“Medicaid”
– muhtoj aholiga tibbiy xizmat
ko‗rsatishning davlat dasturi. Shtatlar darajasida
federal
hukumatning
qo‗llab-quvvatlashi
hisobidan amalga oshiriladi. Dastur rasmiy
o‗rnatilgan muhtojlik chizig‘idan past daromadli
aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatishga qaratilgan.
“Medicare”
– 65 yosh va undan katta aholi
uchun AQSh milliy tibbiy sug‘urta dasturi.
―Medicare‖ dasturi korporatsiyalar foydasidan
soliq, progressiv daromad solig‘i va xodimning
ish haqidan soliqlardan ajratmalar hisobidan
moliyalashtiriladi.
Ko‗pchilik
kasalxonalar
daromadlarining taxminan yarmi ushbu dastur
hisobidan shakllanadi.
1960-yildagi Kerr-Mills qonuniga (Kerr-
Mills Act) asosan 1965-yildan buyon amal
qiladi.
461
3. Germaniya.
Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari
5267 dollarni tashkil qiladi. Germaniya aholisining katta qismi
davlat tibbiy sug‗urta kompaniyalari tomonidan sug‗ur-
talangan.
Germaniyada
pensiya
sug‗urtasi,
baxtsiz
hodisalardan sug‗urta, ishsizlik sug‗urtasi bilan bir qatorda,
davlat tibbiy sug‗urtasi nemis ijtimoiy sug‗urta tizimining
asosiy tarkibiy qismi va nemis sog‗liqni saqlash tizimining
asosiy bo‗g‗inlaridan biri hisoblanadi. Germaniyada barcha
ishlovchi va boshqa aholi guruhlari uchun majburiy tibbiy
sug‗urta amal qiladi. Ayrim holatlarni hisobga olib, tibbiy
sug‗urta sug‗urtalovchi tomonidan ihtiyoriy ravishda tanlanishi
mumkin. Masalan, bir guruh aholi qatlamlari: xususiy
kompaniyalarning rahbarlari, jamoat lavozimlarida, davlat
ijtimoiy tuzilmalarida ishlaydigan shaxslar xususiy tibbiy
sug‗urtalanish huquqiga ega bo‗lib, ularning daromadlari
davlatning majburiy sug‗urtasidan voz kechib, xususiy tibbiy
sug‗urta tizimiga o‗tish imkonini beradi. Xususiy tibbiy
sug‗urta davlat tibbiy sug‗urtasiga qaraganda ancha keng
tibbiy xizmatlar turlarini taklif qiladi va sug‗urta polisining
summasi ham shunga qarab turlicha bo‗lishi mumkin.
Sug‗urta badallarining miqdori ham sug‗urtalanuvchi shaxs
umumiy salomatligining holati, jinsi va yoshiga bog‗liq bo‗ladi.
4. Shvetsiya.
Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari
5228 dollarni tashkil qiladi. Sog‗liqni saqlash tizimining
natijalarini baholaydigan ko‗rsatkichlar ichidagi o‗rtacha umr
ko‗rish davomiyligi ko‗rsatkichi bo‗yicha Shvetsiya Yevropadagi
eng yuqori o‗rinlarning birini egallaydi. Bugungi kunda ushbu
ko‗rsatkich ayollar bo‗yicha 83,5 yoshni, erkaklar bo‗yicha 78,8
yoshni tashkil qilmoqda va yetarlicha yuqori bo‗lish bilan birga
yildan yilga oshib bormoqda. Shvetsiyada sog‗liqni saqlash
tizimi soliq to‗lovchilar tomonidan moliyalashtiriladi, bunda
tibbiy xizmat ko‗rsatish bilan bog‗liq xarajatlarning asosiy qismi
munitsipalitetlar va davlat zimmasida bo‗lib, aholi tibbiy
xarajatlarning an‘anaviy belgilangan juda kam miqdorini
to‗laydi.
462
5. Fransiya.
Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 4407
dollarni tashkil qiladi. Frantsiyada tibbiy xizmatlarni taqdim
etish va moliyalashtirishning davlat va xususiy sektorini o‗z
ichiga oluvchi murakkab tizimi amal qiladi. Tizim majburiy
tibbiy sug‗urta tamoyillariga asoslangan, shuningdek, ihtiyoriy
sug‗urta ham kattagina ulushni tashkil qiladi. Turli-tuman va
cheklanmagan tibbiy xizmatlarning turlari nafaqat turg‗un
davolash muassasalari tomonidan, balki ambulatoriya
sharoitida ham ko‗rsatiladi.
6. Yaponiya.
Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari
4150 dollarni tashkil qiladi. Yaponiya sog‗liqni saqlash tizimida
tibbiy xizmatlar, turli kasalliklar bo‗yicha tekshiruvlar, shu
jumladan, tug‗ishgacha bo‗lgan tibbiy xizmat va kuzatuv,
yuqumli kasalliklarga qarshi kurash xarajatlari, bemorlar
tomonidan to‗g‗ridan-to‗g‗ri to‗lovlarsiz, davlat va mahalliy
hukumatlar tomonidan mablag‗ bilan ta‘minlanadi. Shaxsiy
tibbiy xizmatlar bo‗yicha to‗lovlar universal tibbiy sug‗urta
tizimi bo‗yicha taklif qilinadi, ularda ishtirok etish uchun
hukumat komitetlari tomonidan barchaga teng imkoniyatlar va
yig‗imlar o‗rnatilgan. Ish beruvchi tomonidan beriladigan tibbiy
sug‗urtaga ega bo‗lmagan shaxslar mahalliy hokimiyat
organlari tasarrufidagi milliy tibbiy sug‗urta dasturlarida
ishtirok etishlari mumkin.
7. Buyuk Britaniya.
Jon boshiga sog‗liqni saqlash
xarajatlari 4003 dollarni tashkil qiladi. Sog‗liqni saqlash
xarajatlarining
82
foizi
umumiy
soliqlar
hisobidan
moliyalashtiriladi, aholining katta qismi tibbiy xizmatlardan
mutlaqo
bepul
foydalanadi.
Tibbiyot
muassasalari
xarajatlarining qolgan 18 foizi ularning tijorat faoliyatlaridan
tushumlar, davlat tibbiy sug‗urtasi, homiylik badallari
hisobidan moliyalashtiriladi. Milliy tibbiyot xizmatlaridan 90
foiz aholi foydalanadi. 10 foiz aholi xususiy tibbiyot
klinikalariga murojaat qiladi. Buyuk Britaniyada xususiy
tibbiyot amaliyoti ham yetarli darajada rivojlangan va davlat
tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi, lekin umumiy tibbiy xizmatlar
463
tarkibida katta ulushga ega emas, mamlakatning butun
hududi bo‗yicha 300ga yaqin xususiy tibbiy klinikalar faoliyat
ko‗rsatadi.
8. Ispaniya.
Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 3153
dollarni tashkil qiladi. O‗rtacha umr ko‗rish davomiyligi
bo‗yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bo‗yicha 1-o‗rinni
egallaydi. Umr ko‗rish davomiyligiga, shubhasiz, O‗rta yer
dengizining
ta‘siridagi
iqlim
sharoitlari
va
dengiz
mahsulotlariga qurilgan parhez omillari katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuningdek, Ispaniyaning sog‗liqni saqlash tizimi ham nafaqat
Yevropada, balki butun dunyoda klinikalarning jihozlanishi,
texnologiyalarning qo‗llanilishi, mutaxassislarning kasbiy
salohiyati kabi ko‗pgina ko‗rsatkichlar bo‗yicha eng yaxshi
tizimlardan
biri
sanaladi. Bepul tibbiy
xizmatlardan
foydalanish huquqiga aholining barcha qatlamlari, ishlovchi
xodimlar, bolalar, nogironlar, pensionerlar birdek egadirlar.
9. Rossiya.
Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari 1369
dollarni tashkil qiladi. Rossiyada majburiy tibbiy sug‗urta
tizimi amal qiladi. Majburiy tibbiy sug‗urta davlat ijtimoiy
sug‗urtasining ajralmas qismi hisoblanadi va Rossiya
Federatsiyasining barcha fuqarolariga majburiy tibbiy sug‗urta
hisobiga tibbiy sug‗urta dasturlariga mos keladigan miqdor va
shartlarda tibbiy yordam va dori-darmon olish uchun teng
imkoniyatlarni beradi.
10. Meksika.
Jon boshiga sog‗liqni saqlash xarajatlari
1052 dollarni tashkil qiladi. Meksikada fuqaro salomatligini
ta‘minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususiy
klinikalar va kasalxonalar AQSH standartlari bo‗yicha qurilgan
va jihozlangan bo‗lib, eng zamonaviy talablarga javob beradi.
Meksikada ko‗plab sug‗urta kompaniyalari mavjud bo‗lob, ular
har oylik to‗lovlar evaziga shaxsiy tibbiy sug‗urtani taklif
qiladilar. Bunda sug‗urta summasi va mijozning yoshi qancha
katta bo‗lsa, har oylik sug‗urta badali ham shuncha katta
bo‗ladi. Badal miqdoriga boshqa ommillar ham ta‘smir
ko‗rsatishi mumkin.
464
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda sog‗liqni saqlash
tizimining uzoq muddatli va barqaror rivojlanishini ta‘minlash
uchun ko‗plab rivojlangan davlatlarning tibbiyot sohasiga
iqtisodiy resurslar va moliyaviy mablag‗larni safarbar etish
modellari va usullarini chuqur o‗rgangan holda, bu boradagi
ijobiy tajribalarni yurtimizda ham tatbiq etish, pirovardida
tibbiyot sohasida ijtimoiy adolat va iqtisodiy samaradorlik
o‗rtasida muvozanatning ta‘minlanishiga erishish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |