16.4. Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini
moliyalashtirish tajribalari
Jahon amaliyotida mamlakatdagi sog‗liqni saqlash
sohasini moliyalashtirishning quyidagi modellari shakllangan:
Birinchi model – xususiy tibbiy sug‗urtaga asoslangan model
bo‗lib, bu modelda sog‗liqni saqlash xizmatlari asosan aholining
shaxsiy mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. Tibbiy
xizmatlarga bo‗lgan talabni qondirishning asosiy vositasi bozor
hisoblanadi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari,
yolg‗iz qariyalar, turli kasalliklarning tarqalishiga qarshi
profilaktika tadbirlari esa davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Ushbu model AQSHda ustuvor darajada amal qiladi. Ikkinchi
model tibbiyot sohasi xarajatlarini davlat ijtimoiy sug‗urtasi
mablag‗lari hisobidan moliyalashtirish modeli bo‗lib, bunda
sug‗urta badallari majburiy soliqlar shaklida yig‗iladi, ushbu
yig‗ilgan mablag‗larni taqsimlash davlat boshqaruv organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim Buyuk Britaniya,
Kanada, Italiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda
amal qiladi. Uchinchi model aholini ijtimoiy jihatdan
himoyalashni davlat tomonidan tartibga solish bilan birga,
bozor munosabatlariga asoslangan holda ijtimoiy sug‗urtani
keng joriy qilish hamda sog‗liqni saqlash tizimini ko‗p kanalli
moliyalashtirish modeli bo‗lib, bir qator mamlakatlarning milliy
tibbiyot tizimlarini moliyalashtirish amaliyotiga keng joriy
qilingan. Bunda davlat aholiga, ularning daromadlilik
darajasidan qat‘i nazar, tibbiy xizmat olishlarini kafolatlaydi.
Bu modelning asosini majburiy tibbiy sug‗urta tashkil qiladi.
Xorijiy tajribalar shuni ko‗rsatadiki, tibbiy xizmatlarni
moliyalashtirish
xarajatlari
turli
manbalardan
amalga
oshiriladi:
– davlat byudjeti;
– majburiy tibbiy sug‗urta;
– xususiy tibbiy sug‗urta;
458
–tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri pullik
to‗lovlar.
Jahon
mamlakatlarida
sog‗liqni
saqlash
tizimini
moliyalashtirishning yuqorida sanab o‗tilgan manbalarining sof
holda faqat bittasidan foydalanmaydi. Milliy tibbiyot tizimlarini
moliyalashtirishda
barcha
davlatlar
sanab
o‗tilgan
manbalardan aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya,
Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda
majburiy tibbiy sug‗urta tizimi yuqori darajada rivojlangan.
Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada
byudjetdan moliyalashtirish tizimi keng tarqalgan. AQSHda esa
xususiy tibbiy sug‗urta tizimi faoliyati barqaror shakllangan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi davlatlarida byudjetdan
moliyalashtirish tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga,
Qirg‗iston, Rossiya, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya kabi
mamlakatlarda majburiy ijtimoiy tibbiy sug‗urta joriy etilgan.
Shuningdek, Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ekspertlari
(S. Hakansson, V. Majnoni, D‘Intignano, G.H. Mooney, J.L.
Roberts, G.L. Stoddart, K.S. Johansen, H. Zollner) tomonidan
turli mamlakatlar sog‗liqni saqlash tizimlarini bir-biridan
farqlaydigan quyidagi modellari tasnifi ham taklif qilingan:
―Universallashgan model‖
(Buyuk Britaniya, Irlandiya,
qisman Daniya) – milliy sog‗liqni saqlash tizimining asosiy
qismi umumiy soliqlar evaziga moliyalashtiriladi. tibbiyot
xizmatlari asosan davlat sog‗liqni saqlash muassasalarida
amalga oshiriladi. Bunda vrachlar, mutaxassislar chetdan
kontrakt asosida yollanadi.
―Kontinental model‖
(Germaniya, Avstriya, Fransiya,
Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg) – sog‗liqni saqlash
muassasalari asosan ish haqi fondidan ajratiladigan
ajratmalar, shuningdek, davlatning maxsus jamg‗armalari
evaziga moliyalashtiriladi. Ularning ulushi jami sog‗liqni
saqlash xarajatlarining ¾ qismiga teng.
―Janubiy model‖
(Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, qisman
Italiya) – sog‗liqni saqlash xarajatlarining aksariyat qismi ish
459
haqi fondi va bandlikka ko‗maklashish fondiga to‗g‗ri keladi.
tibbiyot xizmati aholiga ham davlatga qarashli bo‗lgan, ham
xususiy klinikalar tomonidan ko‗rsatiladi.
―Skandinaviya modeli‖
(Shvetsiya, Finlyandiya va Daniya)
– sog‗liqni saqlash xarajatlari asosan daromad soliqlari evaziga
qoplanadi (markaziy va mahalliy byudjetlar darajasida). Bunda
tibbiyot uchun to‗lovlar fuqaro oladigan ish haqiga to‗g‗ridan
to‗g‗ri bog‗liq bo‗ladi. Tibbiyot xizmatlari aholiga ham davlatga
qarashli, ham xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan
ko‗rsatiladi.
―Xususiy model‖
(AQSH) – sog‗liqni saqlash tizimi
xarajatlari asosan fuqarolar hisobidan, qisman esa, davlat
mablag‗lari evaziga moliyalashtiriladi. tibbiyot xizmatlarini
taklif etuvchilar asosan xususiy sektor vakillariga to‗g‗ri keladi.
―Iqtisodiyoti o‗tish sharoitidagi davlatlar modeli‖
(Sharqiy
Yevropa, MDHning bir qator mamlakatlari, Rossiya) - ushbu
davlatlarda sog‗liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimi
asosan davlat byudjeti mablag‗lariga asoslanadi, shuningdek
qisman tibbiyot sug‗urtasi mablag‗lari ham qo‗llaniladi. Mazkur
davlatlarda sog‗liqni saqlash sohasi pullik xizmat ko‗rsatish
institutlariga o‗tkazilmoqda.
Tarixan har bir mamlakatda tibbiy yordam ko‗rsatish,
aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashga iqtisodiy
resurslarni jalb qilishning o‗ziga xos usul va vositalari
shakllangan va rivojlangan. Jamiyat tomonidan ajratilgan
iqtisodiy resurslarning miqdori va sifati hamda sog‗liqni
saqlash
tizimida
ulardan
foydalanish
samaradorligi
mamlakatda tarixan shakllangan murakkab iqtisodiy, siyosiy,
ma‘naviy-ahloqiy va boshqa munosabatlar bilan belgilanadi.
Quyida keyingi yillarda sog‗liqni saqlash tizimiga eng ko‗p
mablag‗ ajratadigan mamlakatlar reytingini keltiramiz:
1. Amerika Qo‗shma Shtatlari.
AQSHda sog‗liqni saqlash
sohasiga xarajatlarning aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan
miqdori 9 451 AQSH dollarini tashkil qiladi. AQSH jahon
miqyosida ko‗pgina sohalarda katta mavqega ega bo‗lgan eng
460
rivojlangan mamlakat bo‗lish bilan birga, o‗z fuqarolariga
universal va keng qamrovli tibbiy sug‗urta tizimini
kafolatlamaydigan yagona
rivojlangan davlat hisob-
lanadi. Amerika tibbiyot
tizimida
hayron
qolarli
darajada yutuqlarga ega
bo‗lgani bilan, millionlab
amerikaliklar bu yutuqlar-
dan, tibbiy xizmatlarning
nihoyatda qimmatligi bois,
foydalana olmaydilar. Mam-
lakat fuqarolarining ijti-
moiy muhofazaga muhtoj
qatlamlari uchun AQSH
huku-mati ikkita maxsus
tibbiy dasturni – ―Medicaid‖ va ―Medicare‖ dasturlarini taqdim
etadi.
2.
Shveytsariya.
Mamlakatda
sog‗liqni
saqlash
xarajatlarining aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan miqdori 6935
dollarni tashkil qiladi. Shveytsariya sog‗liqni saqlash tizimining
asosini majburiy tibbiy sug‗urta tashkil qiladi. U butun
mamlakat hududi bo‗ylab barcha aholi uchun majburiydir.
Mamakat sug‗urtalangan aholi soni bo‗yicha dunyoda 1-o‗rinni
egallaydi. Bu yerda tibbiyot sug‗urtasi xususiy, lekin davlat
uchun ham, fuqarolar uchun ham juda qulay tashkil etilgan. U
aholi salomatligi bo‗yicha yuzaga keladigan har qanday
muammo bo‗yicha aniq kafolatlar va keng imkoniyatlar beradi.
Mamlakatda majburiy tibbiy sug‗urta bilan 130ga yaqin
sug‗urta kompaniyalari shug‗ullanadi, ular o‗rtasidagi raqobat
juda kuchli. Majburiy tibbiy sug‗urta tizimida faoliyat yuritish
uchun sug‗urta kompaniyalari qator zaruriy talablarga javob
berishi va Federal ijtimoiy sug‗urta ofisida ro‗yxatdan o‗tishi
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |