O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

menejment madaniyatining
yuqoriligidan minnatdor bo‗lsa 
arziydi. 
Ta‘lim 
muassasalarini 
moliyalashtirishning 
asosiy 
manbalari(davlat va xususiy manbalar)ga bag‗ishlangan 
munzaralarga qaytib, oliy ta‘lim tadqiqotchilari konsorsiumi va 
YuNESKOning Oliy ta‘lim bo‗yicha Yevropa markazi (SEPES) 
ekspertlari fikrini keltirish o‗rinlidir. Ular sof davlat yoki 
mutlaqo 
xususiy 
tarzda 
ta‘lim 
muassasalarini 
moliyalashtirishdan ko‗ra 
aralash moliyalashtirish
ancha 
samarali hisoblanadi, degan xulosaga kelganlar. Bu ham 
davlat, ham xususiy ta‘lim muassasalari uchun birdek 
samaralidir. Shu ma‘noda, AQSh ta‘lim muassasalarini 
moliyalashtirish tizimi e‘tiborga molik. 
Tarixan Amerikadagi ilk kollejlar xususiy korporatsiyalar 
tarzida shakllangan. Ular davlatdan mutlaqo mustaqil tarzda 
o‗z ta‘lim siyosati, standartlari va tartiblarini ishlab chiqqanlar. 
Ammo, II Jahon urushidan keyingi yillarda davlat ta‘lim 
muassasalaridagi talabalar miqdori muttasil oshib bordi. Agar 
1950-yilda talabalarning 49 foizi xususiy kollej va 
universitetlarda ta‘lim olgan bo‗lsa, keyinchalik davlat mahalliy 
kollejlari tarmog‗ining kengayishi tufayli nisbat o‗zgardi: davlat 
ta‘lim muassasalaridagi talabalar ulushi 78 foizdan oshdi. 
Oliy ma‘lumot to‗g‗risidagi diplom beruvchi AQShdagi 
3500 ta‘lim muassasasining yarmidan ko‗prog‗i – xususiy 


419 
korporatsiya hisoblanadi, moliyalash bo‗yicha mas‘uliyat 
homiylar zimmasiga yuklatilgan bo‗lib, ular mashhur sobiq 
bitiruvchilar va boshqa filantropik yordam ko‗rsatuvchilardan 
iborat. AQShdagi mashhur tadqiqot universitetlarining 
ko‗pchiligi – Garvard, Stenford, Stel, Chikago universitetlari va 
boshqa nom qozongan kollejlar, xususan, Amxerstdagi, 
Uilyamsdagi, Karetondagi ta‘lim muassasalari xayriyalarning 
sezilarli qismini oladilar va yuqori mavqega egadirlar. Bu 
ularga ta‘lim uchun yuqori darajada haq olish imkonini beradi 
(90-yillar boshida 20 ming dollardan yuqori bo‗lgan). 
Keyingi 
o‗n 
yilliklarda 
AQShdagi 
xususiy 
ta‘lim 
muassasalarining soni davlatga qarashlilarnikidan ko‗ra tezroq 
oshib bordi, ammo, ulardagi talabalar soni, birinchi galda, 
ta‘lim uchun haq yuqoriligi, shuningdek, davlat ta‘lim 
muassasalarida ham ayni bir xil diplom olish mumkinligi 
tufayli qisqarib ketdi. Bundan tashqari AQSh xususiy ta‘lim 
muassasalari o‗z hajmiga ko‗ra davlatnikidan ancha kichiq. 
Amerika ta‘lim muassasalarini moliyalashtirish besh 
asosiy manbadan amalga oshiriladi: 

federal byudjet, shtatlar byudjetlari va mahalliy 
hokimiyatlardan ajratiladigan mablag‗lar; 

ta‘lim va xizmatlar uchun talabalarning to‗lovlari; 

ta‘lim muassasasining o‗z faoliyatidan oladigan daro-
madlari; 

filantropik tashkilotlar va ayrim xususiy shaxslar 
xayriyalari; 

xususiy tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus 
jamg‗armalarda to‗plangan mablag‗lardan foizlar. 
Davlatning oliy ta‘limga yordami ta‘lim muassasasi 
umumiy daromadining o‗rtacha 40-45 foizini tashkil etadi va 
quyidagicha taqsimlanadi: federal hukumat byudjetidan – 10-
15 foiz, shtatlar byudjetidan – 25-30 foiz, mahalliy hokimiyat 
byudjetidan – 2-5 foiz. 
Federal yordam, Amerikalik mutaxassislar xulosasi 
bo‗yicha foyda olish maqsadida emas, balki zarurat tufayli 


420 
shakllangan va ta‘lim bevosita milliy manfaatlarga xizmat 
qilishi va milliy qadriyatning ahamiyatli unsuri ekanligiga ko‗ra 
hozirgi darajasiga erishadi. 
Shuni aytish joizki, oliy ta‘limning davlat yoki xususiy 
sektor ko‗p yoki kam samaraliligi xususida birdek ma‘lumot va 
dalillarni uchratish qiyin. Xususiy ta‘lim muassasalari ulushi 
ustunroq bo‗lgan mamlakatlar ham asosan davlat ta‘lim tizimi 
shakllangan davlatlar erishgan natijalarni qo‗lga kiritmoqda va 
aksincha, xususiy ta‘limning keng tarqalishi na iqtisodda, na 
ta‘lim sohasida qoniqarli natijalarga olib kelmayotgan 
mamlakatlar ham mavjud. 
Shunday 
qilib, 
keyingi 
o‗n 
yilliklardagi 
klassik 
universitetlar taraqqiyoti umumjahon miqyosida oliy ta‘lim 
iqtisodiyotidagi quyidagi umumiy yo‗nalishlarni belgilash 
imkonini beradi: 
1. Yevropadagi ko‗pgina mamlakatlarda keyingi bir necha 
yillar mobaynida nisbatan (ayrim joylarda mutlaqo) oliy ta‘limni 
moliyalashtirishning pasayishi yuz berdi. Bu hol Yevropa va 
Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi umumiy iqtisodiy pasayish 
bilan bog‗liq. Dunyodagi yirik universitetlarning barchasi o‗z 
sarflarini faqat ijtimoiy sohalardagina emas, balki o‗z 
professorlarini xizmat safariga yuborish va taklif etilganlarni 
qabul qilishda ham qisqartirmoqdalar. Masalan, Germaniya-
ning faxri bo‗lgan Geydelberg universiteti barcha o‗quv-ilmiy 
laboratoriyalarining, ular universitetga qay darajada foyda 
keltirishi nuqtayi nazaridan muntazam tahlilini o‗tkazadi, tahlil 
natijalariga ko‗ra esa o‗zini oqlamagan ayrim laboratoriyalarini 
yopadi. 
2. Ko‗pchilik rivojlangan mamlakatlarning ta‘lim muas-
sasalari davlat tomonidan moliyalashtiriladigan o‗quv-ilmiy va 
madaniy markazdan tobora ko‗proq, korporativ xususiyatlarga 
ega bo‗lgan bozor iqtisodiyotining iqtisodiy subyektiga 
aylanmoqda, shu jumladan, ular tarkibiy bo‗linmalarining 
samaraliligi va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini 
baholash 
olib 
borilmoqda. 
Universitetlarda 
ta‘limning 


421 
qo‗shimcha, 
iqtisodiy 
jihatdan 
foydali 
bo‗lgan 
turli 
shakllarining soni ko‗paymoqda, ilmiy tadqiqotlar esa tobora 
amaliy xususiyat kasb etmoqda va firmalar yoki xususiy 
jamg‗armalar tomonidan moliyalashtirilmoqda; ta‘limning turli 
shakllarida mutaxassislar tayyorlash tannarxi bo‗yicha faol 
tadqiqotlar olib borilmoqda, ta‘lim uchun haq to‗lashning 
tabaqalashtirilgan variantlari ko‗rib chiqilmoqda. 
3. Ta‘lim muassasalari taklif etayotgan qushimcha ta‘lim 
xizmatlarining keskin o‗sishi, shu jumladan, ta‘lim muas-
sasasini tugatgandan keyin ham ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatish. 
Bu jarayonni davlat ham rag‗batlantirmoqda, chunki yuqori 
malakali mutaxassisga ehtiyoj yuqoridir, bundan nodavlat 
sektori ham manfaatdor, chunki o‗z xodimlari malakasini 
oshirish ehtiyoji ham sezilarli darajada oshmoqda. Ta‘lim 
muassasalari ham iqtisodiy jihatdan qo‗shimcha ta‘lim 
ko‗rsatish tizimini rivojlantirishdan manfaatdor. Masalan, 
AQShda ta‘lim muassasalari diplom olgandan keyingi ta‘lim va 
qo‗shimcha ta‘lim xizmati ko‗rsatishdan bakalavriat ta‘limidan 
keladigandan ko‗ra ko‗proq daromad oladilar. 
4. Ta‘lim muassasalarining tobora ko‗proq avtonom 
(mustaqil) bo‗lishga intilishi, ya‘ni ta‘lim muassasalari borgan 
sari davlat tomonidan kamroq darajada, ko‗proq esa ta‘lim 
muassasasi o‗zi ishlab topgan mablag‗ hisobiga moliyaviy 
resurslar bilan ta‘minlanmoqda, bu davlat tomonidan 
nazoratning kuchayib borishi bilan mutanosib ravishda olib 
borilmoqda. Ta‘lim muassasasi faoliyati ustidan muntazam 
nazorat qilish tartibi yaratilmoqda. AQShda davlat, masalan, 
akkreditatsiyalangan turli (kasbiy yoki hududiy) agentliklar 
ishini rag‗batlantiradi, Fransiyada ta‘limni baholash bo‗yicha 
maxsus Milliy qo‗mita tuzilgan. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish