O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Shavkat Mirziyoyev
 


429 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha O‗zbekiston Birlashgan Millatlar Tash-
kilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‗liq erishganligi 
alohida ta‘kidlanadi‖
205

Shu bilan birga muhtaram Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning 2017-yilning 5-yanvar va 7-fevral kunlari 
mamlakatimiz sog‗liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi 
mutaxassislari bilan uchrashuvida ta‘kidlanganidek, tibbiyot 
sohasida bajarilishi lozim bo‗lgan ishlar, yechimini kutayotgan 
muammolar talaygina. Bugungi kunga kelib aholining munosib 
turmush darajasini ta‘minlovchi muhim ijtimoiy tarmoq 
sifatida sog‗liqni saqlash tizimida jiddiy muammolar yuzaga 
kelganligini e‘tirof etish lozim, xususan: 

tibbiy xizmatlarning yuqori sifatini ta‘minlashga qodir 
bo‗lmagan, yaxshi jihozlanmagan davolash muassasalari 
sonining ko‗pligi, natijada tarmoqni rivojlantirish va qo‗llab-
quvvatlashga yo‗naltiriladigan byudjet-moliya resurslarining 
haqiqiy ehtiyojni qoplay olmasligi, ulardan foydalanish 
samaradorligining pastligi;

ilgari yaratilgan va o‗z vaqtida yaxshi jihozlangan sog‗liqni 
saqlash muassasalari bugungi kunda zamonaviy talablarga, 
diagnostika va davolashning sifat standartlariga javob bermay 
qo‗yganligi;

qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish jarayonining 
tugallanmaganligi sababli uzoq tumanlarda joylashgan 
qishloqlar aholisi uchun tibbiy yordam olish imkoniyatining 
cheklanganligi;

birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik 
punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy 
yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda 
qolayotganligi; 

205
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan 


islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy 
mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan 
oldinga yurishdir. T.: O‗zbekiston. 2016-yil. 19-b. 


430 

shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot 
buyumlari bilan ta‘minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar 
tashkil etish bo‗yicha vazifalar ijrosi talab darajasida emasligi; 

tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta‘minlash 
ishlarining talabga javob bermasligi; 

respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 
faoliyatini takomillashtirish bo‗yicha sezilarli ishlar amalga 
oshirilmayotganligi; 

dorixona muassasalari tarmog‗ini yanada optimallash-
tirish, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab 
chiqarish va narx belgilash tizimini takomillashtirish va ular 
faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishning zarurligi; 

sog‗liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish 
ishlariga yetarlicha e‘tibor berilmaganligi.
Sog‗liqni saqlash tizimidagi shu va shu kabi boshqa 
davolash va diagnostika, tashkiliy va huquqiy, iqtisodiy va 
moliyaviy masalalardagi muammolarni chuqur tahlil qilish va 
o‗rganish 
asosida 
2017-2021-yillarda 
O‗zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida 
aynan sog‗liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga 
qaratilgan quydagi ustuvor yo‗nalishlar belgilangan (16.2-
rasm). 
Harakatlar strategiyasini 2017-―Xalq bilan muloqot va 
inson manfaatlari yili‖da hamda 2018-―Faol tadbirkorlik, 
innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash 
yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarida sog‗liqni 
saqlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator 
aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilangan bo‗lib, Dasturda 
ularning bir necha yo‗nalishlarda olib borilishi ko‗zda tutilgan. 
Bu tadbirlar tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya 
qilish, mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkam-
lash, tibbiyot va farmasevtika faoliyatining qonuniy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan 
aholi qatlamlariga ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar miqdori va 
sifatini oshirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, 


431 
kasalliklarning oldini olish maqsadida sanitariya-profilaktika 
ishlari samarasini oshirish, chekka hududlarda yashovchi 
aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, tibbiyot xodimlari 
mehnatini rag‗batlantirish, ularning yashash va ishlash 
sharoitlarini yaxshilash, tug‗ma va irsiy kasalliklarni barvaqt 
aniqlash choralarini ko‗rish kabilarga qaratilgan. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish