xos. Ushbu tarixiylik, o`ziga xos milliy an`analar bizga yillar davomida axborotlar
ko`rinishida (og`zaki, amaliy, ko`rgazmali,) yetib keladi. Har qanday yillar davomida
to`plangan manbalar axborotlar manbai bo`la oladi.
Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning
asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og`zaki, keyinroq yozma yoki
boshqa shakllarda uzatilgan ma`lumot; XX asrning o`rtalaridan boshlab insonlararo,
inson-
avtomat, avtomat-avtomat o`rtasidagi ma`lumot hamda hayvonlar va o`simliklardagi signal
almashinuvi, hujayradan hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata
boshlagan. Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar,
jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma`lumot (ma`lumotlar majmui)ni anglatadi.
Axborotlashtirish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga
fuqarolar, davlat hokimiyati va o`z-o`zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat
birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro`yobga
chiqarish
maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-
texnik jarayonlar majmuiga yo`naltirilgan jarayondir.
Axborot xavfsizligini ta`minlash masalasi bugungi kunda favqulodda muhim ahamiyatga
egadir. Ta’lim jarayonida uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning
asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, Davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. Fanda yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot
texnologiyalarni ishlab chiqaruvchidir. Ishlab chiqarishda kadrlarga bo’lgan ehtiyojni,
shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talabalarni
belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimni moliya va moddiy texnika jihatdan
ta’minlash jarayonining qatnashchisidir.
Oliy ta’lim,
universitetlar, akademiyalar, institutlarda o’quvchi shaxsini ichki dunyosini
tushunish bu pedagog o’qituvchidan yuqori malakaga ega bilimni talab etadi. Shu o’rinda
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar deganda biz avvalambor bugunda
kompyuter savodiga ega shaxsni nazarga keltiramiz shak-shubhasiz. Yana shuni ta’kidlash
kerakki, o’qituvchi shaxsi bugungi kunda maktab o’quvchisini qiziqtirish va tarbiyalashda
zamonaviy o’qitish texnologiyalarini bilishni talab etadi. Chunki bugungi yoshlar tezkor va
zamonda, makonda yuz berayotgan xabarlardan xabardor bo’lishga intilishadi.
O’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarga quyidagi asosiy tamoyillar xos
bo’ladi:
-
Insonparvarlik ya’ni insonga har tamonlama hurmat va muhabbat ko’rsatish, unga
yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo’ravonlikdan to’la voz
kechiladi.
-
Hamkorlik ya’ni, o’qituvchi va o’quvchilar munosabatida demokratik, tenglik,
sheriklik.
-
Erkin tarbiyalash ya’ni shaxsga uning hayot faoliyati keng yoki tor doirasida tanlab
olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan
keltirib chiqarish.
O’qitishning shaxsga yo’naltirilagan ta’limi texnologiyalariga
quyidagilarni kiritish
mumki:
254
-
Ishbilarmonlik o’yinlari,
-
Muammoli o’qitish,
-
Tabaqalashtirib o’qitish,
-
Dasturlashtirilgan o’qitish,
-
Kompyuterlashtirilgan o’qitish,
-
Modelli o’qitish kabi o’qitishning turlari mavjud.
Odatdagi darslar 40 minutlik, ma’lum yoshdagi o’quvchilar uchun esa darsni tanaffus
bilan davom ettirish kerak. O’qituvchi bu turdagi o`qitishni reja asosida o’tkazishi kerak.
O’qituvchi chuqur bilimli, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana bilish va intilishi
kerak bo`ladi. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning avvalgi maktab ta’limida
afzallik tomoni, u ta’lim jarayonini bir butunlikda ko’rib, ta’limda maqsadi, uning mazmuni,
bilim berish usullari va vositalari hamda ta’lim oluvchi, ta’lim beruvchi o’rtasida ta’lim
jarayonini nazorat qilishning yangi tizimini yaratadi. Oqibatda buning avvalgi an’anaviy
o’qitishdan farqi, u o’quvchilarni o’zlariga bergan biron she’rmi yoki boshqa hikoyani
yoddan aytib berishga emas, balki ta’lim tarbiya berishda uni erkin fikrlashga to’g’ri
yo’naltirilganidadir. Bundan tashqari o`quvchi yoshlarni axborot kommunikatsiya aloqalari
bilan tanishtirish, kompyuter savodxonligini oshirishga xizmat qilgan bo`lamiz. Ushbu
axborot vositalaridan to`g`ri maqsadlarda foydalanish to`g`risida,
kerakli manbalar asosida
ishlashga yo`naltirishimiz darkor. Sababi, yosh avlod internet tarmoqlarida globallashuv
oqibatida ommaviy madaniyatni o`ziga taqlid qilish orqali ongiga bevosita ta`sir etib boradi.
Psixologlar inson organizmning yosh davrlarini tabaqalashtirish orqali o`smirlik davriga
alohida urg`u beradi. Ushbu davr insoning keyingi kelajagini belgilab beruvchi, hayotdagi
aniq maqsdalar sari intilishga sabab bo`luvchi davr ekanligini alohida izohlaydi. O`smirlik
davrining psixologik o`zgarishlari asosan, “Men” konsepsiyasini rivojlanishi, kattalik
hissining paydo bo`lishi va taqlidchanlik kabi holatlar ifodalaniladi. O`smirlik davri
yoshlarning faoliyat sohasi ham muloqot bilan boy bo`lishi, o`ziga tengdoshlar orttirishga
intilishi, yangi guruh a`zosi bo`lishga intilish paydo bo`lishini psixologik olimlar alohida
ta`kidlaydilar.
Bunda esa ota-ona, ta`lim-tarbiya asosida to`g`ri yo`naltirilgan muloqot
ko`lami muhim o`rin tutadi. Bolada do`st orttirishga intilishda to`g`ri yo`naltirish asosida
bolaga yo`nalish berilmasa, bolada xulqida muammolar, xulqi og`ishganlik, tarbiyasi qiyin
o`smirlik holatiga ham olib borishi mumkin. Haqiqiy pedagog bugungi kun avlodini
tarbiyalar ekan, unga ma`naviy jihatdan bilimlar makonini berishi, zamon talabi darajasiga
chiqarishi, uni bilim, ko`nikma va malakalar
bilan qurollantirishi, eng so`nggi axborot
texnologiyalarni to`g`ri yo`nalishlar asosida foydalanishga o`rgatishi bugungi kun vazifalari
qilib belgilangan. Shu asosida jamiyatning keying rivojiga xizmat qiluvchi yosh avlod
yetishib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: