Tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun mehnatga haq
to„lash bo„yicha razryadlar
215
Lavozimlar nomi
Razryad
Kichik tibbiy xodimlar
1. Barcha nomlardagi sanitarka va boshqa kichik tibbiyot xodimlari
1
2.Bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshira
1
3. Xo‗jalik bekasi
2
O‗rta tibbiy xodimlar
1. Tibbiy ro‗yxatdan o‗tkazuvchi, dezinfektor
2
2. Barcha nomlardagi tibbiyot hamshirasi, shafqat hamshirasi,
feldsher, akusherka, laborant, rentgen laboranti, tibbiyot statistigi,
tish texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim
- toifasiz
2
- II toifa
3
- I toifa
4
- oliy toifa
5
3. Operatsiya hamshirasi, anestezist-hamshira, reanimatsiya va
intensiv terapiya bo‗limlari hamshirasi, tug‗ruqxona(bo‗lim)ning
215
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi
―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash
to‗g‗risida‖gi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasi davlat
muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‗lash tartibi va
shartlari to‗g‗risidagi Nizom‖. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-sonli
qarori tahririda - O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2006-y., 28-29-
son, 274-modda.
451
akusherkasi, sanitariya vrachining yordamchisi, parazitolog
vrachning yordamchisi, entomologning yordamchisi
- toifasiz
3
- II toifa
4
- I toifa
5
- oliy toifa
6
4. Bo‗lim (filial) feldsheri, akusherkasi; katta tibbiy hamshira, katta
feldsher, katta akusherka; tish vrachi, shoshilinch yordam katta
feldsheri, hamshiralik ishi mutaxassisi, нetakchi tibbiy hamshira
- toifasiz
4
- II toifa
5
- I toifa
6
- oliy toifa
7
Vrach xodimlar
1. Mutaxassis vrach
- toifasiz
6
- II toifa
7
- I toifa
8
- oliy toifa
9
2. Bemorlarni operatsiya qiladigan barcha nomlardagi vrach-xirurg;
tezkor faoliyatni ta‘minlaydigan va reanimatsiya chora-tadbirlarini
amalga oshiradigan anesteziolog-reanimatolog vrach; davolash
tadbirlarini amalga oshiradigan endoskopist vrach; tez tibbiy yordam
ko‗chma brigadasi mutaxassis vrachi; umumiy amaliyot vrachi
- toifasiz
7
- II toifa
8
- I toifa
9
- oliy toifa
10
Tibbiyot xodimining yuqoridagi tarmoq tarif setkasi
bo‗yicha aniqlangan bazaviy tarif stavkasi u ishlaydigan
muassasaning mehnatga haq to‗lashning takomillashtirilgan
tizimi joriy etiladigan davlat muassasalarining qaysi guruhiga
mansubligiga ko‗ra tuzatish koeffitsientini qo‗llagan holda
oshiriladi. Sog‗liqni saqlash muassasalari guruhlari bo‗yicha
quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qo‗llaniladi:
Muassasa guruhi
Tuzatish koeffitsienti
I-guruh
1,0
II-guruh
1,03
III-guruh
1,05
IV-guruh
1,15
452
Shunday qilib, tibbiyot xodimining ish haqi miqdori
xodimning egallab turgan lavozimiga (kichik va o‗rta tibbiy
xodimlar, vrachlar), uning malaka toifasiga (toifasiz, 2-malaka
toifali, 1-malaka toifali, oliy malaka toifali) va
muassasaning
guruhiga (I-, II-, II-, IV-guruh) bog‗liq bo‗ladi.
Sog‗liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning
o‗rinbosarlari, shuningdek, bosh tibbiyot hamshiralari uchun
mehnatga haq to‗lash bo‗yicha tarif setkasi bo‗yicha razryad
sog‗liqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalash-
tiriladi. Sog‗liqni saqlash muassasalarini tiplarga ajratish
tartibi to‗g‗risidagi nizom, shuningdek tasdiqlangan tarmoq
tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga
haq to‗lash razryadlari va tarif koeffitsientlari O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda
tibbiyot
muassasasi
quvvatini,
ambulatoriya-poliklinika
tarmog‗i uchun – xizmat ko‗rsatiladigan aholi sonini hamda
kasalxona muassasalari uchun – davolanib chiqqan bemorlar
sonini hisobga olib O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash
vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda
Moliya vazirligining qo‗shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Sog‗liqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka
tegishli bo‗lmagan va davolash, diagnostika yoki profilaktika
faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi bo‗linmalarining
(buxgalteriya, iqtisodiy bo‗limlar, kadrlar bo‗limi, muhandislik
inshootlari, asbob-uskunalarni ta‘mirlash va ularga xizmat
ko‗rsatish, avtomobil parki va boshqalar) rahbarlari mehnatiga
Masalan, ixtisoslashtirilgan statsionar muassasada ishlovchi oliy malaka
toifasiga ega bo‗lgan operatsiya qiladigan vrach-xirurgning bazaviy ish haqi
miqdori amaldagi eng kam ish haqi miqdorini 10-razryadga to‗g‘ri keluvchi
tarif koeffitsiyentiga va ixtisoslashtirilgan statsionar muassasa taalluqli bo‗lgan
III-guruhning tuzatuvchi koeffitsiyentiga ko‗paytirish orqali aniqlanadi:
EKIH
7,629
1,05 = bazaviy ish haqi miqdori
453
haq to‗lash Mehnatga haq to‗lash bo‗yicha Yagona Tarif Setkasi
asosida barcha byudjet tashkilotlaridagi kabi amalga oshiriladi.
Shuningdek, tibbiyot muassasalari xodimlari ish haqini
hisoblashda ularning asosiy ish haqlariga qo‗shimcha va
ustamalar tizimi amal qiladi. Ularning miqdorlari tegishli
me‘yoriy-huquqiy
hujjatlar
(masalan,
―O‗zbekiston
Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika
xodimlari mehnatiga haq to‗lash tartibi va shartlari to‗g‗risidagi
Nizom‖) bilan o‗rnatiladi, odatda bu ustama va qo‗shimcha
to‗lovlar amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan
foizlarda hamda tibbiyot xodimining bazaviy lavozim okladiga
nisbatan foizlarda belgilanadi. Bu ustama haqlar va
qo‗shimcha to‗lovlar:
mehnatning sog‗liq uchun xavfliligi va o‗ta og‗ir sharoitlari
uchun;
sog‗liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‗linmalariga
mudirlik qilganlik uchun;
ilmiy
darajaga
ega
bo‗lganligi
yoki
"O‗zbekiston
Respublikasida xizmat ko‗rsatgan sog‗liqni saqlash xodimi"
faxriy unvoni uchun;
turg‗un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda va
bayram kunlari ishlaganligi uchun;
alohida muassasalar, bo‗linmalar va lavozimlarda uzluksiz
ish staji uchun;
maslahatlar berganligi uchun va boshqa holatlarda
o‗rnatiladi.
Tibbiyot muassasasining moddiy rag‗batlantirish va
rivojlantirish jamg‗armasi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli ―Tibbiyot xodimlari
mehnatiga haq to‗lash tizimini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi
qarori hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli ―Tibbiyot xodimlari
mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini
tasdiqlash
to‗g‗risida‖gi
qaroriga
muvofiq
tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va
454
tibbiyot
xodimlari
mehnatini
moddiy
rag‗batlantirish
maqsadida 2006-yil 1-yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari
hisoblangan
barcha
tibbiyot
muassasalarida
Tibbiyot
muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish
jamg‗armasi
tashkil etildi. Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi
manbalar hisobidan shakllantiriladi:
tibbiyot
muassasasi
uchun
ajratiladigan
byudjet
mablag‗lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‗lgan qismi;
homiylik va donor tashkilotlaridan hamda pullik davolash
va xizmatlar ko‗rsatishdan tushadigan mablag‗lar;
tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashda tejalgan
byudjet mablag‗lari.
16.6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |