Temuriylar sulolasi davri.
Oʻzbek davlatchilik tarixida Temuriylar
davri faqat oʻzbek xalqi madaniyatigagina emas ilm-fan va falsafiy fikr
tarixida ham butun Markaziy Osiyo uygʻonish davriga asos solgan taraqqiyot
davri boʻldi. Temur va temuriylar davrida uygʻonish davrining ikkinchi
bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnagan bosqichi
87
boʻldi. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh, hozirgi (Shahrisabz)
viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir
Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi,
ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi
boʻlgan.
Amir Temurning yoshligi haqida ma‘lumotlar kam uchrasa-da, ayrim
manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, oʻz davrining
tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me‘morchilik va tarix ilmlarini oʻrgangan. Amir
Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar boʻlgan buyuk arab faylasufi
Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va
falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi oʻzlashtirganini
ta‘kidlaydi.
Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr
moʻgʻullar istibdodi ostida boʻlib, Chingizxon va Botuxon bosib oʻtgan
shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan
yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni oʻzining
ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyxonga suyurgʻol sifatida in‘om qilgan edi.
Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol koʻzga
tashlanadi. Birinchi davri (1360–1385) Movarounnahrni moʻgʻul xonligidan
ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, oʻzaro urushlarga barham
berish. Ikkinchi davri (1386–1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb
ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan harakterlanadi.
1360-yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo,
urushlarda ishtirok eta boshladi va Moʻgʻuliston hukmdori Tugʻluq
Temurxon, uning oʻgʻli Ilyosxoʻjaga qarshi kurashlardan soʻng, Amir Husayn
ustidan gʻalaba qozongach, 1370-yilda Movarounnahr taxtining haqiqiy
sohibi boʻldi va Samarqandni hokimiyat poytaxti etib belgiladi.
Amir Temur taxtga oʻtirgach, Chigʻatoy ulusining barcha yerlariga
oʻzini voris deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent
viloyatini, Fargʻona vodiysini, Xorazmni oʻz hukmronligi ostiga kiritdi.
Natijada, Movarounnahr va Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga
keldi. Sohibqiron soʻnggi yillarda Eron, Iroq, Zakavkaze mamlakatlari,
Hindiston, Oltin Oʻrda va Turkiya bilan boʻlgan janglarda gʻolib chiqib,
saltanat hududini Sharqda Xitoy devoriga qadar, Gʻarbda — Oʻrta Yer
dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi.
Temur faoliyatida muayyan siyosiy yoʻl — mayda feodal
hukmronligini tugatish, muhim xalqaro karvon yoʻllarida ustunlik qilib
turgan Oltin Oʻrda, Eron va boshqa mamlakatlarning raqobatini yengib,
Movarounnahrning
siyosiy-iqtisodiy
quvvatini
ta‘minlay
oladigan
markazlashgan davlat tashkil yetish edi. Amir Temur avvalambor
mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash, boshqarishdagi tartib-intizom,
qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni kengaytirishga
88
imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish, mamlakat himoyasini
ta‘minlash yoʻlida qoʻshinning qudratini oshirish kabilarga katta e‘tibor
berdi.
Temur tarixchilar tasviricha, Oʻrta asrning atoqli davlat va harbiy
arboblaridan boʻlib, Yevropa olimlari oʻz asarlarida uning salbiy tomonlari
bilan birga muhim fazilatlarini ham ta‘kidlab oʻtganlar. Nemis olimi
F.Shlosser oʻzining «Jahon tarixi» (III tom) asarida: «Baxtiyor jangchi,
jahongir, uzoq Sharqda qonunshunos boʻlish bilan birga oʻzida, Osiyoda kam
uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi», deb yozsa, atoqli nemis
olimi va tarixshunosi M.Veber: «Temur oʻz dushmanlariga nisbatan juda
berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida
buyuk talantga ega edi», deb ta‘riflaydi. Shuningdek, «Tuzuki Timur» —
«Temur tuzuklari»da ham Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga
qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy qoidalari
haqida gap boradi.
«Temur tuzuklari»da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning
vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos
boʻlgan qoidalar, qoʻshinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta‘minlash,
ragʻbatlantirish, qoʻshin turlarining tutgan oʻrni va oʻzaro munosabati kabi
masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari
asosida olib borilganligi bir necha bor ta‘kidlanadi. Amir Temur «Temur
Tuzuklari» eng noyob ma‘naviy merosdir. U oʻrta asr Sharqining barcha
qonun-qoidalari bitilgan ma‘naviy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy asardir. Temur
bu asarda oʻz merosxoʻrlariga bir butun saltanat bilan birga uni saqlab
qolishning yoʻllarini ham yozib qoldirgan. Ushbu kitob mohiyatida qanday
qilib adolatli, farovon davlat qurish yoʻllari, uning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy
asoslari bayon etilgan: «Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan
bandalarini oʻzimdan rozi etdim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-
shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim
bilan odamlarning koʻnglidan joy oldim»
1
– deyiladi «Tuzuk» larda.
«Temur tuzuklari» dan ma‘lum boʻladiki Amir Temur markazlashgan
davlatida qonun-qoidalar asosida oʻz-oʻzini boshqaruvchi tizim tashkil
etishga harakat qilgan: «Saltanatim martabasini qonun-qoidalar asosida
shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon etkazishga hech bir
kimsaning qurbi etmas edi»
2
.
Amir Temur davlatda adolat tamoyillarining ustun boʻlishida har
ishdan ogohlik va ichki tartibga hushyor munosabatda boʻlish katta rol
oʻynashini yaxshi tushungan, uning yozishicha: «Turli mamlakatlardagi
sadrlar va qoziylarga shariatning asosiy talablari qanday bajarilayotganligi
xususida menga xabar qilib turishni buyurdim. Shunga oʻxshash har yer va
1
Темур тузуклари. - Тошкент: Ғафур Ғулом нашрѐти, 1991. 54-б
2
Темур тузуклари. - Тошкент.: Ғафур Ғулом нашрѐти,1991. 63-б.
89
har shaharda sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida
menga ma‘lumot berib tursin deb adolat amirini tayinladim»
1
.
«Qiziq, bu tasodifmi yoki qonuniymi – bilmadim, «Temur tuzuklari»
ham, Oʻrta Osiyo zaminida yaratilgan koʻpgina ajoyib asarlar singari avval
oʻzga yurtlarda, xususan Yevropada shuhrat topdi», – deb yozadi Boʻrivoy
Ahmedov
2
. Bunga sabab tabiiyki, asarda davlat tuzumi va boshqarilishiga oid
ma‘lumotlarning mukammalligida edi.
«Barcha ishlarda, – degan edi Amir Temur,— bu ishlar qaysi oʻlka
xalqiga taalluqli boʻlmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga
buyruq berilgan. qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil
qildimki, kambagʻallar ulardan nafaqa olib turardilar». Bundan tashqari,
Temurning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur
yozadi: «Soliqdar yigʻishda xalqni ogʻir ahvolga solishdan yoki oʻlkani
qashshoqlikka tushirib qoʻyishdan ehtiyot boʻlish zarur. Negaki, xalqni
xonavayron qilish davlat xazinasining kambagʻallashishiga olib keladi,
xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, oʻz
navbatida hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab boʻladi...»
Tarixiy manba‘larning guvohlik berishicha, Movarounnahrda
moʻgʻullarning qariyb 140 yillik hukmronlik davrida bironta ham koʻzga
koʻrinarli qurilish yoki suv inshootlari vujudga kelmagan. Amir Temurning
tashabbusi bilan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda esa
Keshning atrofi qaytadan mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Shuningdek, xalq
farovonligiyu, mamlakat obodonchiligi yoʻlida suv omborlari, toʻgʻonlar
qurishga,
ariqlar
qazishga,
yangi
yerlarni
oʻzlashtirishgа
alohida e‘tibor berilgan. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini koʻtarishda
savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastalar
va timlar, turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq hunarmandchilik san‘atini
taraqqiy ettirgan.Sobiq sovetlar mafkurasi, proletar dunyoqarashi hukmronlik
qilgan sharoitda Temur faoliyatiga nisbatan salbiy munosabatda boʻlindi,
oʻsha davr adabiyotlarida har doim qoralanib kelindi. Lekin mafkuraviy
toʻsiq, ta‘qiqlashlarga qaramay Temur haqida oʻzbek olimlari obyektiv
fikrlarni bildirdilar. 1968 yili akademik I.M.Moʻminovning «Amir
Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli» risolasining nashr
etilishi muhim voqea boʻldi. Risola Temur shaxsiga biryoqlamali qarashlarga
qarshi yozilgan ilmiy asar sifatidagi dastlabki urinish edi. Oʻzbekistonning
mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish, tariximizga toʻgʻri
munosabatda boʻlish imkonini yaratdi. Soʻnggi yillarda Amir Temur va uning
davrini oʻrganishga bagʻishlangan qator manba‘lar, kitoblar, jumladan,
Boʻriboy Axmedovning Amir Temur haqidagi katta roman-xronikasi nashr
etildi. Oʻzbekistan Prezidentining farmoni bilan 1996 yil — Amir Temur yili
1
Ўша манба. 58-б.
2
Ўша манба. 6-б.
90
deb e‘lon etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir Temur
nomi oqlanib, oʻzbek xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |