XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgʻor falsafiy,
ijtimoiy-siyosiy fikrlar.
Turkistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi
hayoti murakkab ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy vaziyatiga toʻgʻri keladi. XIX asr
ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya tomonidan Turkistonning istilo qilinishi
natijasida oʻlka hayotida ayanchli va keskin oʻzgarishlar sodir boʻla boshladi.
Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishga boʻlgan ehtiyojiga, unga
nisbatan jadal musta‘mlakachilik siyosatini yurgazishiga harbiy-siyosiy
maqsadi va iqtisodiy ahvoli sabab boʻldi. Rossiya‘ning oʻsha davrdagi
rivojlanayotgan yengil sanoati uchun paxta, pilla, qorakoʻl va boshqa xom-
ashyolar zarur edi. Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo istilosiga gʻoyaviy
tayyorgarlik XVIII asr boshlarida Pyotr I tomonidan boshlangan boʻlsa,
xuddi shu davrdan boshlab Turkistonda ham istilo uchun tabiiy sharoit etila
boshladi. XVIII-XIX asrlarda avj olgan mahalliy oqimlarning oʻzaro urush va
janjallari, Turkistonning uchta mustaqil xonlikka boʻlinishi, ularning
orasidagi oʻzaro ziddiyatlar, urushlarning avj olishi diniy mutaassiblikning
rivojlanishiga olib keldi. Bu holat jamiyatda din peshvolarini muayyan
mavqega ega boʻlib, har qanday fan va madaniyat yangiliklariga musulmon
axloqiy normalari, islom dini nomidan koʻr-koʻrona qarsxilik koʻrsatib, diniy
aqidaparastlikni avj oldirishga sabab boʻldi. Natijada Turkiston xalqlarining
iqtisodiy va madaniy hayoti tanazzulga yuz tutdi.
Turkiston hududidagi Chor istilosiga qarshi harakatlar milliy
istibdodga, chorizm istilosiga qarshi xalq qoʻzgʻa‘lonlarining turli xildagi
koʻrinishi edi. Tarixiy ma‘lumotlarda 1905 yilga qadar Turkistonda toʻrt
97
mingga yaqin milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtgani qayd etilgan
1
. Ushbu
harakatlar zamirida, aksariyat hollarda, mahalliy axolidan koʻchirib
kelinayotgan xalqlarga yer-suvni olib berishga qarshi isyon yotar edi:
«General Kuropatkin xokimiyat oʻz ehtiyojlari uchun qancha xohlasa,
shuncha darajada Yer va suvni ishlatishi mumkinligiga ishonar edi. Shuning
uchun ham musta‘mlakani mustahkamlash uchun etnik tozalashdan
foydalanish va Rossiyadan yangi emmigratsiyani tashkil etish lozim boʻldi»
2
.
Toʻrt mingga yaqin ozodlik harakatlari mahalliy kayfiyatdagi istibdodga
nisbatan isyon, ozodlikka intilish aynan ana shu davrlardanoq istilochilar
tomonidan qatagʻon qilingan. Bir necha misollarni keltirish mumkin: 1)
Dukchi Eshon qoʻzgʻolonida chor askarlaridan 22 nafari oʻldirilgan, 16 nafari
yarador boʻlgan, buning evaziga Mingtepa, Tojik, Qashgʻar qishloqlari uch
kun toʻpga tutilgan, chor askarlari tomonidan Oʻqchi qishlogʻidagi aksariyat
erkaklar otib oʻldirilgan. Dukchi Eshon qoʻzgʻoloni boʻyicha ochilgan jinoiy
ishda 400 dan ortiq odam jinoiy javobgarlikka tortilib, mol-mulki musodara
etilgan
3
; 2) 1881 yil 12 yanvarida Koʻktepada 22,5 mingdan ziyod begunoh
turkman, qozoq, oʻzbek, qirgʻiz general Skobelev guruhi tomonidan
vahshiyona chopib tashlanadilar
4
; 3) 1864 yil shoʻro zulmiga qarshi
Ettisuvdagi dunganlar qoʻzgʻolon koʻtardilar, lekin ular qirib tashlandi,
hammayoq qonga botirildi
5
. Ushbu qoʻzgʻolonlar haqida rus mualliflarining
oʻzi shunday ta‘kidlaydi: «Istilo davridagi xalq ozodlik harakatlari oldida
turgan asosiy inqilobiy vazifa mustaqillikni boy bermaslik edi»
6
.
Oʻzbek xalqining millat boʻlib shakllanishi, mustaqil davlat gʻoyasi,
milliy oʻzlikni anglash, xalq tafakkurini tubdan oʻzgartirish masalalarini
birinchi boʻlib jadidlar koʻtardilar.
Ushbu harakatning aynan milliy kontekstda namoyon boʻlishining oʻzi
inqilobiy hodisa edi, chunki, jadidchilik vujudga kelgan davrga qadar
Markaziy Osiyo hududida mahalliy xalqlar identifikatsiyasi milliy emas,
hududiy nuqtayi nazardan amalga oshirilgan. Jadidchilikning vujudga kelishi
Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi murakkab ijtimoiy-siyosiy,
ma‘naviy vaziyatiga toʻgʻri keladi.
Istilo siyosati oqibatida turkistonliklarni ezish va ijtimoiy hayotning
oyoq osti qilinishi ularning milliy ongining kuchayishiga olib keldi. Istilo
siyosatiga qarama-qarshi oʻlaroq millatparvarlik siyosati maydonga chiqdi.
Natijada chor Rossiyasi davrida turkiy, islomiy madaniyatni qoʻllab
quvvatlashga qaratilgan milliy harakat kun sayin kuchayib borayotgan rus
1
Пясковский А.В. Революция 1905-1907 годов в Узбекистане. –Ташкент.: Госиздат. 1957.118-с.
2
Марко Буттино. Революция наоборот.Средняя Азия между падением Царской империи и оброзаванием
СССР. - М: Звенья.2007.75-с.
3
Эгамназаров А. Сиз билган Дукчи Эшон. – Тошкент: Шарқ, 1996. 136-б.
4
Ўша манба, 11-б.
5
Қаранг: Терентьев М..А. Россия и Англия. - Спб.: Б.И., 1876. - С 65.
6
Галузо П.Г. Туркестан-колония. – Ташкент: Коммунист ун-та, 1935. - С. 82.
98
madaniyati ta‘siriga qarsxilik koʻrsatishni maqsad qilib qoʻygan Turkiston
jadidchilik harakatiga aylandi;
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tabiiy ijtimoiy jarayon va hodisalar
tufayli jadidchilik zaruriy oqim sifatida vujudga keldi va bu yirik ijtimoiy
siyosiy oqim oʻz navbatida milliy oʻzlikni anglashdek, tafakkur tarzini hosil
qildi. Bu tafakkur tarzining ilmiy-nazariy, falsafiy ifodasi jadidchilik
rahnamolari va vakillari ijodida aks etdi;
Turkistondagi jadidchilik harakati rus hukmdorligi yoki madaniyatini
qabul qilish uchun emas, balki rus bosqinchilariga qarshi kurashda milliy
ruhni yangilash, mamlakatni zamonaviylashtirish va Gʻarb mamlakatlaridagi
kabi mustaqil davlat barpo etish, millatni saqlab qolish uchun yuzaga kelgan
milliy demokratik harakat edi.
Bu harakatning vujudga kelishida tashqi siyosiy omillar ham katta ta‘sir
koʻrsatgan. Toʻgʻrirogʻi, jadidchilikning oʻzi XIX asr oxiri, XX asr
boshlarida butun Sharq dunyosida qoʻzgʻalayotgan demokratik oqimning bir
qismi edi. Tarixdan ayonki, dunyo bu davrga kelib Buyuk Britaniya,
Germaniya, Fransiya, AQSh, Italiya, Yaponiya, Ispaniya, Portugaliya va
Rossiya kabi davlatlar tomonidan boʻlib olingach, kapitalistlarning jahon
monopolistik ittifoqi vujudga kelgan va mustamlaka xalqlari ikki tomonlama
zulm natijasida gʻoyat ogʻir, nochor ahvolda qolgan edilar. Oqibatda
mustamlakadagi xalqlarning ziyolilari orasida asta-sekin qaram xalqlarni
qashshoqlikdan qutqarish uchun milliy ozodlik harakatlari uygʻona boshladi.
Bir qancha Sharq mamlakatlarida Jamoliddin al-Afgʻoniy (1839–1897),
Muhammad Abdo (1848–1905) kabi jamoat arboblari rahbarligida Gʻarb
mustamlakachilariga qarshi harakat avj olib, asta-sekin jadidchilik-
taraqqiyparvarlik gʻoyalarining tarqalishiga zamin yaratib berdi. «Jamoliddin
al-Afgʻoniy ta‘limoti oʻz mohiyatiga koʻra juda qarama-qarshi boʻlsa-da,
nafaqat Misrda, balki Sharq mamlakatlarining musulmonlari tomonidan ham
qizgʻin qabul qilindi va XIX asr oxirlarida musulmon ziyolilari
dunyoqarashining shakllanishida katta ta‘sir koʻrsatdi»
1
. Jamoliddin al-
Afgʻoniy
va
Muhammad
Abdo
oʻzlarining diniy islohotchilik,
ma‘rifatparvarlik va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida musulmonlarni ilgʻor
siyosiy hayotga, mustamlakachilarga qarshi birlashishga chaqirdilar.
Jahon tajribasidan xulosa chiqarib, Sharq xalqlarining istibdodga qarshi
shakllangan turkparastlik va islomparastlik koʻrinishidagi qarshilik
oqimlaridan gʻoyaviy quvvat olib, milliy yoʻnalishda rivojlangan
jadidchilikning kelib chiqishida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘rifiy omillar
mavjud. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy,
Choʻlpon kabi jadidlar ilmiy merosida ma‘rifatparvarlik ta‘limoti etakchi
oʻrin tutadi. Turkistonda ma‘rifatparvarlik gʻoyasini rivojlantirishning oʻziga
1
ХакимовИ.М. Джамалад-ДинАфгани, его антиколониальные взгляды и деятельность(1839-1897 гг.)
Автореф. дисс... канд.филос.наук. – М: МГУ,1971. –С .8.
99
xos tomoni, u istilo siyosati oqibatida vujudga kelgan millatparvarlik harakati
bilan chambatchas bogʻliq. Xuddi shu xususiyat bilan jadidchilik XIX asr
oxiri va XX asr boshlarida Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan
islomparastlik va turkparastlik harakatlaridan mohiyatan farq qiladi.
Islomparastlik va turkparastlik harakatlari maqsad nuqtayi nazaridan umumiy
islom dunyosi yoki umumiy turk dunyosi birligi gʻoyasini ilgari surgan, oʻz
tabiatida osiyosentrizm gʻoyasini ifodalar edi.
Jadidchilik mafkurasi taraqqiyot yoʻlini, ma‘rifatparvarlik yoʻlini aynan
milliy identifikatsiya orqali, umuminsoniy taraqqiyotga millat nuqtayi-
nazaridan rivojlanish orqali erishishni tashviqot qilgani uchun ham yuqorida
nomi qayd etilgan ta‘limotlarga nisbatan taraqqiyparvar edi. Har bir vujudga
kelgan ta‘limot oʻziga oʻxshash, oʻzidan avvalgi kelgan ta‘limotlarning eng
yaxshi tomonlarini olib mukammallashishi nuqtayi nazaridan ham jadidchilik
taraqqiyparvarlikni namoyon etgan. Shuning uchun millatparvarlik va
ma‘rifatparvarlik ta‘limotlari Turkiston ziyolilari ijodlari va faoliyatlarida
bir-birining tarkibiy qismiga aylandi.
Jadidchilik ta‘limotida ma‘rifatparvarlik gʻoyasi oʻzbek xalqining XIX
asr oxiri XX boshlaridagi barcha ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy hayoti
murakkabliklari va muammolarini hal qilishga qaratilgan keng qamrovli
ta‘limot edi. Turkiston xalqlarini musta‘mlaka zulmidan xalos etish, milliy
iqtisodiy tizimni barpo etish, mustaqil davlat tizimini doimiy ravishda saqlab
tura oladigan tafakkur tarzini shakllantirish, milliy tafakkurdagi destruktiv
oʻzgarishlar tufayli vujudga kelgan jismoniy kasalliklarni bartaraf etish aynan
kelajak avlodni jismonan va ma‘nan sogʻlom qilib tarbiyalash masalasiga
bogʻliq edi.
Xulosa qilib aytganda, millatni saqlab qolishda milliy intelligansiya
sifatida shakllangan jadidchilik tarixni, ma‘naviy ahvolni jiddiy mushohada
etgan holda, tutqunlik va qaramlik sabablarini jamiyatning oʻzidan izlashga
harakat qildi. Bu esa, jamiyatda haqiqiy immunitet sifatida shakllanuvchi
milliy intelligensiya vujudga kelishidagi qonuniyat edi. Sababi, «siyosiy va
ma‘naviy inqiroz jamiyatning ruhiy dunyosini qaytadan jiddiy va bevosita
mushohada etishni talab etadi»1;
Jadidlar jamiyatga qaytadan hayot baxsh etuvchi kuchni, uni zulm va
istibdoddan ozod qiluvchi chorani ma‘rifatda koʻrdilar. Chunki istibdoddan
xalos boʻlish uchun eng avvalo tafakkurda oʻzgarish qilish, millatni qullik va
murosasozlikka duchor etuvchi fikriy mutelikdan ozod boʻlish lozim edi. Bu
esa faqat ma‘rifat orqali amalga oshishi mumkinligini jadidlar tushunar
edilar. Lekin bu ma‘rifat tashqaridan kelgan madaniyat va taraqqiyotga havas
emas, milliy ildizlari va salohiyatidan quvvat olib oʻzligini anglash, milliy
1
Франк С.Л. Этика нигилизма // Вехи. Интеллигенция в России. Сборники статей 1909-1910. - М.: Молодая
гвардия, 1991. 155-с.
100
nafsoniyat,
ozodligini
himoya
qilish
harakteridagi
demokratik
ma‘rifatparvarlik edi;
Vatanni qullik va qaramlikdan ozod qilishda ma‘rifatparvarlik milliy
demokratik ta‘limotda etakchi tamoyil edi. Shu sababli uning tashviqoti
ijtimoiy-siyosiy hayotning ilm–fan, madaniyat, tarix, din, siyosat kabi barcha
sohalarini qamrab oldi. Ushbu kompleks harakterdagi chora tadbirlardan
maqsad,
milliy
tafakkurdagi
progressiv
oʻzgarishlar dinamikasini
tezlashtirish, demokratik tafakkur hosil qilish, ularning amaliy hayotdagi
transformatsiyasini roʻyobga chiqarish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |