Alisher Navoiy.
XIV-XV asr Markaziy Osiyo Uygʻonish davrining
buyuk namoyondasi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda
92
Hirotda tugʻilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir
Temur asos solgan ulugʻ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja
oʻgʻli Shohruh Mirzoning qoʻl ostidagi obod manzillaridan biri edi. Alisher
tugʻilgan xonadon Temuriylar saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan
nufuz sohibi edi.
Oʻzbek adabiy tili va ma‘naviy qiyofasi, ijtimoiy-falsafiy fikri,
madaniyatining shakllanishida alohida oʻrin tutgan alloma Alisher Navoiy
ijodiyoti oʻzbek demokratik tafakkur taraqqiyotida gumanistik ijod
namunasidir. Uning ijodi asosida insoniyat jamiyatining asosiy omili boʻlgan
inson va uning baxt-saodati, ma‘naviy qiyofasi masalasi yotadi. Alisher
Navoiy «Badoyi‘ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» devonlarini, «Xamsa»
nomli besh dostondan iborat asarini, soʻfiylar haqidagi «Nasoyim ul-
muhabbat» tazkirasini, «Xa‘zoyin ul-maoniy» devonini, «Mahbub ul-qulub»,
«Tarixi anbiyo va hukamo», «Siroj ul-muslimin», «Muhokamat ul-lugʻatayn»
asrlarini, «Lison ut-tayr» falsafiy dostonini va yana boshqa bir qancha
asarlarni yozib qoldirgan. Adib qaysi sohada ijod etishidan qat‘i nazar uning
asarlari mohiyatida insonparvarlik, ma‘rifatparvarlik, tolerantlik, doʻstlik va
muhabbat masalalari yotadi. Oʻzbek ijtimoiy falsafiy tafakkur taraqqiyotida
shakllangan xususiyatlar Alisher Navoiy gʻoyalari va fikr rang-barangligi
bilan boyidi. Alisher Navoiy oʻz davrigacha boʻlgan tasavvuf falsafasidagi
panteistik gʻoyalarni gumanistik mafkuraga xizmat qildira oldi, bu sohada
goʻzal namunaviy asarlar yaratib qoldirdi. U oʻzining bir gʻazalida:
Kimki bir koʻngli buzuqni xotirin yod aylagay,
Oncha borki Ka‘ba vayron boʻlsa obod aylagay
1
, - deydi.
Demak, Navoiy nazdida inson qalbi musulmon olami uchun eng
muqaddas goʻsha hisoblangan Ka‘batullohdan ham muqaddasroqdir. Uning
insoniyat jamiyati, ideal davlat, farovonlik haqidagi ideal gʻoyalari ham ana
shu e‘tiqoddan kelib chiqadi. Alisher Navoiy falsafasida ideal davlat haqidagi
siyosiy nazariya komil inson toʻgʻrisidagi axloqiy nazariya bilan uzviy
bogʻliqlikda olib qaralgan. Bu ta‘limotga asosan ideal farovon davlat bu
davlatda yashovchi kishilarning komil ma‘naviyatisiz mumkin emas. Demak,
ilgʻor Gʻarb demokratik nazariyalarida, faqatgina XIX-XX asrlarda
shakllangan bu kabi nazariya Navoiy davrida oʻzining konsepsiya shaklidagi
koʻrinishiga ega edi. Alisher Navoiy yaratgan ideal jamiyat haqidagi
ta‘limotni yana Shuning uchun ham konsepsiya deb olib qarash mumkinki,
alloma bu jamiyatga borishning amaliy uslublarini ham oʻz asarlarida badiiy
obrazlar, tasvirlar orqali koʻrsatib bera olgan. Navoiyning gumanistik
harakterdagi falsafiy ta‘limotining buyukligi shundaki, XIV–XV asr
Markaziy Osiyoda roʻy bergan uygʻonish davrining ma‘naviy asosi, tamal
toshi boʻlib xizmat qilgan.
1
Алишер Навоий. Хазойил ул-маоний. Бадоеъ ул-васат. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 5-том. -
Тошкент: Фан, 1990. - 431-б.
93
Alisher Navoiy ―Muhokamat ul lugʻatayn‖ asarini arab tilida yaratib
turkiy va forsiy tillarini solishtirib, turkiy til imkoniyatlari ham forsiy tildan
kam emasligini nazariy isbotlashga erishadi. Ushbu asardan soʻng u turkiy
tilning imkoniyatlarini koʻrsatish uchun «Xamsa‖ (1483) ni yozdi. Bu beshta
katta dostondan iborat boʻlgan beshlik atayin hamsa(beshlik) usulida
yozilgan. Sababi «Xamsa‖ yozish allomalar orasida an‘ana boʻlgan. Bu
sohada ijod qilish juda murakkab boʻlib bunda ular oʻz mahoratini namoyon
qilishi kerak boʻlgan. Beshlikka kiruvchi barcha dostonlar she‘r usulida
yozilishi kerak boʻlgan. Bunday holatda esa qofiya, vazn, ma‘noni bera olish
nuqtayi nazaridan asar yozilayotgan tilning barcha xususiyatlari va
imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanilgan. Alisher Navoiygacha bir
necha allomalarning hamsalari bor edi. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy,
Jomiy kabi adiblar hamsalari juda mashhur boʻlib, ular fors tilida yaratilgan
edi. Shuning uchun Navoiy birinchi dostonning boshidayoq aytadi, ―Oson
ermas, bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq‖, deb.
Alisher Navoiy Turkiy tildan shu darajada unumli foydalanadiki, shu davrga
qadar klassik adabiyot sohasida uning «Xamsa‖ sidan yaxshiroq e‘tirof
etilgan «Xamsa‖ mavjud emas. Asar nafaqat shakl va badiiy mahorat
yuzasidan mukammal boʻlib qolmay, unda Navoiygacha boʻlgan
mutasavvuflik falsafasining gultoji oʻz ifodasini topgan.
Adibning «Xamsa‖si namunasida adabiyot insonlarni haqiqiy ma‘noda
tarbiyalashi mumkinligi ham isbotlangan. Asardagi dostonlar ketma-
ketligida ham hatto Navoiy bermoqchi boʻlgan gʻoya‘ning konstruksiyasi
yotadi: ―Hayratul abror‖, ―Farhod va SHirin‖, ―Layli va Majnun‖, ―Sab‘ai
sa‘yyor‖, ―Saddi Iskandariy‖. Bunda «Xamsa‖ning rivoji insonning axloqiy
xususiyatlari qanday boʻlishi kerakligi, inson qanday boʻlishi kerak va u
oʻzini nimada topishi kerak, u oʻzini insoniy sevgiga qanday tayyorlash
kerak, undan ortigʻi ilohiy sevgi qanday boʻladi aslida, degan savollarga
javob beradi. Asta-sekin «Xamsa‖ gʻoyasi ―Sab‘ai sa‘yyor‖da insonning
dunyo bilan kosmologik birlashuviga etib boradi. Bunda shoh Bahrom bir
qancha kiyiklarni oʻldirgandan soʻng oʻzi-dahshatli ha‘lokatga mahkum
boʻlgani haqidagi falsafiy hukm bor. Va oxir-oqibatda ―Saddi Iskandariy‖ da
insonning yashashdan maqsadi nima, degan butun «Xamsa‖ davomida pishib
etilgan savolga javob berish boʻldi. Navoiy bu qadar murakkab
konstruksiyada turkiy tildan shunday mohirona va unumli foydalanadiki, bu
asar Navoiy ijodidagi ulkan merosning bir qismi boʻlsa ham milliy til
shakllanish tarixida oʻzining alohida qadrli oʻrniga ega. Unda Navoiyning
soʻzdan foydalanish boyligi 29000 soʻzni tashkil qilgan.
Alisher Navoiy ijodida oʻz davrigacha boʻlgan barcha mifologik,
falsafiy, adabiy meros namunalari, ularda mavjud boʻlgan obrazlar va
dunyoning yaratilishi haqidagi ontologik fikrlar adabiy asarlar sifatida
bizgacha etib kelgan, aslida oʻzida mohiyatan falsafiy konstruksiya va
94
mazmun kasb etgan ijod namunalarida aks etdi. Ularni aksariyat holatda
adabiy talqin etilishi hamda adabiy asar sifatida qabul qilinishi shundaki,
Oʻrta asr Sharq falsafasi Navoiy davri adiblari va Navoiy ijodida
neoplatonizmning Sharqona koʻrinishi boʻlgan tasavvuf falsafasining deyarli
adabiy usulda ifodalanishi, qadimgi Yunon faylasuflari ijodlaridan qabul
qilingan
gʻoyalar
transformatsiyasini
koʻproq
nazmiy
usulda
takomillashtirish etakchilik edi. Chunki Sharq falsafasi, xususan Oʻrta asr
Sharq falsafasi XIV-XV asr Movaraunnahr adabiy muhiti misolida Gʻarbdan
farqli oʻlaroq inson haqidagi bilimlarni nazariy usulda tizimlashtirishdan
koʻra insonni tarbiyalash uchun moslashtirilgan adabiy usulni oʻzida
namoyon etgan edi.
Dunyoning yaratilishi haqidagi kosmologik ta‘limot va unda insonning
paydo boʻlishdan fono bosqichigacha oʻtgunigacha kamolot pogʻonalarini
bosqichma-bosqich bosib oʻtishi zarurati va oʻz mohiyatiga gʻarq boʻlishi
haqidagi Sharq falsafasi «Xamsa‖da adabiy janrda ifodalangan boʻlib, uning
toʻrtinchi dostoni ―Sab‘ai sa‘yyor‖ Navoiyning borliqning ontologik
xususiyatlari haqidagi falsafiy qarashlarining yaqqol aks ettirgan asardir.
Alisher Navoiy kosmologik konstruksiya‘ning falsafiy talqinini oʻzigacha
boʻlgan adabiy an‘analarda davom ettirdi. Turkiy tilda birinchi boʻlib bu
mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va oʻz dostonini ―Sab‘ai sa‘yyor‖ deb
atadi. ―Sab‘ai sa‘yyor‖ dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat boʻlib,
shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi.
Alisher
Navoiy,
xolbuki
barcha
asarlarida
oʻz kosmologik
qarashlarining magʻzini singdirib, Farobiy va Ibn Sino ta‘sirida shakllangan
Sharq peripatetik panteizmining eng kreativ namunasini bersa-da, ―Sab‘ai
sa‘yyor‖ dostoni bu sohada yaxlitlik, gʻoyaviy asosining kuchliligi bilan
ajralib turadi. Uning dastlabki yaratgan devonidan biri — ―Badoyi‘ ul-
bidoya‖ boshlanishida:
Subhonallohi huval-aliyul-mutaol,
Kim ayladi ishq bahrini molomol.
Insonni chu anda soldi gʻavvos misol,
Ham gavhari hol berdi, ham durri maqol,-
degan misralarida Navoiy ishq dengizini toʻldirgan ul oliy xudo insonni
gʻavvos kabi unga gʻarq etdi va insonga gavharsimon ruh va soʻz durini
berdi, deydi. Bu erda ―ham durri maqol‖ birikmasini Sharqqa ilk yunon
falsafasi orqali kirib kelgan ontologik ta‘limotning transformatsiyasi sifatida
ham tushunish mumkin. Geraklit ontologiyasidagi butun dunyoni
boshqaruvchi logos qonuni olloh, ollohda yashiringan soʻz va soʻzda
yashiringan borliqdan iborat boʻlib, logos bir vaqtning oʻzida soʻz, olloh va
butun dunyoni boshqaruvchi qonuniyat sifatidagi soʻz boʻlib keladi va bu
Aflotun falsafasi orqali xristian teologiyasiga ―dastlab soʻz mavjud edi,
ollohda soʻz mavjud edi va soʻz olloh edi‖, - degan aqida bilan kirgan.
95
Alisher Navoiyda ham biz borliq dengizini ishq bilan toʻldirgan ollohning
insonni ishqqa gʻarq etgani va ishqning ruh va soʻz orqali ikkilanib insonda
jo boʻlishi va ollohning ruhining parchasi boʻlgan xilqatga aylanishini
koʻrishimiz mumkin. ―Sab‘ai sa‘yyor‖ning birinchi bayti:
Ey siposing demakda el tili lol,
Elga til sendin oʻldi tilga maqol
1
.
Alisher Navoiy ilohiy hamdga inson tili ojiz, lekin inson tiliga soʻz jo
etilishida sen soʻz namunasi boʻlding, deydi. Ikkinchi qatordagi ma‘noda
―sen insonni oʻzing yaratding, unga namuna boʻlib yarata olish qudratini
berding, soʻz ruhi va inson soʻzining moddiyot dunyosi bilan adekvatligini
ta‘minlading‖, – degan serqatlam ma‘no yotadi. Bu fikr ―Sab‘ai sa‘yyor‖ning
―Soʻz ta‘rifida bir soʻz‖ deb boshlanuvchi beshinchi bobida Geraklitning
Logos qonuni yanada yaqqolroq ifodalangan:
Soʻz kelib avvalu jahon soʻngra,
Ne jahon, kavn ila makon soʻngra
2
.
Bu erda soʻz jahondan avval paydo boʻlib, nafaqat jahon, dunyo(borliq,
olam, koinot) va makon ham undan soʻng vujudga keldi, degan fikr bor.
Falsafa tarixida butun dunyoning yaratilish, ya‘ni ontologik tizimi Mitraizm,
Zardushtiylik, Xristianlik va Islom a‘analarida bir-birini toʻldiruvchi va
konstruktiv jihatdan deyarli bir xil mazmunga ega boʻlgan ta‘limotdan iborat,
degan fikr mavjud.
Navoiy ijodida biz Farobiy yondashuvidan koʻra panteizm, ya‘ni
ilohiyot bilan mavjudot oʻrtasida bir-biriga singib ketish, birida
ikkinchisining mavjud boʻlishini koʻrishimiz mumkin:
Sen senu sendin oʻzga xud nima yoʻq,
Gar koʻrunsa sen oʻlgʻung, ul nima yoʻq.
Ya‘ni barcha narsa sen va sendin oʻzga hech narsa mavjud emas,
koʻringan narsaning yoʻqligi sening yoʻqligingdir, yoki:
Bas seni avval ul qilib zohir,
Sanga ham avval oʻldi ham oxir
3
,
ya‘ni, borliq seni oʻzida aks ettirdi, senga yaratilish va yoʻq boʻlish sifatini
berdi, deydi. Buning ma‘nosi sen oʻzing yaratgan vujudi mumkin, ya‘ni
borliqda avval va oxiringga egasan va yana oʻzingni ana shu borliqda yarata
olasan degan mazmunga ega.
Alisher Navoiyda inson aqli va ixtiyori haqidagi masala ham Farobiy
qarashlaridan ancha farq qiladi. Biroq, Farobiy aqliy bilim bilan bir qatorda,
faol aqlning inson qalbiga ta‘siri natijasi boʻlgan intuitiv (hissiy) bilimga
ham katta ahamiyat beradi.Uning borliq haqidagi ta‘limoti negizida aqlga
1
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик. –Тошкент: Фан, 1992. 10-том, 5-б.
2
Ўша асар, 27-б.
3
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик. –Тошкент: Фан, 1992. 10-том, 15-б.
96
alohida oʻrin ajratiladi, u emanatsiya‘ning uchinchi bosqichida joylashadi va
samoviy ong hisoblanadi. Va faqat ugina unsurlarning mohiyatiga erishishga
muvaffaq boʻlishi mumkin, demak Farobiyning bilish nazariyasiga muvofiq,
unsurlar mohiyati inson intuitsiyasida ong nazariyasi ta‘siri ostida ochiladi.
aynii paytda tashqi jismoniy sifatlar singari unsurlar xossasiga ham inson
sezgisi bilan emas, balki uning tafakkuri bilan erisxiladi.
Alisher Navoiyning falsafiy merosi serqirra boʻlib, uning asarlariga
munosib boʻlgan e‘tiborni talab etar ekan, uning adabiy hamda lisoniy merosi
ta‘mal toshida zamonaviy Oʻzbekiston hayotiga tegishli dolzarb fikrlar
yotgani yurtimizda navoiyshunoslik sohasiga katta e‘tibor berishni talab
qiladi. X asr mustabid tuzum navoiyshunosligi H.Sulaymonov, I.Sulton,
V.Zohidov, A.Qayumov, A. Hayitmetov, S.Gʻanieva kabi zabardast olimlar
mehnati bilan shakllantirildi, davrning milliy ma‘naviy ildizlarga qarshi
siyosatiga qaramay, adib ijodini tadqiq etish boʻyicha mustahkam ta‘mal
toshi qoʻyildi, lekin shunday boʻlsa ham Navoiy asarlarining progressiv
harakteri mustaqillik davri uchun inson omilining falsafiy negizlarini
yorituvchi mohiyatni yanada teranroq mulohaza qilishga, Navoiyni yangidan
kashf etishga boʻlgan zaruratni namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |