O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Xorijiy davlatlarda ta‟lim tizimini



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

15.7. Xorijiy davlatlarda ta‟lim tizimini
moliyalashtirish tajribalari
 
Ta‘lim tizmiga qilingan xarajatlar – inson omiliga 
investitsiyadir. Jamiyat va davlat bunday investitsiyalardan 
manfaatdor, chunki ta‘lim darajasini oshirish iqtisodiy o‗sishni 
ta‘minlaydi, 
mehnat 
unumdorligini 
oshiradi, 
ijtimoiy 
muammolarni yumshatadi. Shuning uchun ham ta‘limga 
yo‗naltirilgan moliyaviy resurslar alohida ustuvorlik kasb etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim tizimiga ajratiladigan 
xarajatlar mamlakatlar YAIMining o‗tracha 3,5-5,5 foizini 
tashkil qilmoqda. Bu ko‗rsatkichning ko‗p yoki kam ekanligini 
bilish uchun quyidagi ma‘lumotga murojaat qilamiz: 
―Mamlakatda ta‘lim tizimining barqaror rivojini ta‘minlash 


412 
uchun mamlakat YAIMining 7-8 foizini safarbar qilish 
maqsadga muvofiq

201

 
15.2-jadval 
Turli davlatlarda umumiy ta‟limga davlat ajratmalari
202
foizda
Ko„rsatkichlar
Buyuk 
Britaniya
AQSH
Fransiya
Yaponiya
Ta‘limga davlat 
xarajatlari, YaIMga 
nisbatan
5,5 
5,3 
5,7 
3,5 
Ta‘limga xarajatlar, davlat 
xarajatlariga nisbatan
12,5 
13,7 
10,6 
9,5 
Xarajat moddalari 
bo‗yicha muassasa 
xarajatlari:
Xodimlarga ish haqi
73,1 
71,8 
74,6 
79,7 
Smeta xarajatlari 
bo‗yicha:
Joriy xarajatlar
91,5 
88,8 
90,2 
90,3 
Kapital xarajatlar
8,5 
11,2 
9,8 
9,7 
 
Mamlakatlar uchun kadrlar tayyorlash sohasi bir nechta 
sabablarga ko‗ra muhimdir. Birinchidan, bu mamlakat 
rivojlanishining yuqori darajalariga erishish yo‗lidagi muhim 
qadam 
hisoblansa, 
ikkinchidan, 
ta‘limning 
sifati 
va 
samaradorligi inson kapitalining yuqori salohiyatini belgilab 
beradi. 
Har 
bir 
mamlakatda 
kadrlar 
tayyorlashni 
moliyalashtirishning turlicha modellaridan foydalaniladi. Ayrim 
davlatlarda ta‘limni moliyalashtirishga asosan xususiy 
mablag‗lar yo‗naltirilsa, ayrimlarida bu sektor asosan davlat 
mablag‗lari 
hisobidan 
ta‘minlanadi. 
Keyingi 
yillarda 

2
2
0


0
1
1
F
F
u
u
t
t
a
a
o
o
H
H
u
u
a
a
n
n
g
g
.
.
H
H
i
i
g
g
h
h
e
e
r
r
e
e
d
d
u
u
c
c
a
a
t
t
i
i
o
o
n
n
f
f
i
i
n
n
a
a
n
n
c
c
i
i
n
n
g
g
:
:
T
T
r
r
e
e
n
n
d
d
s
s
a
a
n
n
d
d
c
c
h
h
a
a
l
l
l
l
e
e
n
n
g
g
e
e
s
s
.
.
I
I
n
n
t
t
e
e
r
r
n
n
a
a
t
t
i
i
o
o
n
n
a
a
l
l
 
 
J
J
o
o
u
u
r
r
n
n
a
a
l
l
 
 
o
o
f
f
 
 
E
E
d
d
u
u
c
c
a
a
t
t
i
i
o
o
n
n
a
a
l
l
 
 
D
D
e
e
v
v
e
e
l
l
o
o
p
p
m
m
e
e
n
n
t
t
.
.
J
J
a
a
n
n
u
u
a
a
r
r
y
y
2
2
0
0
1
1
8
8
,
,
P
P
a
a
g
g
e
e
s
s
1
1
0
0
6
6
-
-
1
1
1
1
5
5
202
http://www.auditfin.com elektron manzili ma‘lumotlari asosida tuzildi. 


413 
mamlakatimizda ta‘lim sohasiga yo‗naltiriladigan davlat va 
xususiy sektor mablag‗lari o‗rtasidagi nisbat birmuncha 
o‗zgardi va xususiy manbalarning ustunligi kuzatilmoqda. 
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oliy 
ta‘limni moliyalashtirishning hajmi va usullari bir qator 
omillarga ko‗ra belgilanadi: 

mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi; 

oliy talim oldiga davlat va jamiyat qo‗yadigan vazifalarning 
ko‗lami; 

mamlakatda qaror topgan milliy qadriyatlar va an‘analar; 

oliy talim muassasalarini tashkil etish va boshqarishning 
o‗ziga xosligi. 
Mana shu holatlar ta‘lim muassasalarini moliyalash-
tirishning milliy modelining shakllantirishga xizmat qiladi. 
Yaponiya,
masalan AQSh, Kanada va Shvetsiyadagi kabi 
barcha uchun barobar bo‗lmagan, aksincha, oliy maqomdagi 
oliy ta‘lim modeliga ega, davlatning ta‘limga xarajatlarining 
YaIMdagi ulushi sezilarli darajada past. AQSh, Kanada va 
Shvetsiyada oliy ta‘lim hamma uchun ochiq, lekin bu – 
mamlakat rahbar doiralarining olib borayotgan siyosati, milliy 
an‘analarning natijasi hisoblanadi. Agar Yevropa mamlakatlari, 
xususan Fransiya, Germaniya oliy ta‘lim tizimini davlat 
byudjeti hisobidan ustuvor darajada moliyalashtirib va davlat 
tomonidan nazorat qilib, bozor iqtisodiyotining salbiy ta‘siridan 
himoya qilsa, AQShda oliy ta‘lim an‘anaviy tarzda federal 
hukumatdan mustaqil, bozor tuzilmalari bilan muntazam 
aloqada faoliyat qiladi, hatto davlat ta‘lim muassasalari ham 
pullik asosda faoliyat qiladi.
Hukumat tomonidan ajratiladigan davlat grantlari, 
talabalardan ta‘lim uchun olinadigan haq, tijorat faoliyatidan 
olinadigan daromadlar – oliy ta‘lim muassasalarini mablag‗ 
bilan 
ta‘minlaydigan 
manbalar 
hisoblanadi. 
Turli 
mamlakatlarda bu manbalarning nisbati turlicha bo‗lib, bu 
nisbat har bir mamlakatda ma‘lum davrlarda o‗zgarib turadi. 
Ta‘lim muassasasi talabalari kundalik sarf-xarajatlarini o‗zlari 


414 
ko‗taradilar. Buning uchun 
ota-onalarining mablag‗lari; 
hukumatdan 
olingan 
individual 
grantlar; 
talabalarga 
tarqatiladigan maxsus zaymlar; qo‗shimcha daromadlar
kabi 
manbalar va imkoniyatlar mavjud. Shuni ta‘kidlash joizki, 
tizimdan, jamiyatdan yoki qaysi mamlakatligidan qat‘iy nazar 
xarajatlar u yoki bu tarzda quyidagi to‗rt manbadan olinishi 
mumkin: ota-onalar, talabalar, soliq to‗lovchilar va ta‘lim 
muassasasi. Qayd etilgan moliyalashtirish manbalari ikki 
guruhga ajraladi: davlat va xususiy. 
Ko‗pgina 
xorijiy 
mamlakatlarda 
davlat 
byudjetini 
muvozanatlashtirish maqsadida davlat xarajatlari hajmini 
qisqartirishga harakat qilinadi. Hatto g‗arbiy Yevropada 
moliyalashtirish nisbati hukumat grantiga nisbatan ochiq-
oydin oliy o‗quv yurtining tijorat faoliyatidan yoki ta‘lim uchun 
to‗lovdan keladigan daromad tomon siljimoqda. Germaniya 
kabi mamlakatlarda ta‘lim uchun to‗lov amalda nominal tarzda 
belgilanadi, Buyuk Britaniyada esa ancha sezilarli darajada 
yuqori, lekin ko‗pchilik mamlakatlarda bu xarajatlarning 
og‗irligi talaba yashaydigan tuman yoki shahar hokimiyati 
zimmasiga tushadi, hukumat ta‘lim muassasalariga mustaqil 
tarzda ta‘lim uchun haq belgilashni taqiqlaydi. Hozirgi paytda 
bu tizim o‗zgarishlarga uchramoqda va tez orada ko‗pgina g‗arb 
mamlakatlarida 
ta‘lim 
uchun 
haq 
to‗lashni 
ta‘lim 
muassasalarining o‗zlari belgilaydi va moliyalashtirish asosan 
talabalar tomonidan amalga oshiriladi. Prognozlarga qaraganda 
bu hol ta‘lim sifatini ko‗tarishga imkon beradi, chunki talabalar 
o‗zlari tanlagan o‗quv yurtlariga yuqori talab qo‗yadilar, ta‘lim 
muassasalari esa o‗z navbatida, ta‘lim jarayoniga yuqori e‘tibor 
qaratadilar. Umuman olganda, ancha yuqori mehnat 
unumdorligini va umuman aholining yuqori daromadini 
ta‘minlovchi yuqori darajadagi ta‘lim hisobidan jamiyat faqat 
yutadi, bu – ta‘limga ketadigan xarajatlar bir qismini hukumat 
moliyalashtirishi ma‘qul ekanligining yaqqol dalilidir. Keyingi 
o‗rinda esa hukumatlarning e‘tiborini talabalar (ularning ota-
onalari) tomonidan to‗lanadigan badallarning adolatli nisbatiga 


415 
jamlash 
mumkin. 
Bugungi 
kunda 
ko‗pgina 
G‗arb 
mamlakatlarida bu nisbatda ko‗proq talabalar hisobidan 
moliyalashtirishning hissasi ortib, hukumatning salmog‗i 
kamayib bormoqda.
Ba‘zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish rivojlangan. 
Talabalar moliyaviy holatining keskinlashuvi bilan bog‗liq 
ziddiyat oqibat natijada o‗qish uchun xarajatlarning bir qismini 
o‗zining ish haqi hisobidan moliyalashtirishga o‗tishga olib 
keldi. Bu o‗qish muddatining uzayishiga va ta‘limning ancha 
moslashuvchan modeliga talabning yuzaga kelishiga ta‘sir 
ko‗rsatdi. Ammo ta‘lim uchun talabalardan olinadigan haq 
hatto AQSh davlat ta‘lim muassasalaridagi ta‘limga sarflarning 
faqat 20 foizini qoplaydi, xolos (xususiy ta‘limda 33%). Qolgan 
xarajatlar davlat va xususiy manbalardan moliyalashtiriladi. 
Ko‗pgina 
mamlakatlarda 
oliy 
ta‘limni 
davlatdan 
moliyalashtirishda byudjet taqchilligi yildan yilga saqlanib 
qolmoqda. 
Shuning 
uchun 
ta‘lim 
muassasalariga 
moliyalashtirishning qo‗shimcha manbalarini izlab topish 
huquqi beriladi va bunda ularga har tomonlama yordam 
ko‗rsatiladi. 
Tijorat faoliyati quyidagi shakllarda olib boriladi: 

universitet maydonlari va jihozlaridan konferensiyalar va 
boshqa ommaviy tadbirlar o‗tkazishda foydalanish; 

ta‘lim muassasalari ko‗rsatadigan xizmatlardan yoki 
ularga tegishli yerdan foydalanuvchi firmalarni tuzish; 

ta‘lim 
muassasasi 
mutaxassislarining 
tijorat 
kompaniyalariga maslahatlar berishini ta‘minlash; 

aholiga qo‗shimcha ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatish; 

buyurtmalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va 
boshqalar. 
Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizimni 
barpo etish yo‗lida amaliy qiyinchiliklar, masalan, foydani 
ta‘lim muassasalari va firmalar o‗rtasida taqsimlash borasida 
vujudga keladi. Ma‘lumki, agar universitet foydasining 
hammasiga ega chiqsa, bunday universitetda hech kim firma 


416 
ochmaydi. Ta‘lim muassasalariga tijorat faoliyatidan keladigan 
foyda qayta investitsiyaga yo‗naltirilsa, bunday hollarda ta‘lim 
muassasalariga beriladigan soliq imtiyozi sezilarli ahamiyat 
kasb etadi. 
Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlariga 
qo‗shimcha sarflarsiz va professor-o‗qituvchilarni qo‗shimcha 
jalb qilmay talabalar qabulini oshirish ta‘lim muassasalari 
samaradorligini oshirishning eng oson yo‗li hisoblanadi. Buni 
faqat 
ta‘lim 
muassasasiga 
jalb 
etilgan 
xodimlari 
ma‘qullagandagina 
oqlash 
mumkin. 
Biroq 
ko‗pgina 
universitetlarning 
professor-o‗qituvchilari 
ilmiy-tadqiqot 
faoliyatida qatnashadilar yoki tadqiqot institutlari bilan 
bog‗langanlar, bunday yondoshuv cheklangan imkoniyatga ega. 
Obyektiv 
sabablarga 
ko‗ra 
universitetning 
boshqa 
funksiyalarini cheklamay turib, o‗qituvchilar yuklamasini 
oshirish mumkin emas: talabalar soni faqat qo‗shimcha 
resurslar hisobigagina oshirilishi mumkin. Mana shuning 
uchun, masalan, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda 
60-yillarda ta‘lim tizimi juda qimmatga tushgan usulda 
kengaytirildi – mutlaqo yangi ta‘lim muassasalari (asosan 
universitetlar) bunyod etildi. 
Ancha keyinroq quyidagi tadbirlarga asosan mutaxassislar 
yetishtirishga e‘tibor qaratildi: 

kurslar muddatini qisqartirish; 

akademik yilni yozgi ta‘limni ham qo‗shib oshirish; 

sirtqi va kechki ta‘limni ancha kengaytirishdan 
foydalanish; 

katta guruhlarda ma‘ruza o‗qish (bu tegishli moddiy 
bazasiz mumkin emas) va ko‗p sonli o‗qituvchilarni talab 
qilmaydigan ta‘limni qo‗shib olib borish; 

masofaviy o‗qitishdan ancha kam foydalanish. 
Shunisi ayonki, yetarlicha resurslar bilan yordam bermay 
turib, ta‘lim muassasalariga samaradorlikni oshirish borasida 
tazyiq o‗tkazish ham ta‘lim, ham ilmiy tadqiqotlar sifatining 
pasayish 
ehtimolini 
oshiradi. 
Mana 
shuning 
uchun 


417 
samaradorlik ancha tez sur‘atlar bilan oshib borayotgan 
mamlakatlarda vaqt-vaqti bilan ham ta‘lim, ham ilmiy 
jarayonni barobar baholashga harakatlar amalga oshirilmoqda. 
Byudjet mablag‗lari haddan ziyod tejaladigan Yaponiya 
tajribasiga murojaat etaylik. Yaponiya ta‘lim tizimi mamlakat 
umumiy byudjeti uchun nisbatan arzon tushmoqda: Yaponiya 
hukumatining ta‘limga qiladigan sarfi yalpi milliy mahsulotning 
5,5-6 foizini tashkil etadi, AQShda bu ko‗rsatkich 7,1 foizni, 
Buyuk Britaniyada esa 7,7 foizni tashkil etadi. Shunga 
qaramay, 
yapon 
o‗quvchilari 
va 
talabalari 
ko‗pgina 
ko‗rsatkichlar 
bo‗yicha 
boshqa 
mamlakatlardagi 
tengdoshlaridan o‗zib ketgan. Ko‗rinadiki, yapon ta‘lim 
tizimining asosiy ustunligi iqtisodga institutsional o‗ziga 
xoslikka, xususan, davlat va xususiy sektor nisbatiga va o‗quv 
yurtlarini moliyalashtirishning o‗ziga xosligiga borib taqaladi: 
nodavlat sektorning ahamiyati boshlang‗ich ta‘limdan oliy 
ta‘limga tomon oshib boradi. 
Yaponiyada oliy ta‘lim barcha xohlovchilarga ochiq emas. 
U ham davlat, ham xususiy ta‘lim muassasalariga tayanadi. 
Yaponiyada 
davlat 
universitetlari 
asosan 
tabiiy-ilmiy, 
muhandislik fanlari bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash bilan 
shug‗ullanadi; nodavlat universitetlar, qoidaga ko‗ra gumanitar 
va ijtimoiy-iqtisodiy ixtisosliklar bo‗yicha mutaxassislar 
tayyorlashga ixtisoslashgan. Ko‗rinib turibdiki, davlat ko‗p sarf 
talab etadigan ixtisoslik bo‗yicha mutaxassis tayyorlashni o‗z 
bo‗yniga 
olmoqda: 
ma‘lumki, 
zamonaviy 
muhandisni 
tayyorlash, 
aytaylik 
huquqshunos 
yoki 
iqtisodchini 
tayyorlashdan ko‗ra qimmatga tushadi. Shunday qilib, ta‘lim 
tizimi bozorning nobarqarorligidan o‗zini muhofaza qiladi. 
Vaholanki, xususiy ta‘lim muassasalari ko‗p xarajattalab va 
nazariy fanlar bilan bog‗liq ixtisosliklar olishga qo‗yilgan 
boshlang‗ich mablag‗larning qaytmaslik xavfi tufayli rivojlanish 
imkoniyati pasayadi. 
Davlat ta‘lim standartlarini shunday belgilaydiki, nodavlat 
sektorida xarajatlar minimal darajaga keladi, bu ta‘lim uchun 


418 
haqni pasaytiradi, nodavlat oliy ta‘limiga talabni oshiradi. 
Oqibat natijada nodavlat universitetlarining soni ko‗payadi. 
Bunga dotatsiya siyosati ham, qimmat tushmaydigan 
ixtisoslikka o‗qitish uchun litsenziya berish va o‗qituvchi 
malakasiga talab ancha past ekanligi ham ko‗maklashadi. Bu 
ish haqini tejashga, xususiy universitetlarda bitta o‗qituvchiga 
to‗g‗ri keladigan talabalar sonining ko‗p bo‗lishiga imkon 
beradi. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, yapon ta‘lim tizimi o‗z 
muvaffaqiyati uchun ham hukumat boshqaruvi darajasidagi, 
ham davlatning o‗zidagi, ham nodavlat ta‘lim tizimidagi 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish