Ijtimoiy ta’minot
xizmatlari va to‘lovlari
manbalari
475
-
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok
etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy
xizmatni o‗tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‗llab-
quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida
belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to‗lash xarajatlari
va b.
b) mahalliy byudjetlardan:
-
mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi bolalar uylari, davlat
bolalar shaharchalarini saqlab turish xarajatlari;
-
mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi qariyalar va
nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari,
nogironlarni
reabilitatsiya
qilish
markazlarini,
boshqa
muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek, aholini
ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
-
uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish xarajatlari;
-
shahar
yo‗lovchilar
transporti
tashuvchilarining
yo‗lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo‗yicha tashish,
shuningdek, alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish
xizmatlarini ko‗rsatish bilan bog‗liq zararlarning o‗rnini qoplash
xarajatlari va b.
Ma‘lumki, ijtimoiy ta‘minotning markazida pensiya
ta‘minoti turadi. Ko‗pchilik davlatlarda pensiya ta‘minotini
mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadida markazlashgan tartibda
maxsus fondlar – Pensiya fondlari tuziladi. Ularning asosiy
maqsadi shu mamlakat pensiya qonunchiligi bilan belgilangan
pensiyalar va boshqa ijtimoiy to‗lovlarni moliyalashtirishdan
iborat.
Bugungi kunda byud-
jetdan
tashqari
Pensiya
jamg‗armasidan
quyidagi
pensiyalar va ijtimoiy nafa-
qalar to‗lanadi, shuningdek,
fuqarolarning ijtimoiy ta‘mi-
noti bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa sarfiyotlar amalga oshiriladi:
-
ishlayotgan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‗lash;
Bizning mamlakatimizda ijtimoiy
ta‘minot vazifalarini davlat byudjeti
bilan birga byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasi bajaradi.
476
-
ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiyalarini
to‗lash;
-
davlat pensiya ta‘minoti huquqiga ega bo‗lmagan
qariyalar va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarga nafaqalar
berish;
-
dafn marosimlari uchun nafaqalar;
-
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar.
Fuqarolar ijtimoiy ta‘minotining ayrim shakllari va turlari
Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi
tomonidan
moliyalashtiriladi, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
-
ishsiz, deb topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash,
ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
xarajatlari;
-
ishsizlik bo‗yicha nafaqalar, bandlikka ko‗maklashish va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari taklifiga binoan
ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‗chib o‗tish
munosabati bilan kompensatsiyalar to‗lash hamda ishsizlarga
moddiy yordam berish;
-
ishsiz, deb topilgan shaxslarga muddatidan ilgari
pensiya
tayinlanishi
munosabati
bilan
O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasi xarajatlarining o‗rnini qoplash;
-
nogironlar, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj
bo‗lgan boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun
ixtisoslashtirilgan ish o‗rinlarini va ishlab chiqarishlarni tashkil
etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish;
-
ish bilan band bo‗lmagan aholiga yordam ko‗rsatish, shu
jumladan, ishga joylashtirishga ko‗maklashish va maslahat
xizmatlari ko‗rsatish bilan bog‗liq xarajatlar;
-
aholi bandligi bilan bog‗liq masalalar bo‗yicha xalqaro
hamkorlikni hamda xalqaro loyihalar va shartnomalarni
amalga oshirishni moliyalashtirish;
-
chet elga ishga yuborilgan O‗zbekiston Respublikasi
fuqarolarining ishga joylashtirilishini tashkil etish va ularning
477
ijtimoiy muhofaza qilinishini ta‘minlash bilan bog‗liq xarajatlar
va b.
O‗zbekiston
kasaba
uyushmalari
Federatsiyasi
Kengashining ijtimoiy sug‗urta byudjeti
quyidagi manbalar
hisobiga shakllantiriladi:
-
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan
belgilanadigan, O‗zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Kengashiga
xodimlar
va
ularning
oila
a‘zolarini
sog‗lomlashtirish uchun yagona ijtimoiy to‗lovdan yo‗naltirilgan
ajratmalar hisobiga;
-
belgilangan tartibda xodimlarga davolanish va dam olish
uchun berilgan yo‗llanmalar uchun ulardan olingan mablag‗lar
hisobiga;
-
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‗lar
hisobiga.
Kasaba
uyushmalari
Federatsiyasi
Kengashining
mablag‗lari tegishli kasaba uyushmalari organlarining qarorlari
bilan tasdiqlanadigan byudjet va smetalarida belgilangan
maqsadlarga muvofiq xodimlar va ularning oila a‘zolarini
sog‗lomlashtirish uchun quyidagilarga sarflanadi:
-
sanatoriy-kurortlarda davolanish, pansionat va dam
olish uylariga yo‗llanmalar olishga;
-
korxonalar va o‗quv muassasalaridagi sanatoriy-
profilaktoriylarda,
sanatoriy-profilaktoriylarning
ijtimoiy
sug‗urta uchun tasdiqlangan smetasiga muvofiq, xodimlar yoki
talabalarni sog‗lomlashtirish xarajatlarini qisman qoplashga
(xodimlarning mehnatiga haq to‗lashga, davolanuvchilarning
ovqatlanishi, davolanishi, ularga madaniy xizmat ko‗rsatishga);
-
bolalar sog‗lomlashtirish oromgohlarida bolalarning
ta‘minotida,
bolalarni
sog‗lomlashtirish
oromgohlarining
tasdiqlangan smetalariga muvofiq, xissali ishtirok etishga
(xodimlarning
mehnatiga
haq
to‗lashga,
bolalarning
ovqatlanishi, davolanishi, ularga madaniy xizmat ko‗rsatishga);
-
kasaba uyushmalari huzuridagi bolalar va o‗smirlar
sport maktablari (BO‗SM) xodimlarining mehnatiga haq to‗lash
478
va moliyaviy imkoniyatlari darajasida sport anjomlarini xarid
qilish, o‗quv-sport tadbirlarini o‗tkazish uchun qisman mablag‗
ajratishga;
-
o‗z sport bazalari bo‗lmagan taqdirda hududiy
birlashmalar tomonidan tasdiqlangan BO‗SMning smetasiga
muvofiq, istisno tariqasida, binolarni ijaraga olishga;
-
ijtimoiy
sug‗urta
bo‗yicha
tashkiliy-ma‘muriy
xarajatlarni moliyalashtirishga, kadrlarni tayyorlash, o‗qitish,
sog‗lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etuvchi shifokorlar va
boshqa kadrlarning ta‘minotiga;
-
O‗zbekiston
kasaba
uyushmalari
Federatsiyasi
Kengashining tasdiqlangan smetasi qurilish va rekonstruksiya
qilinadigan obyektlarning manzilli ro‗yxatiga muvofiq kasaba
uyushmalari sog‗lomlashtirish muassasalari va BO‗SM sport
inshootlarini rekonstruksiya qilinishiga;
-
ijtimoiy
sug‗urta
mablag‗lari
hisobiga
amalga
oshiriladigan
xodimlar
va
ularning
oila
a‘zolarini
sog‗lomlashtirish bilan bog‗liq boshqa tadbirlarga.
Do'stlaringiz bilan baham: |