Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY 
TARBIYASIGA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TA’SIRI 
Rahimova Sarvinoz Sodiq qizi 
NavDPI o`qituvchisi 
Xusanova Marjona Usmon qizi 
NavDPI talabasi
 
Bugungi kunda Internet manbalari va OAV(ommaviy axborot vositalari) 
axborotlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora mustahkamlanib, jamiyat taraqqiyotining 
ko‘zgusi, kishilar ongi, dunyoqarashi siyosiy saviyasini shakllantiruvchi asosiy omilga 
aylanmoqda. Endilikda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi konsepsiyalarni 


249 
axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ma’lumki, o‘tgan asrning ikkinchi 
yarmida vujudga kelgan Internet tarmog‘i axborot sohasida tub burilish yasadi. Endilikda 
an’anaviy OAV ning informatsion texnologiyalar asrida o‘z mavqeini saqlab qolishi ko‘p 
jihatdan global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchars bog‘liq bo‘lib qoldi. Bu borada 
Yurtboshimiz alohida ta’kidlab, «… bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish 
jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim 
ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat 
kasb etadi…», — deya yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirganlar. 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “….eng avvalo, 
yoshlar va aholi o’rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va 
milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, jahon ilm-fani va dabiyoti yutuqlarini yetkazish 
uchun zarur muhit va shart-sharoit haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompyuter 
texnologiyalari va ayniqsa internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini inobatga olish 
zarur”. 
Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam 
savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi 
tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo’lsak, bu so’zlarning chuqur ma’nosi va 
ahamiyati yanada yaqqol ayon bo’ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz 
uchun o’z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan masala bo’lib kelmoqda. 
Yoshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to‘la 
shakllanmaganligini, ularda eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda 
tutsak, bu ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan global muammodir. Ta’kidlash lozimki, 
Internetdan tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba’zan harbiy harakatlar 
evaziga amalga oshirib bo‘lmaydigan maqsadlarga ham erishish mumkin. Bunday axborot 
xurujlari esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari 
va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligini unutmaslik kerak. Buning 
asosiy sabablaridan biri esa tajovuzkorlikni targ‘ib etuvchi tele, radio, audio, video va 
multimedia mahsulotlari, internetdagi ma’lumotlar, kompyuter o‘yinlarining ko‘payib 
borayotgani, xilma-xil usullarda tarqatilayotganidir. Ularning barchasi bolalar va yoshlarni 
psixik va psixoemotsional holatiga bosim o‘tkazish, ularni zimdan boshqarish axboriy-
psixologik ta’sir o‘tkazishning samarali vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Qolaversa, axborot 
xavfsizligini ta’minlashda — fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga 
axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirib borish lozim, 
ya’ni, har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli ekanini ajratib oladigan 
mezonlarni ishlab chiqishi, ma’lum axborotning o‘z professional faoliyati va shaxsiy hayoti 
uchun qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, «Axborot 
urushi» xavfi tahdid solayotganini ham jiddiy e’tiborda tutish zarur, ya’ni axborot urushining 
mohiyati shundaki, u yakuniy maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Aynan, hozirgi 
texnologiyalar axborot o‘rniga uydirma tarqatish, boshqalarni yolg‘on axborotga ishontirish 
imkonini beradi. Kundalik hayotda uchraydigan fitna va bo‘htonlar ham axborot urushining 
primitiv ko‘rinishidir. 
Ma`lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda internetdan jami foydalanuvchilarning qariyb 10 
foizi — internetparast. Internetparastlik o’zi nima degan savol paydo bo’lishi tabiiy. 
Internetparastlik (Internet-addiksiya) — global tarmoqqa ulanishga haddan ziyod oshiqish va 
undan chiqib keta olmaslik. Kimberli Yang "internetparastlik" mavzusiga ilmiy nuqtai 
nazardan yondashgan birinchi olimlardan biri. U 1994 yili internetparastlikni aniqlovchi test 
ishlab chiqadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagilarni xavfli ogohlantirish (internet-
parastlikning alomatlari) sifatida qayd etadi:


250 
- elektron pochtani tinimsiz tekshirishga urinish;
- navbatdagi "onlayn" muloqotga oshiqish;
- o‘tkazilgan "onlayn" muloqotdan huzurlanish;
- "onlayn" uchun sarflanadigan xarajatlarning ortib borishi. 
Shu o’rinda birinchi Prezidentimizning quyidagi fikrlarini beixtiyor yodga olamiz:
“Internetni biz do‘konga o‘xshatishimiz mumkin, u yerda hamma narsani topa olamiz. U 
yerdan har bir inson o‘ziga kerakli narsalarni oladi. Agar biz ham internetdan kerakli 
narsalarni olishni o‘rgana olsak, bizning yuksak ma’naviyatli yoshlarimiz ongiga hech 
qanday xurujlar ta’sir eta olmaydi”. Haqiqatan ham ijtimoiy tarmoqdan maqsadli foydalanish 
bizga ko’p imkoniyatlarni yaratib beradi. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yoshlarni fan-texnika yutuqlari bilan tanishtirib borish 
zarur, ammo salbiy oqibatlarni ham hisobga olgan holda, doimiy nazorat va tushuntirish 
ishlarining ular ongiga singdirib borilishi maqsadga muvofiqdir. Axborotlar oqimidan 
foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish 
bilan birga, salbiy oqibatlarini ham aytib o‘tish lozim. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish