467
lug‗atida
217
ijtimoiy ta‘minotga ―jamiyat tomonidan u yoki bu
shaxsga hayot uchun yetarli bo‗lgan moddiy mablag‗larni
taqdim etish‖ deb ta‘rif berilgan, ushbu ta‘rifda jamiyat
a‘zolariga jamiyat tomonidan taqdim etiladigan yordamnnig
turli shakllari ijtimoiy ta‘minot hisoblanadi, degan fikr ilgari
surilgan. Lekin bunday yordamning shakllari va turlari turli-
tuman bo‗lishi, turli toifadagi aholi qatlamlarini qamrab olishi,
turli manbalardan mablag‗ bilan ta‘minlanishi, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning har bir bosqichida o‗zgarib turishi
mumkin. Shundan kelib chiqqan holda fanda ijtimoiy ta‘minot
tushunchasi mazmunini yoritish bo‗yicha ikkita iqtisodiy va
huquqiy konsepsiya shakllanganligini ko‗rish mumkin:
Iqtisodiy konsepsiya
tarafdorlari ijtimoiy ta‘minotga
jamiyat a‘zolari uchun ijtimoiy iste‘mol fondlaridan taqdim
etiladigan yordamning barcha turlarini (shu jumladan, bepul
ta‘lim,
uy-joy
bilan
bepul
ta‘minlash,
madaniyat
muassasalarini saqlash, pensiya va nafaqalarning barcha
turlari, ayrim fuqarolarga ijtimoiy, tibbiy yordam ko‗rsatish va
turli imtiyozlar berish) kiritadilar. Bu konsepsiyaning asosini
moddiy va moliyaviy ne‘matlarni ijtimoiy iste‘mol fondlari orqali
taqsimlash usuli tashkil etgan.
Huquqiy konsepsiya
vakillari ijtimoiy ta‘minot jamiyatning
barcha a‘zolariga emas, balki uning faqat alohida qatlamlariga
– davlat tomonidan muhofaza qilinishi lozim bo‗lgan
guruhlariga qaratilishi kerakligini e‘tirof etganlar. Aholining
bunday guruhlariga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
turli bosqichlarida turli toifadagi fuqarolar kiritilgan. Xususan,
sobiq sovet hukumati davrida ijtimoiy ta‘minot bilan avval
yollanib ishlovchi ishchi-xizmatchilar, keyinroq kolxoz a‘zolari,
bolalar, ko‗p bolali oilalar, yolg‗iz onalar qamrab olingan.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasini tatqiq qilgan olimlarning
izlanishlarini o‗rganish shundan dalolat beradiki, bir guruh
mutaxassislar ijtimoiy ta‘minot faqat ayrim aholi qatlamlariga
217
Ожегов С. И. Словарь русского языка. М: Русский язык, 1984. С. 374, 670.
468
qaratilishi kerak, deb da‘vo qilsalar, boshqalar ijtimoiy ta‘minot
barcha aholiga qaratilgan bo‗lishi kerak, deb ta‘kidlaydilar va
bepul ta‘lim hamda bepul tibbiy va davolash xizmatlarini ham
ijtimoiy ta‘minot tizimiga kiritadilar. Shuningdek, bir qator
olimlar
ijtimoiy
ta‘minot
faqat
davlat
byudjetidan
moliyalashtirilishi zarurligini ta‘kidlasalar, boshqalari ijtimoiy
ta‘minotning ko‗pkanalli moliyalash manbalari shakllan-
ganligini va ijtimoiy ta‘minot masalalari bilan shug‗ullanadigan
bir nechta mahkama, davlat idoralari mavjudligini e‘tirof
etadilar.
Bu borada A.Vahobov va T.Malikovlarning ―Moliya‖ nomli
darsliklarida berilgan ta‘rifga to‗xtaladigan bo‗lsak, ularning
fikricha, ―iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta‘minotga
quyidagicha ta‘rif berish mumkin: ... fuqarolarni moddiy
ta‘minlash va ularga xizmat ko‗rsatish uchun milliy
daromadning bir qismi hisobidan pul mablag‗larining ijtimoiy
fondlarini shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan
taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta‘minot deyiladi.
Mana shunday keng ko‗lamda, ijtimoiy ta‘minot fondlarini
shakllantirish manbalari va ta‘minotni tashkil etishga bog‗liq
bo‗lmagan holda jamiyatning barcha a‘zolarini tegishli tarzda
ta‘minlanishini o‗z ichiga qamrab oladi‖
218
. Albatta, ushbu
ta‘rifda ijtimoiy ta‘minotning iqtisodiy voqelik sifatidagi
mazmuni yoritilgan hamda uning moliyaviy asoslariga urg‗u
berilgan. Mualliflar ijtimoiy ta‘minotning mazmuni borasida
iqtisodchilar o‗rtasida yagona fikr mavjud emasligini haqli
ravishda e‘tirof etadilar.
Boshqa
manbalarda,
xususan,
Internet
resurs
manbalaridagi ma‘lumotlarda ―ijtimoiy ta‘minot - keksaygan,
mehnatga layoqatsiz bo‗lgan va boquvchisini yo‗qotgan
fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‗rsatish
bo‗yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy
218
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. T.: ―NOSHIR‖, 2011. 449-bet
469
tadbirlar tizimi bo‗lib, ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‗i
hisoblanadi‖
219
, deb ta‘riflangan.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasining talqiniga bo‗lgan
qarashlarni inobatga olgan holda uning u yoki bu yordam
turini ijtimoiy ta‘minotga tegishli ekanligini belgilab beruvchi
asosiy zamonaviy mezonlarini (belgilarini) aniqlab olish lozim,
bunday belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: