16.3. Davlat sog„liqni saqlash muassasalarining tarkibi,
ularning xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan
moliyalashtirishning xususiyatlari
Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o‗n
yilliklar davomida shakllangan tartiblarga muvofiq, davlat
sog‗liqni saqlash muassasalari faoliyatini rejalashtirish odatda
quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1.Aholi soni va uning tibbiyot muassasasidagi o‗rinlarga
ehtiyoj me‘yorlari asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish
quvvatlari (u yoki bu profil yo‗nalishlari bo‗yicha o‗rinlar -
koykalar soni)ni aniqlash.
2.Muayyan muassasa uchun o‗rnatilgan namunaviy shtat
normativlari bo‗yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab
topish.
3.Koykalar
soni
va
tuzilishi(terapevtik,
xirurgik,
nevrologik)ga ko‗ra ish hajmini rejalashtirish.
211
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-
2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qaroriga sharh. O‗zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda.
444
4.Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar
ishining ko‗rsatkichlari(koyka-kunlar soni)ga asoslanib tibbiyot
muassasasini saqlash uchun moliyaviy resurslarga bo‗lgan
ehtiyojni aniqlash.
Davlat sog‗liqni saqlash tizimidagi har bir muassasaning
ishi operativ tarmoq ko‗rsatkichlari, masalan, kasalxonalardagi
o‗rinlarning o‗rtacha yillik soni (jami va o‗rinlar profillari
bo‗yicha), bir yilda o‗rinlarning ishlash kunlari soni, o‗rin-
kunlar miqdori, barcha toifadagi xodimlar bo‗yicha o‗rtacha
yillik shtatlar birligi soni, ambulatoriya-poliklinikalarda vrach
qabullari soni bilan tavsiflanadi.
Davolash-profilaktika
muassasalari
aholiga
tibbiy
xizmatlarni asosan ikki shaklda ko‗rsatadi: kasalxonaga
yotqizib statsionar (turg‗un) davolash va ambulatoriya-
poliklinikada tibbiy xizmat ko‗rsatish. Turg‗un davolash
muassasalarining asosiy ko‗rsatkichlaridan biri – o‗rin-kunlar
soni bo‗lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy
ko‗rsatkichini vrach qabullari soni va uning asosida
aniqlanadigan vrach lavozimlari soni tashkil qiladi. Muassasa
xarajatlarini rejalashtirishda o‗rin-kunlar soni, vrach qabullari
soni hamda vrach lavozimlari soni kabi ko‗rsatkichlar,
shuningdek, ularga nisbatan o‗rnatilgan xarajat me‘yorlari asos
qilib olinadi.
2001-2010-yillarda sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar
yo‗nalishlaridan biri birlamchi tibbiyot muassasalarini
boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullariga o‗tish,
byudjet mablag‗larini taqsimlashning jahon amaliyotida
ma‘qullangan jon boshiga qarab rejalashtirish uslublarini joriy
qilishdan iborat bo‗ldi. Ana shu dasturiy vazifani bajarish
doirasida bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va
amaliyotga tatbiq etildi. Ularga ko‗ra qishloq hududlarida
joylashgan qishloq vrachlik punktlari (QVP) va qishloq vrachlik
ambulatoriyalari
(QVA)
qayta
tashkil
qilindi,
ularni
moliyalashtirish makaziy tuman shifoxonasi tarkibidan
chiqarilib, bevosita viloyatlar sog‗liqni saqlash boshqarmalariga
445
o‗tkazildi, birlamchi tibbiyot-sanitariya yordamini ko‗rsatish
(BTSYOK) muassasalariga yuridik shaxs maqomi berildi, ular
xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishda ularga
biriktirilgan aholi soni, har bir aholi birligi uchun o‗rnatilgan
xarajat me‘yorlari va aholining yoshi, jinsi, aholi zichligi va
boshqa ko‗rsatkichlarga ko‗ra o‗rnatiladigan tuzatuvchi
koeffitsientlarni qo‗llash tartiblariga o‗tildi. Bu tartiblar tajriba
tariqasida avval bir necha viloyatda, so‗ngra esa butun
mamlakat bo‗yicha BTSYOK muassasalari xarajatlarini
rejalashtirish jarayoniga tatbiq etildi va bir kishi hisobiga
xarajatlar
normatividan
kelib
chiqib
moliyalashtirish
sharoitlariga bosqichma-bosqich o‗tkazildi.
BTSYO qishloq muassasalari byudjetini hisobot davridagi
sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xarajatlari, kapital
qo‗yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno
etgan holda viloyat sog‗liqni saqlash umumiy byudjetiga bo‗lish
yo‗li bilan aniqlanadi.
Bunda
alohida
olingan
BTSYOK
muassasasini
moliyalashtirishning yillik hajmi tuzatish koeffitsientlaridan
(jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan holda bir kishi
hisobiga
xarjatlarning
bazaviy
normativi
va
BTSYO
muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib
belgilanadi. Har bir keyingi rejalashtiriladigan yilga bir kishiga
xarajatlarning
bazaviy
normativi
belgilangan
tartibda
aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsiyentlari hisobga olingan
holda hisoblab chiqiladi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya
vazirligi va Sog‗liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimliklari
moliya boshqarmalari va sog‗liqni saqlash boshqarmalari
BTSYO qishloq muassasalari byudjetlarini hisoblab chiqadi va
ularni xarajatlar guruhiga bo‗lmasdan bitta summa bilan
BTSYO muassasalariga yetkazadi. BTSYO qishloq muassasalari
belgilangan
tartibda
moliya
organlarida
ro‗yxatdan
o‗tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini ajratilgan
byudjet doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
446
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston
Respublikasida sog‗liqni saqlash tizimini isloh kilish davlat
dasturi to‗g‗risida"gi 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli
farmoniga va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining 1999-yil 5-martdagi ―Farg‗ona viloyatida sog‗liqni
saqlashning boshlang‗ich bo‗g‗inini isloh kilish loyihasini
amalga oshirish to‗g‗risida‖gi 100-sonli qaroriga muvofiq
―Salomatlik-1‖ loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Farg‗ona, Sirdaryo,
Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi va
Xorazm viloyatining uchta tumanida qishloq vrachlik
punktlarini, qishloq vrachlik ambulatoriyalari va feldsher-
akusherlik punktlari komplekslarini bir kishi hisobiga
xarajatlar
normatividan
kelib
chiqib
moliyalashtirish
mexanizmi joriy etilgan.
Sog‗liqni
saqlash
sohasida
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish, barcha BTSYOKning qishloq muassasalarida
moliyalashtirishning yangi mexanizmini yoyish va uni BTSYO
ayrim shahar muassasalarida eksperiment sifatida joriy etish,
shuningdek, ―Salomatlik-2‖ va ―Ayollar va bolalar sog‗ligini
mustahkamlash‖ dasturlari doirasida boshlang‗ich tibbiy-
sanitariya yordami muassasalarini boshqarishni takomil-
lashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-
sentyabrda O‗zbekiston Respublikasi ―Sog‗liqni saqlash
muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 217-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu
qaror
bilan
BTSYO
qishloq
muassasalarini
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatida – 2005-yil
1-oktyabrdan boshlab, Andijon, Buxoro, Namangan va
Surxondaryo viloyatlarida – 2006-yil 1-yanvardan boshlab,
Jizzax, Qashkadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida –
2007-yil 1-yanvardan boshlab bir kishi hisobiga xarajatlar
normatividan kelib chiqib moliyalashtirish sharoitlariga
bosqichma-bosqich o‗tkazish nazarda tutildi.
447
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
bilan birgalikda ―Ayollar va bolalar sog‗ligini mustahkamlash"
loyihasi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi bilan OTB
o‗rtasidagi qarz bitimiga muvofiq, tuman (shahar) sog‗liqni
saqlash turg‗un muassasalarini
Do'stlaringiz bilan baham: |