91
nusus" ("Matnni tanqid"), "Sharhi qasidayi "Hamriya" ("Hamriya" qasidasi
sharhi"), "Naqshbavdiy ta‘limoti haqida risola", "Vohid" ata‘masi haqida
risola", "Zikr" shartlari haqida risola", "Haj qilish yoʻllari haqida risola",
"Ashiot ul-lamaot" kabi bir qancha asarlarini shu guruhga kiritish mumkin.
Jomiy oʻzining mutasavvuflik faoliyatida Bahovuddin Naqshband gʻoyalarini
shu sulukning ikkinchi bir yirik namoyandasi — Xoja Ahror Valiy bilan
yaqin munosabatda boʻlgan holda yanada rivojlantirdi. Rasman u oʻzini
kundalik hayotda "Ma‘lomatiya" tariqat‘iga mansub deb hisoblasa-da,
asarlarida ulugʻ Naqshbandga ixlosi Cheksiz edi. U oʻzining "Lujjatul-asror"
qasidasida soʻfiy xulq-axloqi, inson tarbiyasi haqida gap borganda
ta‘magirlikni qoralab, qanoatli kishilarning oliyjanobliklarini, ularning
ma‘naviy jihatdan podshoh va vazirlardan ham ustun ekanliklarini madh
etadi. Shoir fikricha, inson halol va pok yashashi, buning uchun esa u bir
kasbga ega boʻlishi, oʻz mehnati hisobiga kun koʻrishi zarur. Jomiyning
tasavvufga boʻlgan e‘tiqodi sof va mukammal boʻlib, u Xudoni yorugʻ nur
koʻrinishida tasavvur etar edi. She‘riy asarlarida esa u Xudoni goʻzal
ma‘shuqa qiyofasida tasvirlagan. Shu bilan birga uningcha, dunyodagi
hamma narsalarni yaratgan. Xudo oʻzi ham minglarcha koʻzguda, turli
qiyofada va koʻrinishda namoyondir. Jomiyning "Risolayi aruz", "Risolayi
muammoyi kabir", "Risolayi muammoyi sagʻir", Risolayi muammoyi
mutavvassit", "Risolayi muammoyi manzum", "Sharhi bayti Masnaviy,
"Sharhi bayti Xusrav", "Sharhi rubbiyot", "Risolayi qofiya" kabi asarlari
Sharq adabiyoti tarixini, uning vazn, qofiya va she‘r turlari bilan bogʻliq
nazariy masalalarini oʻrganishda hozirgi kunga qadar oʻz ahamiyatini
yoʻqotmagan.
Jomiy ijodining eng katta qismini, hech shubhasiz, uning she‘riyati
tashkil etadi. 1490 yilning boshida u oʻz she‘rlaridan 3 ta devon tuzgan
boʻlib, bu devonlar 1805 gʻazal va boshqa she‘r turlarini oʻz ichiga olgandir.
Bu devonlardagi deyarli barcha she‘rlar shoirning lirik she‘rlar sohasidagi
yuksak iste‘dodidan darak beradi. Abdurahmon Jomiy ijodining gultoji,
shubhasiz, uning "Haft avrang" deb nomlangan dostonlar majmuasidir. Bu
dostonlarida Jomiy fors-tojik adabiyotida yaratilgan Nizomiy Ganjaviy
(1141—1209) va Amir Xusrav Dehlaviyning (1253—1325) "Xamsa"laridagi
eng yaxshi gʻoyaviy va adabiy an‘analarni davom ettiradi
Ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy masalalarda Jomiy xalqparvarlik va
insonparvarlik, adolat va insof masalalariga, zulmni, zolimlarni qoralashga
keng oʻrin berdi. Buni u ayniqsa shohlar haqida gap borganda, qayta-qayta
qalamga
oldi.
Uningcha,
shoh
odil
boʻlsa,
u
bexavf-bexatar
yashaydi.Abdurahmon Jomiy 1492 yili shamollash natijasida xastalanib, 78
yoshida vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: