427
tirishda ishtirok etishini obyektiv tarzda zarurligini belgilab
beradi. Shuning uchun ko‗pchilik mutaxassislarning va xalqaro
ekspertlarning fikricha, sog‗liqni saqlash sohasida davlat
quyidagi majburiyatlarni o‗z zimmasiga olishi zarur (16.1-
rasm):
Sog‗liqni
saqlash
tizimidagi
islohotlarning
asosiy
yo‗nalishlari
Salomatlik insonning jismoniy, aqliy va ruhiy
layoqatining yuqori darajasini ta‘minlaydi va uning to‗laqonli
yashashining garovi hisoblanadi. Aholi salomatligi mamlakat
iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Faqat
sog‗lom kishigina to‗laqonli mehnat qilib, o‗zi, oilasi va
pirovardida jamiyat farovonligini ta‘minlay oladi. Shu sababli
aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini
yanada yaxshilash masalalari
hukumatning doimiy diqqat
markazida turadi.
Bu borada ―Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
rahnamoligida amalga oshirilgan xalqimizning munosib hayot
sifatini ta‘minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har
tomonlama sog‗lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini
oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mustaqillik yillarida hayotga tatbiq etilgan keng ko‗lamli
islohotlar samarasida sog‗liqni saqlash tizimi tubdan
o‗zgardi‖
204
, - deb ta‘kidlaydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev.
Mustaqil taraqqiyotning har bir bosqichida aholi o‗rtasida
turli kasalliklar tarqalishining zarur profilaktikasini ta‘minlash,
aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatish samaradorligi va sifatini
tubdan
yaxshilash, birlamchi va shoshilinch tibbiy yordam
ko‗rsatish bo‗yicha zamonaviy tizimni shakllantirish va
rivojlantirish,
tibbiyot
muassasalarining
moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, tibbiyot tizimining zamon talablarga
javob beradigan oqilona tashkiliy tuzilmasini shakllantirish,
204
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-yanvar kuni
sog‗liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvidagi
nutqidan. Manba: http://uza.uz
428
shifokorlik kasbini ulug‗lash, tibbiy xodimlarning mashaqqatli
mehnatini munosib rag‗batlantirish
kabi masalalarga alohida
e‘tibor qaratildi.
Bundan tashqari davlat sog‗liqni saqlash tizimida olib
borilayotgan islohotlar doirasida tizimni boshqarish va
moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, uning
moddiy-texnik holatini, birinchi navbatda, birlamchi tibbiy-
sanitariya yordami muassasalarini
byudjetdan tashqari
mablag‗lar hisobidan zamonaviy tibbiy texnika va davolash
vositalari, diagnostik apparatlar bilan jihozlanish holatini
yaxshilash maqsadida hukumat tomonidan bosqichma-bosqich
―Salomatlik-1‖, ―Salomatlik-2‖ va ―Salomatlik-3‖ loyihalari
amalga oshirildi va bugungi kunda ham ushbu loyihalar
doirasidagi ishlar davom etmoqda.
―Bebaho boylik bo‗lgan xalqimizning sog‗lig‗ini saqlash
maqsadida 2015-yilda 141 ta tibbiyot muassasasini qurish,
rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash uchun
qariyb 500 milliard so‗m mablag‗ sarflandi.
Qishloq vrachlik
punktlarini optimallashtirish va zamonaviy diagnoztika va
davolash uskunalari bilan jihozlash ishlari nihoyasiga
yetkazildi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
natijasida keyingi besh
yilda mamlakatda har
100 mingta chaqaloqqa
nisbatan onalar o‗limi
23,1 dan 19 taga, 5
yoshgacha bo‗lgan bola-
lar o‗limi 14,8 tadan
13,9 taga,
chaqaloqlar
o‗limi 11 tadan 10,7
taga kamaydi. Ushbu
―Bugun zamon o‗zgarmoqda, odamlarning talabi
oshib bormoqda. Xalqimizning tibbiy madaniyati
yuksalib, eng so‗nggi usul va rusumlarda tibbiy
xizmat ko‗rsatilishini istaydi. Bizga shu ham
bo‗laveradi, degan tushuncha endi o‗z umrini o‗tab
bo‗ldi. Bu barcha sohalar qatori, tibbiyot sohasiga
ham bevosita daxldor. Shu bois soha xodimlari
tibbiyotning eng ilg‘or, zamonaviy yutuqlarini,
davolash usullarini o‗zlashtirmog‘i zarur. Erishilgan
yutuqlarga mahliyo bo‗lib o‗tirish taraqqiyot
yo‗lidagi eng katta g‘ovdir‖.
Do'stlaringiz bilan baham: